loading...

8-aprel Elektropoyezdlar ishga tushirilgan kun 

2443

Muhandislar uzoq vaqt elektropoyezd yaratish imkoniyatlari haqida o'yladilar. 1879-yil 8-aprel kunida germaniyalik elektrik-muhandis Ernst fon Simens 274 metrlik elektrlashtirilgan temiryo‘lda elektropoyezdni harakatga keltirib barchani hayratga soldi. Elektropoyezdlar parovozlarga o‘xshab shovqin solmaydi, ular xavfsiz va atrof-muhitni kam ifloslantiradi. Shuning uchun ham eskirgan parovozlar o‘rnini ular egalladi. Bugungi kunda alohida relsli yo'llar qurilmoqda. Unda poyezdlar magnit yordamida harakatlanadi.

8-aprel Xalqaro siganlar kuni
Har yili bu millat vakillari butun dunyoda o'z bayramlarini nishonlaydilar. 1971-yil 8-aprel kuni Londonda 30 mamlakat vakillari ishtirokida o'tkazilgan Butunjaxon siganlar kongressida ta'sis etildi. Natijada siganlar birlashgan erkin millat deb tan olindi va milliy ramzlar: bayroq, madxiya qabul qilindi.Ular xaqidagi birinchi ma'lumot 1501 yilga to'g'ri keladi, siganlar yo'lboshchisi Vasilь litva knyazi Aleksandr Kazimirovichdan muhofaza yorliq olgan. Bugungi kunda siganlar aholisi soni 8-10 millionni tashkil etadi. Siganlar aholi jug'rofiyasi er sharining Shimoliy yarmidan Janub yarmigacha uchratish mumkin: Albaniya, Ruminiya, Moldova, Xorvatiya, Argentina, Belorussiya, Kanada, Braziliya, Rossiya, va boshqa davlatlarda. 2010 yil ma'lumotiga qaraganda, Rossiyada taxminan 220 ming lo'li istiqomat qiladi. Mutaxassislar siganlarni 6 asosiy;3 ta g'arbiy va 3 ta sharqiy shajarani bildiradi. G'arbiylarga Roma, Sinti va iberiy siganlari kiradi; sharqiy guruxga Lo'li, Lom va Domlar tegishli.Bundan tashqari kichik sigan guruxlari xam bor. Yevropada, turmush tarzi siganlarga o'xshash,amma, kelib chiqishi farqli bir qator etnik guruxlar mavjud, irland trevellerslari, markaziy evropa enishilari.Maxalliy xukumat ularni alohida etnos emas, balki siganlarni bir turi deb biladi. 8-aprel kunida ko'plab mamlakatlarda Xalqaro siganlar festivali o'tkazilib, foto-ko'rgazmalar, kinoko'rsatuvlar, konsertlar, raqs va ashulla bo'yicha Master-klasslar tashkil etiladi.

8-aprel Milliy muzey dam olish kuni, ya'ni Niderlandiya muzeylar bayrami
Har yili aprel oyining ikkinchi yakshanbasi ta'lim va madaniy darajani yuqori darajaga ko'tarish maqsadida Niderlandiya aholisi va turistlari uchun Milliy muzeylar kuni yani bayrami (national Museum Weekend, National Museumweekend) sifatida dam olish kuni deb e'lon qilingan. Shu kuni 550 dan ortiq muzeylar bepul (yoki katta chegirma asosida) hizmat ko'rsatadi. Bundan tashqari, ko'pgina muzeylar shu kuni maxsus dasturlar, leksiyalar, video-materiallar va albatta maxsus ekspozisiyalar tayyorlashadi. Amsterdam shahri yirik san'at va muzey shaharlaridan biri sifatida tan olingan. Shu bilan birga Gollandiya va Evropadagi katta muzeylardan biri - Reyksmyuseum (Rijksmuseum, 1885) ga ham tashrif buyurish mumkin. Bundan tashqari, Reyksmyuseum golland tarixiy muzeyining sharqiy qismida joylashgan Stedeliyk zamonaviy san'at muzeyi, Van Gogning dunyo bo’yicha eng katta miqdordagi ijodiy kolleksiyasi (200 ga yaqin kartina va 580 ta rasm), XVII asrda Yodenbreystraatdagi Rembrandt muzeyi, Amsterdam tarixiy muzeyi ham shular jumlasiga kiradi. Ekzotik eksponatlarga qiziquvchilar 4 ibodatxonaning qo'shimcha binosida joylashgan tropik muzey, Anna Frank muzeyi, olmos fabrikasi muzeyi, "Xayneken" pivo ishlab chiqarish fabrikasi muzeyi, Mushuklar xonasi, Juhudlar tarixiy muzeylarini tomosha qilishga oshiqadilar. Murakkab va noan'anaviy san'at turlariga qiziquvchilar Evropada yagona hisoblangan gashish, marixuanna va nashani namoyish qiluvchi Udeziyds Axterbyurgvalga, yoki bo'lmasa, qo'shni binoda joylashgan tatiurovkalar boshqa original to'plamlar bilan boyitilgan muzeyga yo'naltiriladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash