loading...

23-iyul Butun jahon kit va delfinlar kuni 

2568

Bugun dunyoda "Butun dunyo kit va delfinlar kuni” nishonlanmoqda. Ushbu bayram 1986-yil kiritilgan bo‘lib, Xalqaro kit ovlash (International Whaling Commission: IWC) komissiyasi 200 yil davomida kitlarni shavfqatsiz qirqinliklarni taqiqlab qo‘ygan. Ya’ni, kitlarni ovlash hamda butun dunyo bo‘yicha kit go‘shti savdosi man qilingan. Biroq ularni ovlash — ushbu jonivorlarga bo‘lgan yagona dahdid emas. Kit, delfik va boshqa dengiz sutemizuvchilarining qirilishiga sabab bo‘layotgan yana bir asosiy omil – delfinariya, okeanarium hamda sirk uchun ovdir. Shu sababli bugungi kunda bu kun nafaqat kitlarni, balki barcha dengiz sutemizuvchilarini himoya qilish kuni hamdir.

23-iyul Farg'ona viloyatidagi Quva shahri tashkil topgan kun
Quva – Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi shahar, 1974-yil 23-iyuldan tuman markazi. Farg‘ona shahridan 40 km sharqda. Yaqin stansiyasi 4 km aholisi 40 ming kishi Quva Farg‘ona vodiysidagi eng qadimgi shaharlardan biri. Shaharning vujudga kelishi va nomi haqida turli rivoyatlar mavjud. "Farg‘ona tarixi”ning muallifi Ibratning yozishicha, Qubod (yoki Qubo) deb atalib, keyinchalik "Quva” shaklini olgan. Quva va Davan davlati to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi II asrga mansub Xitoy manbalarida keltirilgan. O‘sha davrda Quva kengayib qo‘handiz, shahriston va rabod kabi uch qismdan iborat bo‘lgan. Shahar tevaragi ikki qator qalin va baland mudofaa devori bilan o‘ralgan. Rabodda baland (3,6 m) yaxlit tagkursi ustida budda ibodatxonasi qad ko‘targan. Ibodatxona 8 asr boshlarida arablar tomonidan vayron qilingan. IX-XII asrlarda Quva Farg‘onaning yirik, ko‘rkam va obod shahriga aylangan. Istaxriyning ta’kidlashicha, Quva kattaligi jihatidan Farg‘onada Axsikatdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Ibn Havqalning yozishicha, Quva Sayxun (Sirdaryo)gacha yetib boradigan nahr sohilida qad ko‘targan. Uning markazida Registon maydoni, ko‘handizda jome masjidi, rabodida esa saroy, qamoqxona va bozorlari joylashgan. Quva mo‘g‘ullar istilosi oqibatida vayron etilib, XIV-XVI asrlarda qasaba shaklidagi maskanga aylangan. Yoqut Hammaviy Quvani katta shahar deb ataydi. Shahar Mahmud Qoshqariyning "Devonu lug‘otit turk” asariga ilova qilingan xaritasida ko‘rsatilgan. Quvada hunarmandchilik rivojlangan. Temirchilik va shishasozlik yuksak darajaga yetgan, shaharning o‘z tangasi zarb qilingan. "Boburnoma”da  Andijondan  4 og‘och (farsax)narida joylashgan qishloq deb aytiladi. Quvada 1956-60-yillarda Ya.G‘ulomov boshchiligida (V.Jukov, I.Ahrorov, V.A.Bulatova, A.Muhammadjonov, H.Muhamedov, M. Aminjonova) arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta asrlarda Quvaning umumiy maydoni 100-120 ga ni tashkil etgan. Shundan shahriston 12 ga va uning shimoliy-sharqiy burchagidagi arki a’lo 1 ga maydonni egallagan  (shahriston va ark qoldiqlari hozirgacha saqlangan). 1998-yil Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida Quvada arхeologik qazishmalar olib borildi. Buning natijasida shahristonning mudofaa devori ostidan 8m dan ziyod chuqurlikdan miloddan avvalgi II-I asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari topildi. 1998-yildagi qazishma ishlari natijasida shaharning uch darvozasi o‘rni aniqlandi, shahar xarobasi hududidan turar joy binolari majmuasi va uning shimolida VII-VIII asrlarga oid budda ibodatxonasi hamda u yerdagi budda ilohlari haykallari topildi. Quvadan bir qancha mashhur kishilar, xususan, Ahmad ibn Muhammad al-Quboviy, Rukniddin  Quboviy, Muhammad ibn Muhammad al-Quboviy, Abduqayum Vaxmiy, Shokirjon Hakimiy va boshqalar yetishib chiqqan.Shaharda paxta tozalash, g‘isht mebel, tikuvchilik, qandolatchilik fabrikalari, don mahsulotlari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, qurilish tashkilotlari, yo‘llarni ta’mirlash tashkiloti, ta’mirlash –qurilish boshqarmasi, "Issiqnon”, to‘qimachilik korxonalari, dehqon bozorlari,  savdo markazi, anor sharbati ishlab chiqaruvchi sex, avtokorxona bor. Bolalar musiqa maktablari, litsey, klub muassasalari, tuman markaziy bolalar kutubxonalari, madaniyat va istrohat bog‘i, baynalminal jangchilar, 2 jahon urushi qatnashchilari xiyobonlari, Ahmad al-Farg‘oniy yodgorlik majmui, o‘lkashunoslik muzeyi, stadion mavjud. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash