loading...

19-may Yer Galleya kometasi dumi orqali o'tgan kun 

3672

 Dumli yulduz Galleya - kometalarning eng ommabopi. U  quyosh atrofida  74 yildan  79 yilgacha  davriylik  bilan o’ta chuziq  elliptik orbitada harakat qilyapti. 1835-yilda kometa  paydo bo‘lgan  vaqtida   spektral analiz yordami bilan   kometa  atmosferasi  tarkibida sian molekulyar  tasmalari,  buguvchi gaz va boshqa boglanmalar borligi  aniqlangan. Shuning uchun  Yer atmosferasining  odamlar sog‘lig‘i uchun  xavfli zaharli  kometa  gazlari bilan  zaharlanishi xaqidagi  mish-mishlar tez tarqalgan. Astronomlar oldindan aytganidek, 1910-yili 19-may Yer Galleya kometasi dumi bilan «to‘qnashdi». Biroq hatto eng aniq  o‘lchov  anjomlar ham yer atmosferasida hech qanday antiqa o‘zgarishlarni sezmadi, qaysiki  shu voqyea  bilan bog‘lash  mumkin bo‘lsa. Shuning uchun 1910-yili may oyida ko‘pchilik mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan qo‘rquv to‘lqini hech qanday asosga ega bo‘lmagan. Galleya kometasi  dumi   orqali o‘tib, yer  o‘ziga hos zond  rolini  ijro etgan. Ta'kidlash kerak,  yer bir necha bor kometa  dumlaridan o‘tgan, va natija doimo  bir xil  - yer atmosfersi jarayonlariga  kometa dumi moddalari  hech qanday ta'sir  ko‘rsatmagan. Astronomlar va ko‘plab dunyo aholisi Galleya kometasining  dumida va boshida  ro‘y berayotgan hamma o‘zgarishlar ortidan diqqat bilan kuzatdilar. Kuzatishlar  davrida  uning  mingdan  ortiqroq  astronegativi  olindi, yuzlab  spektrogrammlar, bir necha  yuzlab kometa  rasmlari  va  ko‘p sonli har xil paytlarda kometaning  ekvatorial  koordinatalari ta'rifi qilindi. Bu badavlat material barchasi  kometa orbitasida harakatlari  fe'l-atvorini  butun tafsilotlari bilan tekshirishga, uning  boshi  va dumi tuzilishiga oid o‘ziga xos hususiyatlarini, kimyoviy tarkibini  o‘rganishga, hamda kometa  yadrosi  va atrofdagi uning atmosferasi qator boshqa jismoniy ko‘rsatkichlarini olishga yul ochdi. Xatto san'atchilar ham foydalanishdi. Yevropada va Rossiyada darhol bir qancha rassomlar  osmonda  qurollanmagan ko‘z bilan  deyarli bir  oy  durust ko‘rinadigan ob'yekt suratini yaratdilar. Galleya dumli yulduz  - qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rinadigan, yolg‘iz kichik davrli  dumli yulduz. So‘nggi ko‘rinishi   1986-yili fevralda bo‘lgan edi; keyingisi mutaxassislarning  hisoblari bo‘yicha 2061-yil o‘rtasida bo‘ladi.

19-may Xalqaro Gepatit B bilan kurashish kuni
Gepatit bilan kurashish xalqaro kuni virusli gepatitni tarqalishining muammosiga va ushbu muammo jiddiyligiga e'tibor qaratilishi uchun nishonlanadi. Ushbu sana Gepatit bilan kurashish xalqaro alyans (World Hepatitis Alliance, WHA) tashabbusi bilan o'rnatilgan. WHA nohukumat tashkiloti bo'la turib dunyo bo’yicha 280 gepatit kasallarining assosiasiyalarini birlashtiradi. VICh/SPID, tuberkulez va malyariya kasalliklari bilan kasallangan sonlari va o'limga olib kelish darajalari gepatit bilan taxminan bir darajada bo'lsa ham dunyo hamjamiyati virusli gepatit tarqalishi muammosi to'g'risida bilish darajasigacha pastligi va ushbu muammoni jiddiyligini davlatlar darajasida tan olinishiga e’tibor qaratish uchun Gepatit bilan kurashish xalqaro kuni tashkil etilgan. Gepatit bilan kurashish xalqaro kuni besh yillik dasturni amalga oshirish boshlanishini ko'rsata turib, ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjamiyatning virusli gepatitni tarkalib borishi muammosi to'g'risida xabardor qilish, davlatlar va xalqaro darajasida gepatit tarqalishini diagnostikasi va profilaktikasi dasturlarini yaratish, ushbu kasallik bilan kasallangan odamlarni qo'llab-quvatlashga qaratilgan. Xalqaro sog'liqni saqlash tashkilotining axborotiga qaraganda dunyoda 2 milliardga yaqin odomlar ushbu infeksiya bilan kasallangan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash