loading...

3-may Xalqaro Quyosh kuni 

3466

Quyosh sayyoramizning hayot manbai. Quyosh nurlarisiz Yerda hayot bo’lmaydi. Quyosh asosan ikki gaz-vodorod va geliyadan iborat  ulkan qizigan shar. U bizdan 150 million kilometr yiroqda joylashganligi sababli osmonda ko’zni oladigan darajada yorqin kichkina doiracha bo’lib ko’rinadi. Quyoshning ko’ndalang kesimi o’lchami Yernikidan 109 baravar katta, quyoshni tashkil etgan moddadan esa bizning Yerimizdek 330 mingta shar yasash mumkin bo’lar edi. Quyosh sirtining temperaturasi 6.000 daraja, uning ichkarisida, markaziga yaqin joyda esa issiqlik 15 million darajagacha boradi. Xalqaro quyosh energiyasi jamiyatining Yevropa bo’limi 3-may 1994-yildan ixtiyoriy ravishda quyosh kunini o’tkazib keladi.

3-may Xristofor Kolumb Yamayka orolini ochgan kun
1494-yil 3-mayda Xristofor Kolumb yangi orolni kashf  etdi va keyinchalik Yamayka deb atadi. Xristofor Kolumb ikkinchi ekspeditsiya davrida yangi orolni ochdi va unga  Avliyo Iakov (Santyago) nomini berdi. Bu kemalarning asosiy qismini  Espanolda (Gaiti) qoldirib, dengizchi uchta kemadan iborat otryadni  g’arb tomonga Indiya qitasini ochish uchun borganida sodir bo’ldi. Kubaning sharqiy chekkasini zabt etib, u "Aziya qitasi emasligiga ishonch hosil qilib, Kolumb bortga olgan indeyslarning(ular ozgina janub tomonga yurilsa u yerda juda ko’p oltin borligi haqida aytishadi) maslahatiga ko’ra, yo’nalishni o’zgartirishadi. Orolda yashovchilar begonalarga dushmanlarcha qarashadi, lekin bir necha bor quroldan o’t ochilgandan so’ng ularning munosabatlari o’zgaradi. Ular ispanlarni o’z qayiqlarida g’amlab qo’yilgan boyliklarini yevropaning turli arzimas narsalariga almashtirishga rozi bo’ldilar. Hozirgi kunda bu orol Yamayka deb ataladi.

3-may AQShda o'qituvchilar kuni
3-mayda AQSHda o‘qituvchilarning milliy Kuni nishonlanadi. Bu kunda  o‘qituvchilarning bolalarga bergan bilimlari, ularni tarbiyalashga qo‘shgan  ulkan xizmatlari taqdirlanadi. O‘qituvchilarning milliy bayrami may oyining birinchi haftasi davomida nishonlanadi. Bu Kunning nishonlanishining tarixi 1944-yilga borib taqaladi. Arkanzalik o‘qituvchi xonim Matti Vit Vudridj siyosiy rahbarlarga o‘qituvchilarning davlat bayrami bo‘lishi kerakligi haqida xat yozadi. Uning xatini o‘qigan rahbarlardan biri Eleonora Ruzvelt bo‘lgan.  1953-yil 81 Kongressda o‘qituvchilarning milliy Kuni kerakligi isbot qilindi va  bayram sifatida nishonlanishi e'lon qilindi.

3-may Polshada konstitusiya kuni
3-may Polshada Davlat milliy bayrami birinchi 1791-yilda qabul qilingan konstitusiya kuni nishonlanadi. Birinchi Polsha konstitusiyasi-Yevropada eng birinchi hisoblanadi. U 3-may 1791 yilda Fransiya konstitusiyasidan yarim yil oldin qabul qilingan. Monarxiya va parlament konstitusisidan meros bo'lgan va ikki yilga. Bir yildan so'ng, Prussiya, Rossiya va Avstriya chegaralarining bo'linishi natijasida Polsha o'zining mustaqilligini yo'qotdi. 1918-yilda mamlakat yana birlashdi va 3 may rasmiy ravishda bayram deb tantanali ravishda e'lon qilindi. Bu kun bayramda teatr-konsert zallarida, dam olish maydonlarida katta musiqali tadbirlar o'tkaziladi.

3-may Litvada Onalar kuni
Nafis va yoqimli bayramlardan biri bo'lgan-Onalar bayrami Litvada may oyining birinchi yakshanba kuni o'tkaziladi. Bu may bayramida mamlakat aholisi onalarni tabriklab, ularning mehribonchiliklari uchun minnatdorchiliklar bildiradilar. Chunki onalar-eng aziz va mehribon, hammamizning hayotimizdagi eng buyuk insondir. Bu kunda o'tkaziladigan bayram tadbirlari onalarga atab o'tkaziladi. Yoshidan qat'iy nazar hamma bolalar o'zlarining mehribon onalarini bayram bilan tabriklaydilar va sovg'alar beradilar. Shuningdek, mamlakat Prezident tabrik so'zini aytib, qaxramon onalarni, yetti va undan ziyod bolani tarbiyalab, voyaga yetkazgan ayollarni taqdirlaydi. Umuman Litvada Onalar kuni quvnoq va tantanali ravishda o'tadi. Onalarni e'zozlash va qutlash dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud. Ko'pgina Yevropa mamlakatlarida: Amerika, Kanada, Xitoy, Yaponiyada har yili may oyining ikkinchi yakshanbasida, Rossiyada esa, noyabr oyining ohirgi yakshanbasida nishonlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash