17-iyun Buyuk Britaniyada ayollar kuni
Buyuk Brtaniyada ayollarga juda katta e'tibor ajratiladi. 17-iyun Buyuk Brtaniyada joylashgan London davlatining eng go'zal yarmi o'z bayramini Ayollar kunini nishonlaydi. Shu kuni mustaqilligi va milliy rivojlanishiga kiritilgan bayrami nisholanadi. 1956-yil 17-iyun ayollarning shaxsiy huquqiy holati haqida kodeks qabul qilindi. Shu munosabat bilan milliy ayollar kuni bayrami kiritilgan edi. Bu kuni davlat prezidenti ayollar uchun kiritilgan yangi huquqlarni e'lon qiladi. Bulardan oxirgisi davlat tomonidan IIB xodimlariga soat 20-00 dan keyin qoida bizgan ayollarni jarima qilish ruxsat berilmaydi. London davlatida ayol kishiga juda katta e'tibor ko'rsatiladi. Misol maktablarda qizlar uchun kiyim formasi taqdim etiladi, o'g'il bolalarga esa yo'q. Ushbu bayram umum davlat dam olish kuni deb e'lon qilingan.
17-iyun Mikraskop ixtiro qilingan kun
Murakkab mikroskop 1590- va 1610-yillar oraligida 17-iyunda ixtiro etilgan edi. Aniq kim yaratganligini hech kim bilmasa-da, biroq uning dunyoga kelishini Galileyning nomi bilan bog’lashadi. Ba'zida zarrabiyaning otasi deb daniyalik olim Levengukni tan olishadi. Biroq mazkur e'tirof Levenguk tomonidan zarrabinda ko’pgina ilmiy kashfiyotlar qilinganligi uchun ham tug’ilgan. Levenguk zarrabin yordamida uzunburunlilar, burgalar va shunga o’xshash boshqa mayda hashoratlar qandaydir noma'lum yerdan urchimay, balki tuxumdan yorib chiqishini isbot qildi. U birinchilardan bo’lib, protoza va bakteriya singari zarrabinbop mavjudotlarni kashf etgan olimdir. Hozirgi kunda zarrabin ilm-fanda va sansatda o’ta zarur asbobga aylandi. Mikroskop so’zining kelib chiqishi yunonchadir: bu so’zning birinchi qismi — «kichik», «mitti» ma'nosini anglatsa, ikkinchi qismi — «kuzatuvchi» ma'nosini beradi. Mikroskop, shunday qilib, qandaydir o’ta kichik narsani ko’zatmoq demakdir. Mikroskopni Sharqda «zarrabin» deyishgan. Zarrabin — ko’z ilg’amas juda kichik, mayda narsalarni tekshirish uchun moslashgan asbob. Umuman olganda, tekshiriladigan narsa ko’zga yaqin tutilsa, kattaroqdek tuyuladi. Lekin uni ko’zga taxminan 25 santimetrdanda yaqinroqdan olib qaralsa, umuman nazarga chalinmasligi mumkin. Bunday payt, narsa «fokusdan tashqarida» joylashgan, deyiladi. Bordi-yu, ko’z va tekshiriladigan narsa orasiga oddiy qabariq linza o’rnatilsa, u 25 santimetrdan yaqin bo’lsa-da, baribir «fokus»da bo’ladi. Buni kattalashtirib ko’rsatuvchi shishadan foydalanishga qiyoslash mumkin va oddiy kattalashtiruvchi shisha, bu qadimdan qo’llanib kelinayotgan sodda zarrabindir. Shu boisdan, zarrabinning ixtiro etilishi to’g’risida gapirar ekanmiz, biz murakkab qurilmali mikroskopni nazarda tutamiz. Shu topda ham gap aynan ana shunday, takomillashgan mikroskop haqida ketayapti. Murakkab zarrabin qanaqa asbob? Buningdek zarrabinda kattalashtirib kursatish ikki darajada, ikki bosqichda yuz beradi. «Ob'yektiv» deb atalgan linza dastlabki kattalashtirilgan tasvirni beradi. Bundan tashqari, «okulyar» deb atalgan yana boshqa linzalar ham borki, ular o’sha kattalashtirilgan tasvirni yanada kattaroq hajmda namoyon etadi. Amaliyotda foydalaniladigan ob'yektiv va okulyarlarda bir necha linzalar bo’ladi, biroq aslida tasvirning kattalashtirilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.