loading...

15-iyul Butunjahon Bolalar kuni 

2889

BMT Umumiy Assambleyasi tomonidan 1954-yilda shaharlarga Butunjahon bollar kunini nishonlashni taklif etdi. Ushbu kunni nishonlashdan maqsad dunyodagi barcha bolalarni birlashtirish, o’zaro bir-birini tushunishni ta’minlash. 1959-yil 20-noyabrda BMT umumiy Assambleyasi bolalar huquqi haqidagi deklaratsiyani qabul qildi. 1989-yil xuddi shu kuni ''Bolalar huquqi to’g’risida''gi Konvensiya qabul qilindi. Dunyo statistikasi bo’yicha dunyoda bolalar aholisi taxminan 20-25 %ni har bir shaharning aholisidan  tashkil etadi. Ammo hozirgi kunga qadar rivojlangan davlatlarda ham bolalar ochlik, kasalliklar, zo’rlanishlar, ta’limni yaxshi olmaslik kabi bir qancha jiddiy, muammolarga to’qnash kelmoqdalar. Har yili deyarli 11 million bolalar 5 kun umr ko’rib nobud bo’lmoqda. 10 millionlab bolalar esa, jismoniy va aqliy qoloq bo’lib qolmoqdalar. Bunday achinarli holatlar hozirda paydo bo’lib borayotgan har xil kasalliklardan bo’lmoqda. Boshqa sabab esa kambag’allik, ochlik, qo’pol munosabatlar oqibatida ro’y bermoqda. Bolalar har bir davlat, jamiyatning nozik, himoyaga muhtoj tomoni hisoblanadi. BMTning bolalar fondi bolalar sog’ligini himoyalash va asrash bilan shug`ullanadi. Ushbu fondning asosiy maqsadi bolalarni avaylash, homilador ayollarga tug’ruqdan oldin va keyin g’amxo’rlik qilishdir, bolaning ta’lim olishini, rivojlanishini ta’minlash hamda eng asosiy vazifa Vich va Spid infeksiyalaridan kasallanib vafot etgan ota-onalar bolalariga ga’mxo’rlik qilishdir.

15-iyul tarixda ilk marotaba ikki mamlakat hamkorligidagi kosmosga parvozi uyushtirilgan kun
1975-yil 15-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Baykonur kosmodromidan "Soyuz-19” kosmik kemasi parvozlangan bo‘lib, kemani Aleksey Leonov hamda Valeriy Kubasovlar boshqargan. 8 soatdan so‘ng Florida (AQSh) dagi Kanaveral burnidan "Saturn 1-B” raketasi bilan "Apollon” kemasi amerikalik astronavtlar Tomas Stafford, Vens Brendom hamda Donald Sleytonlar boshqaruvida parvozlangan. Parvozdan keyingi ikki kun ichida kemalar yuzma-yuz holatga kelish yo‘lida harakatlanib, bu bilan ular misli ko‘rilmagan xalqaro kosmik hodisaga erishmoqchi bo‘lishgan. Ushbu yuzlanish 17-iyul kuni 140 mil balandlikda Atlantika ustida sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan 3 soat o‘tib, Leonov Staffordni "Glad to see you”, ya’ni "Sizni ko‘rganimdan xursandman" so‘zlari bilan qarshi olgan. Bunga javoban Stafford "Привет, рад тебе видет", deya ruscha javob qaytargan unga javoban ingliz astronavti. So‘ngra bu ikki kasbdosh bir-biri bilan quchoqlashib ko‘rishishgan. Ramziy ifoda o‘rnida bir-birlariga suvenir hamda bayroqlar ulashishgan. Samoda ikki xalq bir-birining kemasida ekskursiya o‘tkazishgan. Milliy taomlari bilan mehmon qilishgan. Ikki kunlik parvozdan so‘ng yana yerga qaytishgan. Ikki ekipaj ham yerga eson-omon qaytib kelishgan. "Soyuz” sobiq SSSR yeriga 21-iyul kuni parashyutda tushib kelgan, "Appolon” esa Gavayi orollaridan uzoq bo‘lmagan yerga 25-iyul kuni qo‘ngan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash