loading...

23-yanvar Islandiyada Torrablout bayrami 

1943

23-yanvarda Torrablout bayramini nishonlayotganda, islandlar o`zlarining o`tmishlarini bu kunga atab beradilar. Yanvar oxiridan fevral oxirigacha Islandlar Torrablout bayramini nishonlaydilar. Island kalendari bo`yicha bayram nomi qishning to`rtinchi oyidan boshlanadi - Torri (Hozirgacha Islandiyada ikki fasl belgilanadi, ya'ni qish va yoz). Rasmiy tarzda bu bayram 1960-yildan boshlab nishonlanmoqda.  Bu kunning ahamiyati shundaki, Torrablout bayramida bir oy davomida faqat milliy taomlar iste'mol qilinadi, shu bilan birga o`z ildiziga qaytishdir. Taomnomaga shunday tansiq taomlar kiradi: bular dudlangan qo`y oyog`i, baliq, shu bilan birga bu taomlar  yoniga odamlar uchun qiziq bo`lgan dudlangan qo`y kallasi, kit go`shti, qo`y achitqisi kiradi. Ammo dasturxon ko`rki har doim uzoq vaqt yer tagida pishirilgan, o`z mazasi va hidi bilan ajralib turadigan akula bo`ladi. Bularni hammasini faqat "Qora o`lim” nomli island  kartoshkali ichimligi bilan iste'mol qilinadi. Bu bayramni qiziqarli udumlar bilan kuzatiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash