5-avgust AQSH astronavt uchuvchisi Nil Armstrong tavallud topgan kun
AQSH atsronavt uchuvchisi Nil Armstrong 1930-yil 5-avgustda Ogayo shtatidagi Uapakoneta shaharida tavallud topadi. 1955-yilda Lafayett shahridagi (Indiana shtati) Perdyu unversitetini bitirib, aviatsiya texnigi mutaxassisligini egallagan. Hrbiy dengiz floti qismilarida xizmat qilgan. Lyuis tadqiqot markazida sinovchi-uchuvchi bo’lgan. Uchuvchi 1962-yildan astranaftlar guruhida uchuvchi bo’lgan. 1966-yil 16-martda Nil Armstrong "Jeminiy-8” kosmik kemasining komandiri sifatida (J.Skott bilan) fazoga uchadi. 1969-yil 16-24 iyulda "Apollon-11” kosmik kemasining komandiri sifatida E.Oldrin va M. Kollinze bilan birga tarixda birinchi marta Oyga uchdi va u yerda 21 soat 36 daqiqa bo’ldi. Nil Armstrong Oyga birinchi qadam qo’ygan (1969-yil 21-iyul ) inson bo’ldi. Dasturni muvaffaqiyatli bajarib Yerga qaytgan.
5-avgust Xalqaro svetaforlar kuni
Xalqaro svetafor kuni 5-avgust kuni 1914-yilda sodir bo’lgan voqea sharafiga nishonlanadi. Ushbu kunda Amerika shahri Klivlendda ilk borzamonaviy uskuna paydo bo’lgan. Uskunada qizil va yashil fonarlar bo’lgan, shu bilan birga ranglar o’zgarganda o’zidan tovush chiqargan. Birinchi svetoforni XIX asrda Britaniyalik Jey Nayt yaratgan. Bu qurilma 1868-yil London parlamentining qarshisida o’rnatilgan. 3 yil o’tgandan so’ng uning fonari portlaydi va melitsionerni jarohatlaydi. Bu hodisadan so’ng birinchi 2 ta rangli fonarli avtomat svetofor ishlab chiqilginga qadar svetofor haqida 50 yil unutildi, 1910-yilgacha 3 rangdagi svetoforni 1920-yilda ilk marta Detyord va Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi insonlar ko’rishgan. Zamonaviy qurilma Amerika va Yevropada mashhur bo’la boshladi. Rossiyada Leningrad shahridagi Nevskiy va Liteyniy katta ko’chasiining burchagida ilk marotaba 1930-yil paydo bo’lgan. Dekabr oyida huddi shu yili Moskvadagi Petrovka va Kuznets mostida ham ushbu qurilmani o’rnatishdi. Rossiyaning uchunchi shahri hisoblangan Rostavna–Donda ham svetofor ishga tushirilgan. Novosibirskda 2010-yilda Svetofor uchun xotira haykali ochilishi bo’lgan. Bu hodisa Xalqaro svetofor kunida bo’lgan. Svetoforning xotira haykali bundan tashqari Novosibirsk va Penza shahrida ham bor. Svetofor- harakatdagi mexank qurilmalarni boshqarish, transport, yo’l qurilmalaridan foydalanuvchi hamda yo’l harakatlarida qatnashuvchi boshqa shaxslarga ham mo’ljallangan. Temir yo’llarida ham svetofordan foydalaniladi. Rossiyada ushu bayram Yo’l harakati bosh boshqarmasi tomonidan nishonlanadi va yana shuni ta’kidlash joizki, yo’l harakati qoidalariga amal qilish, belgilangan yo'lchiziqlarini kesib o’tmaslik, ruldagi baholanib bo’lmaydigan xato qarshisida inson hayoti turshini esdan chiqarmasligimiz lozim.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.