loading...

4-iyul AQShda mustaqillik kuni 

4988

4-iyulda Amerika Qo’shma shtatlarida bayram kuni o’tkaziladi.  4-iyul 1776-yilda 13 ta Shtat hokimlari Deklaratsiyasiga qo’l qo’yishda qatnashgan.  Bu tarixiy voqea  Feladelfiyaning shaharida  bo’lib o’tdi. Bu vaqtda Amerika aholisi va ingliz jangchilari o’rtasida nizo kelib chiqgan edi. Amerikaliklar  hukumatdan o’zini haqini  talab qilgan. Lekin  urush oqibatida shu ma’lum bo’ldiki, ular faqat haqini emas, balki inglizlardan ozodligini talab qilgan. 4-iyul Mustaqillik bayrami deb 1970-yil e’lon qilindi. AQshning Mustaqillik bayramiga atalgan bayramlari - Vashingtonda bo’lib o’tadi. Bu yerda Prezident va katta lavozimga saylanganlar qatnashadi. Shundan so’ng sayr, salyutlar  va har bir uyda bayroq osilib turadi.

AQSh Mustaqillik kuni qanday nishonlandi.
Amerika Qo’shma Shtatlari 4 iyul kuni o’zining asosiy umummilliy bayrami - Mustaqillik bayramini nishonlaydi. Bu kun Amerika Britaniya hukmronligidan ozod bo’lgan.
 
AQSh poytaxti markazida an’anaga ko’ra, tarix va vatanparvarlik ruhidagi bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Kunning yarmida Vashingtonning markaziy avenyusida har yili o’tkaziladigan ikki soatlik parad namoyishi bo’lib o’tadi. Ko’plab orkestrlar, harbiy bo’linmalar, chavandozlar va boshqa ishtirokchilar Konstitutsiya-avenyusidan tantanali ravishda o’tadi. 

Kun botishi bilan Kapitoliyning G`arbiy maydonida Milliy park xizmati va Milliy simfoniya orkestri ishtirokida yarim soatlik bayram konserti boshlanadi. Konsert AQShning jamoat televideniyesi bo’lgan PBS kanalida to’g`ridan-to’g`ri efirga uzatiladi. Ushbu konsert doimo Pyotr Ilich Chaykovskiyning «1812-yil» asari ijrosi bilan yakunlanadi. Shuningdek bu kun Vashington osmonida rang-barang mushaklar otilishi odat tusiga kirgan. Bu 17 yarim daqiqa davom etadi. Biroq ob-havo ma’lumotiga ko’ra, 4-iyul kuni Vashingtonda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Shunday bo’lgan taqdirda, mushaklar otilishi 5 iyulga ko’chiriladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash