loading...

23-mart Butun dunyo meteorologiya kuni 

2550

Har yili 23-mart kuni Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT) va Jahon meteorologiya hamjamiyati Jahon meteorologiya kunini nishonlaydi. Ushbu kun 1950-yil JMT Konvensiyasi kuchga kirgan kundir. Boshidan JMT muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik modeli sifatida tan olindi.


 2015-yil Jahon meteorologiya kuni "Iqlim to‘g‘risidagi bilimlar iqlim borasidagi harakatlarning asosidir” mavzusiga bag‘ishlangan. Bugun xalqaro hamjamiyat iqlim o‘zgarishi oqibatlari bilan kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli choralar va qarorlar qabul qilib, shu yo‘nalishda harakat qilmoqda.


 Iqlim o‘zgarishi barchamizga tegishli. U deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalar: qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, infratuzilmalar, sog‘liqni saqlashni qamrab olib,  suv, oziq-ovqat va energiya kabi strategik resurslarga ham ta’sir qilmoqda. U faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlardagina emas, balki barcha joyda barqaror rivojlanishni sustlashtirib, uni xavf ostiga qo‘ymoqda. Agar tezkor va jiddiy choralar ko‘rilmasa, insoniyat uchun bunday harakatsizlik qimmatga tushishi mumkin.


 Oxirgi o‘n yilliklarda to‘plangan iqlimiy bilimlar bebaho resurs bo‘lib, iqlim bo‘yicha harakat va choralarning zaruriy shartidir. Havo haroratining ko‘tarilishidan muzliklarning erishigacha, dengiz sathining ko‘tarilishidan ekstremal ob-havo hodisalarigacha bo‘lgan ko‘p sonli ma’lumotlar iqlimning asosan inson faoliyati, ya’ni ayniqsa so‘nggi yillarda ko‘paygan parnik gazlar tashlamalari tufayli o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda.


 Ilm-fan hali ham bo‘lsa biz voqealar rivojini o‘zgartirib, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlarini  maqbul darajagacha yengillashtirishimiz mumkinligiga ishonch bermoqda. Iqlim to‘g‘risidagi bilimlar barcha miqyosdagi qaror qabul qiluvchi shaxslarga to‘g‘ri choralar ko‘rishga yordam berib ana shu jarayonga ko‘maklashishi mumkin.


 Jahon Meteorologiya Tashkiloti Bosh kotibi janob Mishel Jarro tashkilotga a’zo mamlakatlarni, barcha hukumatlar va fuqarolik jamiyatlarini iqlimiy bilimlar bilan almashish, va ularni  barqaror rivojlanish, iqlimiy xavflarni kamaytirish bo‘yicha qat’iy harakatlarni amalga oshirish maqsadida qo‘llashga chaqirdi.


1950-yil 23-mart kuni Xalqaro Meteorogiya Tashkilotiga asos solingan va bu kun Xalqaro meteorogiya kuni deb belgilangan. Bu bayram 1950-yil ta'sis etilganiga qaramay, bu bayramni ilk bor 1961-yili nishonlashni boshlashgan. Meteorologiya (yunonchada meteora — atmosfera va osmon hodisalari va ...logiya) - Yer atmosferasi va unda sodir bo'ladigan fizik jarayonlarni o'rganadigan fan. Meteorologiyaning asosiy bo'limi — atmosfera fizikasi. Atmosferadagi kimyoviy jarayonlarni kimyo atmosferasi, atmosfera omillarining biologik jarayonlarga ta'sirini biometeorologiya o'rganadi. Atmosfera Yer sirti bilan doimo o'zaro ta'sirda bo'lgani uchun Meteorologiya, shuningdek, suv havzalarining ustki qatlami va tuproqning issiklik rejimi, havoning tuproq yoki suv bilan issiklik almashuvi, bug'lanish va bashqani o'rganadi. Atmosfera uchun birdan-bir energiya manbai bo'lgan Quyosh nuri oqimi masalalari bilan ham shug'ullanadi. Atmosfera hodisalarini o'rganishda Meteorologiyada fizikaning turli sohalarida, jumladan, gidromexanika, termodinamika va boshqalarda qo'llaniladigan umumiy qonunlardan foydalaniladi. Ayni paytda atmosfera jarayonlari sodir bo'layotgan geografik holat inobatga olinadi. Shu sababli, Meteorologiya geofizika fani majmuiga kiradi. Meteorologiyaning kattagina bo'limi iqlim masalalariga bag'ishlangan bo'lib, alohida fan sifatida iqlimshunoslik nomini olgan. Atmosferaning yuqori qatlamlari fizikasi va kimyosi bilan aeronomiya bo'limi shug'ullanadi. Meteorologiyaning bir qancha mustaqil tarmoklari mavjud bo'lib, bularga - aktinometriya, dinamik meteorologiya, sinoptik meteorologiya, atmosfera optikasi, atmosfera elektri, aerologiya va boshqalanga kiradi. Shuningdek, Meteorologiya amaliy va nazariy Meteorologiyaga bo'linadi. Bundan tashqari, biror sohaga xizmat qiladigan tarmoq Meteorologiyasi mavjud. Bularga aviasiya, qishloq ho'jaligida, tibbiyot, kosmik, yadro, dengiz meteorologiyasi va boqalarga kiradi va, ko'pincha, ular umumlashtirilib tatbiqiy (amaliy) Meteorologiya nomi bilan yuritiladi. Meteorologiya insonning amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o'zgarishi va tabiiy fanlarning ravnaq topishi bilan bog'liq holda rivojlandi. Meteorologiya sohasidagi dastlabki tadqiqotlar antik davrga oiddir. Qadadimgi madaniyatga ega bo'lgan mamlakatlar (Xitoy, Hindiston, Misr va boshqalar)da meteorologik kuzatishlar juda ko'p yillar ilgari olib borilgan. Zamonaviy ilmiy Meteorologiya asosi faqat XVII asrga tegishli deyish mumkin. XVII asrning 1-yarmida G.Galiley va E.Torrichelli barometr va termometrii ixtiro qilganlaridan keyin Meteorologiya tez rivojlana boshladi. XVII-XVIII asrlarda Meteorologiya mustaqil fan sifatida tarkib topdi. XVII asrning oxiri va XVIII asrning 1-yarmida atmosfera hodisalarini nazariy tushuntirishda va miqdoriy qonuniyatlarini aniklashda ba'zi tajribalar, jumladan, E.Galley (1735) ning passat va mussonlar nazariyasi, birinchi barometrik formulasini, P.Buger (1729) ning atmosferada radiasiyaning kuchsizlanishqonuni va boshqalarni aniqlashda ba'zi tajribalar o'tkazildi. XVIII asrning o'rtalarida rus olimlari M. V. Lomonosov va G. V. Rixman, amerikalik olim V. Franklin tomonidan atmosfera elektri bo'yicha tajribalar o'tkazildi. 19-asrning boshlarida A. Gumboldt Yerning birinchi iqlim xaritasini tuzdi. Jahonda dastlabki Bosh fizika (hozirda geofizik) rasadxonasi 1849-yillarda Peterburgda tashkil etildi. 19-asrning o'rtalarida Antarkitidadan boshqa barcha qit'alarda meteorologik st-ya davlat tarmogi tashkil etilib bo'lgan edi. Bu davrda muhim meteorologik asboblar, temperatura o'lchovidan namlikni aniqlaydigan Avgust psixrometri (1825), kosali barometr, aneroid (1847), termograf, aktinometr yaratildi. U paytlarda Meteorologiya fizika fani sifatida rivojlandi, lekin tadqiqotlar kuzatish materiallarini statistik tahlil yo'nalishi bo'yicha olib borildi. Meteorologiyaning yangi davri sinoptik usullarning taraqqiyoti bilan boshlanadi. Ob-havo xizmati tuzildi. XIX asrning 50-yillarida ingliz gidrografi va meteorologi R.Fisroy va fransuz olimi U. Leverelar elektrik telegrafdan foydalanib, ob-havoni prognoz qilish maqsadida amaliyotda kundalik ob-havo xaritasini tuzishni tatbiq etdilar. Sinoptik Meteorologiya bilan bir vaqtda dinamik Meteorologiya ham rivojlana bordi. Meteorologiya rivojlanishida XX asrning 30-yillarida atmosferaning yuqori qatlamlarini o'rganishda radiozondlarning uchirilishi muhim o'rin tutadi. Bu davrda ob-havoni o'rganishda aviasiya xizmatiga talab orta boshladi. Meteorologik kuzatish tarmoqlari va xizmati okeanlarga, tropik mintaqa, Arktika va Antarktikada keng yoyila boshladi. Ob-havo xaritalarini va boshqa materiallarni faksimil uzatishda telealoqadan foydalanish kengaydi; avtomatik meteorologik stansiyalar paydo bo'ldi; meteorologiya maqsadida radiolokasiya, raketa snaryadlari va boshqa tatbiq etila boshlandi. Ob-havo hodisalariga faol ta'sir etish ishlari ham rivojlandi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash