18-iyun Moldovada tarixchilar kuni
2011-yildan Moldovada yangi kasbiy bayram tarixchilar kuni nishonlana boshlandi. Bu bayramni nishonlashni Moldova fanlar Akademiyasi va Moldova Respublikasi tarixchilar Assotsiatsiyasi tashabbus bilan chiqdilar. 2011-yil 8-iyunda Moldova hukumati tomonidan bayramni nishonlash qabul qilinib, har yili 18-iyunda nishonlanadi. Bu kun Moldova Respublikasi tarixchilar uyushmasi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki 1989 yil 18-iyunda Moldova tarixchilar assotsiatsiasi tashkil qilingan. U 20 yil davomida Respublika tarixchilarining ishlarini koordinatsiya qilish va rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Moldovada juda ko‘p tarixiy yodgorliklar: moldova o‘rta asrlar Xotin qal'asi, Soroka, Tigina, Oq Qal'alar davlat mudofaa sistemasini tartibga solishda muhim ob'yekt bo‘lib xizmat qilgan. Keprin, Rud, Xirbovets, Kurk monastirlari moldovani eng qadimgi monastirlaridan hisoblanadi; XIII-XIV asr tarixiga oid qoyalarda joylashgan monastirlar ham qadimgi arxitektura yodgorliklardan biri hisoblanadi.
18-iyun Xalqaro SONAR elektron musiqa festevali kuni
Xalqaro Sonar elektron musiqa festivali har yili iyunda ananaga ko‘ra Barselona (Ispaniya) shahrida o‘tkaziladi. Festival Barselonaning mashhur brendi bo‘lib, jahonda elektron musiqa sohasidagi eng katta voqealardan biridir. Sonar 1994 yildan boshlab har yili o‘tkaziladi va uch kun kechayu-kunduz davom etadi. Bu festival faqatgina elektron musiqa bo‘libgina qolmay, balki multimediya san'ati hamda zamonaviy san'at forumi hamdir. Festivalga elektron musiqa yulduzlari, tobora o‘sib borayotgan musiqachilar, di-jeylar va ularning ashaddiy muhlislari yig‘ilishadi. Sonar programmasi ommaga juda katta miqdorda elektron musiqa yo‘nalishi bo‘yicha konsert va tomoshalar ko‘rsatadi. An'ana bo‘yicha festival ikki qisimga bo‘lib o‘tkaziladi. Kunduzgi Sonar Santa-Monika zamonaviy san'at markazi binosining kompleksida o‘tkaziladi. Unda asosan yosh musiqachilar ishtirok etadilar. Shuningdek kunduzi ko‘rgazmalar, konferensiyalar, kino, modalar namoyishiga borish mumkin. Tungi Sonar mahalliy aholiga halaqit bermaslik uchun shahardan tashqari konsert maydonlarida o‘tkaziladi. Unda eng mashhur di-djey va komandalar ishtirok etishadi. Aynan shu tungi vaqitda festivalning qiziqarli, afsonaviy tomoshasi boshlanadi. Bu yerga AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan mashhur musiqachilar yeg‘ilishadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.