loading...

21-iyun Finlyandiyada quyosh og'ishi kuni 

2146

Yozgi quyosh turishi, yoki quyosh og’ishi, Finlyandiyada bu bayram juda ham keng nishonlanadi. 21-iyunda quyosh Tampere kengiligida 22 soat 40 daqiqa yoritadi. Quyosh botgan  lahzadan  boshlab  tonggacha faqat 80 daqiqa o’tadi, shuning uchun umuman qorong’i bo’lmaydi. Natijada odamlar uxlashga yotmaydilar va butun mamlakatda  bitta katta kechani uyushtirishadi. Yozning o’rtasi, yana shu yerda bu kunning boshkacha nomi - Yuxannes  bayrami kuni, - sauna qabul qilishadi. Katta  Gulxanlar yoqish hamma yomon va nokerak narsalardan qutulishadi usuli deb bilishadi. Finnlar bu kunda sosiskalarni gulxan atrofida pishirib iste`mol qilishadi. Ular sosiskalarni juda ham sevishadi, bu mahsulotni shuning uchun "finn sabzavoti" deb ataydilar. Yuxannes kuni mamlakat barcha aholisi  shaharlardan  o’rmonga, ko’llar va  dengiz sohiliga otlanadi. Ko’llar soni bu yerda 200 mingdan  ortiqroq, shu tufayli hammaga joy yetadi. Uyda qolganlar  turar joylarini gullar  va qayin shoxlari bilan bezatadilar. Shu bayram bilan bog’liq bo’lgan ko’p an'ana va,marosimlar majusiylik davriga xos, qachon shu kuni odamlar hosildorlik va yorug’lik bayramini  nishonlashgan, kokko (alanga) esa ularning belgisi bo’lgan. Hosildorlik g’oyasini mujassam kilgan bayram tuylar uchun ommabop vaqt buldi: marosimga talabnomalar bir yil oldin beriladi. Kizlar Yuxannus kechasida yostiqning  tagiga to’qqizta har xil gullardan o`t bilan to’qqiz marta bog’lab tuzilgan guldastani kuyishadi, tunda tushida bulajak turmush o’rtog’ini  ko’rib qolish umidida bo’lishadi. Yuxannus yana Finlyandiya milliy bayrog’i  kuni ham hisoblanadi.

21-iyun Xalqaro musiqa kuni
  Sa'nat  ihlosmandlari dunyoning  turli  chekkalaridan  to’planadi.  Afsonaviy  mumtoz  musiqasi  va zamonaviy  qo’shiqchiligi  bilan  tanilgan  Fransiyada  har  yili  o’tkaziladigan ushbu  festival  mamlakatning  eng  asosiy  va  romantik  bayram  tadbirlaridan  hisoblanadi. 1982-yildan  asos  solingan  bu  an'ana  millionlab  fransuzlarga  va  chetdan  tashrif   buyuruvchi  sayyohlarga  juda  ma'qul  kelgan.    Bayram  kunlari  Fransiyaning  har  bir  shahrida, kuchalar-u  konsert  zallarida  mehmonlar-u   oddiy   xonadonlarda ham musiqa   sadolari  yangraydi.  Odamlar  raqsga  tushib,  qo’shiqqa  jo’r  bo’lishadi. Turli  davlatlardan   tashrif  buyurgan   musiqachilar  bepul   konsertlar  berib,  maydonlar  hiyobonlar,  restoran  va  qahvahonalarda  o’z  mahoratlarini  namoyish  etishadi.  Tabiiyki,  festival  kuni  Fransiya  ko’chalarida  odatdagi  shovqin-suron quloqa  chalinmaydi. 

21-iyun Xalqaro Krapiva (gazanda o’t) festivali
  Har yili yozning birinchi oyida Tulaga yaqinidagi Krapivna qishlog’ida Xalqaro Krapiva festivali o’tkaziladi. Bu ajoyib tadbirni tashkilotchilari”Yasnaya Polyana” muzey-qo’riqxonasi, rayon ma'muriyati va ”L.N.Tolstoy merosi” Xalqaro fondining xodimlaridir. Bu qadimiy qishloqda krapivani yaxshi ko’rishadi va qadirlashadi. U nafaqat Festivalni  ramzi bo’lib qolmasdan, uning shoxchalari shaharning gerbiga tushurilgan va shaharning ramzi bo’lib ham hisoblanadi. Festival ana'naviy ravishda 2002-yildan boshlab iyun oyida o‘tkaziladi. Bu yerga turli shaharlardan ishtirokchilar, turistlar, chet elliklar yig’ilishadi. Turli xil tadbirlar, konkurslar o’tkaziladi. San'atkorlar ijrosida konsertlar beriladi.

21-iyun Moskvada birinchi taksilar yura boshlagan kun
  1925-yil 21-iyundan boshlab Moskva ko’chalarida taksilar yura boshladi. Taksomotorlar shaharliklarga juda yoqib tushdi, chunki dastlabki izvoshdan ancha arzon va qulay bo’lgani uchun. Boshida taksilarni vazifasini - "Reno”,”Ford” va ”Fiat” inomarka avtomobillari yurgazdi. Keyinchalik mamlakatda o’zida avtomobillar  ishlab chiqara boshlangandan keyin taksoparklar  "GAZ-A” va "M-1”ga o’tib olishdi. 1920-1930 yillarda Rossiyada taksoparklar rivojlanib ketdi. 1935-yilga kelib poytaxtda 500 ga yaqin, 1939-yilda esa 3000 mingdan oshdi. 1971-yilga kelib Moskvada 14200 dan ortiq taksilar aholi xizmatida bo’ldi. Ular juda katta daromad keltirib, bir yil ichida o’zini pulini oqladi. 1980-yilda Moskvada 20 mingdan oshiq taksilar qatnadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash