28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003-yil)
Xalqaro mehnat tashkiloti (International Labour Organization, ILO, russk. MOT) xalqaro tashkilotlar e'tiborini dunyo miqiyosida keng ko’lamli muammolarga qaratish, mehnat muhofaza madaniyatini yaratilishi va taraqqiyoti ish o’rinlarida o’limni kamaytirilishi maqsadida 28-aprel kunini mehnat muhofazasi kuni (World Day for Safety and Health at Work) deb e’lon qildi. Ilk bora bu kun 2003-yili nishonlandi. Butun jahon mehnat muhofazasi kuni Amerika va Kanada mehnatkashlari tomonidan 1989-yilda ish joylarida jabrlangan, halok bo’lgan ishchilarga bag’ishlangan. Bugungi kunda yuzlab mamlakatlarda jamoat e'tiborini mehnat muhofazasida yechimini topmagan muammolarga qaratish maqsadida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu tadbirlar mahalliy hokimiyat, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar, mehnat muhofazasi mutaxassislari tomonidan o’tkazilmoqda. Mehnat muhofazasi tashkiloti hisobicha, dunyoda baxtsiz hodisada va kasalliklar tufayli korxonalarda o’rtacha har kuni 5000 ta, yil mobaynida 2-2,5 million kishi vafot etadi. Shulardan, 350 ming tasi o’lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisa, 1,7-2 million ta o’lim ish bilan bog’langan kasalliklar tufayli sodir bo’ladi. Har yili o’tkaziladigan Butun jahon mehnatni muhofazasi kuni bir muammoga bag’ishlanib, bir shior ostida o’tkaziladi: 2013-yili "Kasb kasalliklarni oldini olish”, 2014-yilda esa "Kimyoviy moddalardan foydalanilayotgan ish joylarida mehnat muhofazasi” deb nomlangan.
28-aprel Xalqaro yoga bayrami kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiliti Bosh assambleyasi tomonidan 1988 yil 28 aprel Xalqaro yoga bayrami kuni deya e'lon qildi. Ushbu taklif Hindiston tomonidan kiritilgan bo'lib, bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi."15 aprelni Xalqaro yoga bayrami kuni deya e'lon qilish orqali Bosh assambleya zamonaviy dunyo sog'lig'i uchun yana bir qadam tashladi”, - deya qarorga izoh berdi Pan Gi Mun. Ushbu qaror Bosh assambleyada qatnashgan 175 davlatning ovozini olish orqali rekord o'rnatdi.
28-aprel Xitoyda Moviy Ot bayrami kuni
Ushbu bayram Xitoyda eng qadimiy va tantanali bayram hisoblanadi. Mazkur bayram munosabati bilan tantanalar 28-apreldan 30-aprelgacha davom etadi. Afsonalarga ko'ra har yilning to'rtinchi oyidan boshlanishida xitoyliklar Nyan deb ataladigan afsonaviy maxluq bilan kurashishgan. Nyan Yangi yilning birinchi kunida paydo bo'lib qishloq xo'jalik mahsulotlarini va jonivorlarni yamlamay yutar, hatto yo'lida uchragan odamlarni ham ayab o'tirmas ekan. O'zlarini himoya qilish uchun odamlar yangi yil kiradigan kuni ostonaga oziq-ovqat qo'yib ketishar ekan. Qorni to'ygan maxluq odamlarni tinch qo'yishiga ishonishgan. Bir kuni xitoyliklar maxluq qizil ko'ylak kiygan boladan qo'rqib ketganini sezib qolishadi. Shundan buyon xitoyliklar Yangi yil kuni qizil chiroqlar yoqib, eshik-derazalarga qizil parda osadigan bo'lishgan. Keyinchalik Nyanni ruhoniylardan biri tutib olib, 28-aprelda o'ziga bo'ysundirgan ekan va ushbu kuni Moviy ot ularga baht saodat olib kelgan ekan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.