loading...

26-avgust «Afrosiyob» elektropoezdining ilk qatnovi amalga oshirilgan kun 

2268

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma yilligi arafasida, 26-avgust kuni Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda temir yo‘l transportini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida ushbu tizimda keng ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, yo‘lovchi va yuk tashish hajmi tobora oshmoqda. O‘tgan davr mobaynida minglab kilometr yangi temir yo‘l liniyalari barpo etildi. Toshkent — Samarqand, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Qarshi yo‘nalishlarida «Registon», «Sharq» va «Nasaf» tezyurar poezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Toshkent markaziy temir yo‘l vokzali va boshqa shaharlarimizdagi vokzallar qayta rekonstruksiya qilindi, ta’mirlandi, yangilari barpo etildi. Xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi poezdlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati zamon talablari darajasiga ko‘tarildi. Eng ulug', eng aziz bayram — Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi arafasida Toshkent — Samarqand — Toshkent yo'nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda yuruvchi elektropoezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi bu sohada amalga oshirilgan ulkan ishlarimizning yana bir yaqqol namoyoni bo‘ldi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ushbu voqea yurtimizda temir yo‘l tizimini rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish yo‘lida yangi bosqich — yangi davr boshlanganidan dalolatdir. Toshkent temir yo‘l vokzali bayramona bezatilgan. Bu yerga «Afrosiyob» elektropoezdining ilk qatnoviga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etish uchun ko‘plab mehmonlar yig‘ilgan. Temiryo‘lchilar va jamoatchilik, mahallalar faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, diplomatik korpus vakillari «Afrosiyob» elektropoezdida Samarqand sari yo‘l oladi.Ular Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoezdlar qatnovini tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishadi. Vatanimiz Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan. Yo‘llar xalqimiz hayotida beqiyos aha­miyatga ega. Zotan, yo‘l borgan joyda taraqqiyot bo‘ladi, xalqning farovonligi, ma’naviyati va madaniyati yuksaladi. Aynan shu bois manzillardan-manzillarga zamonaviy, qulay va xavf­siz yo‘llar ochish xalqimizning asriy orzusi bo‘lib kelgan. Vatanimiz mustaqilligining qo‘l­ga kiritilishi murodlarimiz ho­sil bo‘lishi sari keng yo‘l och­di. Toshkentdan chiqqan poezd ikki soatda Samarqandga yetib keladi, deyilsa, ko‘pchilik o‘n yil ilgari ham bu gapni afsonaga yo‘yar edi. Bunyodkor xalqimiz ana shu afsonani haqiqatga aylantirdi. Mustaqillik davri kishilarining o‘tkir zehni, sobit qadami, qat’iy xohish-irodasi va azmu shijoati evaziga xalqimizning yana bir orzusi ushaldi.Bu poezdda inson, uning qu­lay sharoitda manziliga omon-eson yetib olishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan, — deydi «Nuroniy» jamg‘arma­sining Samarqand shahar bo‘­linmasi ­raisi Tursun Safarov. — Bu Yurt­boshimiz yuritayotgan oqilona va insonparvar siyosatning, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka samarasidir. Bundaypoezdlar yetti uxlab tushimizga kirmagan. Tiqilinchdan odamning nafasi qaytadigan, yozda dim, issiq, qishda «tish taqqillaydigan» poezd­larda yurishga majbur bo‘lganimiz, bekatu vokzallarda kunlab, haftalab qolib ketganlarimiz hamonesimda. Bugun esa qulay va sal­qin poezdlarda Toshkentdan Samarqandga atigi ikki soatda yetib borish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Ilgari shu manzilda 8 soat yurar edik. To‘rt baravar qisqargan. Bu gaplarni aytish oson. Mamlakatimizda transport-kommunikatsiya tizimining eng ilg‘or xalqaro talablar asosida muttasil rivojlanayotgani odamlarimizning ma’naviyati yuksalishiga, ularning kayfiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sobiq tuzum davrida insonning qadri toptalgan edi, bugun esa nima ish qilinmasin, e’tibor markazida inson manfaati turibdi. Buni ushbu yangi poezdimiz misolida ham yaqqol ko‘rib turibmiz. Xalqimizning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish yo‘lidagi g‘amxo‘rliklari uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz. Yuqori tezlikda harakatla­nuvchi yo‘lovchi elektropoezdlari qatnovini tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlar Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil Ispaniya Qirolligiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuv asosida boshlab yuborildi. «O‘zbekiston temir yo‘l­lari» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Ispaniyaning «PATENTES TALGO S.L.» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanib, Ispaniyadan yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoezdlarini sotib olishga kelishib olindi. Loyiha Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 5-yanvarda qabul qilingan «Yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita Talgo-250 (Ispaniya) yo‘lovchi elektropoezdlarini sotib olish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. «Afrosiyob» elektropoezdi «PATENTES TALGO S.L.» kompaniyasining noyob texnologiyasi asosida loyihalashtirilgan. «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi mutaxassislari ispaniyalik hamkasblari bilan hamkorlikda elektropoezdlarni mamla­katimiz temir yo‘l izlariga moslashtirish bo‘yicha ish olib bor­di, unga zamonaviy harakat xavf­sizligi, radioaloqa tizimi o‘r­natildi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash