loading...

16-may Xalqaro biograflar kuni 

3044

  Bugun aytish mumkinki, agar kimdir tarjimai hol yozyapti, demak, ularni kimdir o’qiyapti va bugun xuddi o’sha kun, qachon sevimli yozuvchining yoki artistning  biografiyasini qaytadan o’qish mumkin. Vaqt topib o’z avtobiografiyamizni yoza boshlaymiz. Nimaga xuddi bugun? Chunki 16-mayda biograflar kuni (Biographers Day) nishonlanadi. Bugun bilarmonlar va qiziquvchi  odamlar (Samuel Jonson, 1709-1784) ơzining biografi (James Boswell, 1740-1795)  bilan birinchi uchrashuvi yilligini nishonlaydilar. Ular 1763-yilda Londonning kitob do’konlarining birida uchrashdilar, uchrashuv va ularning orasida o’rnatilgan munosabatlar natijasida 1791-yilda ikki tomlik "Samuel Jonson hayoti" kitobi chop etildi. Ma'lumki, angliyalik Samuel  Jonson yoki doktor Jonson uni  ko’proq shunday atashgan, atoqli tanqidchi, tilshunos va XVIII asr ikkinchi yarmi shoiri edi. Uning eng mashhur mehnati "Ingliz tilining izohli lug’ati" (Dictionary of the English Language) bo’lib, Jonson uning ustida 9 yil ishladi. Jeyms Bosvellning mashhur biograflardan  biridir. Shotlandiyalik yozuvchi va memuarchi Jeyms Bosvell, Jonson bilan uchrashgandan keyin  ko’p yillar davomida u bilan suhbatlashish, uning  aqlga tơg’ri kelmaydigan o’tkir mulohazalarini va tanbehlarini yozib borish sharafiga  ega bo’ldi. "Samuel Jonson hayoti" ko’plab adabiy tanqidchilar fikriga ko’ra, ingliz tilda yozilgan  buyuk tarjimai hol, ushbu kunda ham ommabop va o’qiladigan kitob. Biograf qadimgi grek ikkita sơzidan olingan — hayot va yozyapman. Boshqa so’zlar bilan aytganda, biografiya  deb odamning boshqa odam yoki bir necha odamlar tomonidan  yaratilgan tarjimai holini ataydilar. Ko’pchilik hollarda biror odam haqida bilmoqchi bo’lsak tarjimai hol ma'lumotlarning eng birinchi manbai bo’ladi. Biograflarning  ikir-chiqir va tinimsiz mehnati tufayli qadimgi zamonlar buyuk insonlari haqida,  o’sha davrlar hulq-atvorlari va  urf-odatlari to’g’risidagi ma'lumotlar biznning kunlarga qadar etib keldi. Qadimgi grek faylasufi Plutarxni  birinchi  biograf deb atash mumkin. Pushkinning  birinchi nashrchisi va biografi  — P.V.Annenkov, L.N.Tolstoyning — P.I.Birekov ismlari ma'lum. Afsuski, ko’plab atoqli biograflar ismlari unitilgan, lekin ular qoldirgan tarjimai hollar har qanday mamlakat uchun doimo qimmatli adabiy meros bo’ladi va tadqiqotlar uchun tuganmas manb'a bo’ladi va bugungi bayram -  ko’pincha soyada qoladiganlar xizmatini eslab nishonlashga sabab bo’ladi.

16-may Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi
XIX asr oxirida Berlinning markazida, shahar  aholi soni million kishidan oshib ketgani sababli, kucha harakati juda qiyinlashgan  edi. Ahvolni yengillashtirish vositalaridan biri elektr  tramvay edi. Bu vaqtda elektr kompaniyasining boshlig’i muhandis Verner Fon  Simens  passajir tashuvchi elektr tarmoq qurish  taklifi bilan chiqdi. 1879 yili  bahorda Simens  Berlin ko‘rgazmasida dunyoda birinchi elektr temir yo‘lini  taqdim etdi - " vagonlari bilan elektrolokomotiv". Bu ixtiro  sensatsiya bo’lgan edi.  Uchta vagonchalik poyezd 18 yo‘lovchi bilan 7 km/soat tezlikda yurardi. Ko‘rgazmaning ko’plab tashrif buyuruvchilari  "par yoki otlar yordamisiz”  harakatlanayotgan bu g’aroyib poyezdga chiqib  sayohat qilish istagini bildirishdi. Temir yo‘llarga yevropa aholisi  odatlanib qolgan, lekin tutunli parovozi bo’lmagan poyezd ko’pchilikni  hayratda qoldirdi, lekin transportni elektrlashga bo’lgan  munosabat aholida sergaklik uyg’otardi. Shunday turdagi transportni yashash qobiliyatini isbotlamoq uchun, Simens  o‘zining puliga tramvayning elektr bilan harakat qiladigan ko’rgazma andozasini qurishiga  to‘g‘ri keldi. 1881-yili 16-mayda  Berlinning chekkasida, Lixterfeld bilan Kadet korpusi oralig’ida  dunyoda birinchi elektr tramvay o‘tdi. Dunyoda birinchi elektr temir yo‘lda yo‘lovchi tashish harakati shunday bo’lgan edi, shu bilan otlar o’rniga elektr tortish kuchi ishlatila boshlandi. 30 km/soat tezlikda yuruvchi tramvay, birinchi uch oy davomida 12 mingdan ortiqroq  yo‘lovchilarni manziliga yetkazdi. Birinchi tramvay, birinchi elektrovoz kabi relslardan keluvchi elektr toki yordamida harakatlanardi. Bizga odatiy tamvay, yoy va simlar bilan, 1890-yilda paydo bo‘ldi. Yo‘lovchi transporti ko‘rinishidagi tramvay butun dunyoda juda tez tarqalib rivojlandi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash