10-sentyabr Rimda Oq tun festevali kuni
10-sentyabr Rimda Oq tun festevali kuni
Har yili 10-sentyabr kuni Rimda "Oq tun” festevali katta bayram qilib nishonlanadi. Bu tun Rimdagi barcha muzey va tasviriy san’at galeriyalari tuni bilan ishlaydi. Rimda yashovchi aholi bu kunda mehmonlarni kutib oladilar va ularni o’zlarining qadimiy yodgorliklari bilan xushnud etadilar. Ushbu kunda shahar transportlari ham aholiga tunu-kun bepul xizmat ko’rsatadi. Har yili bu festevalga uch milliondan ortiq odamlar qatnashadilar.
10-sentyabr Xitoyda o’qituvchilar kuni
Xitoyda o’qituvchilar kuni 1989-yidan beri har yili 10-sentyabrda nishonlanadi. Bayram esa rasman 1985-yil 21-yanvarda ta’sis etilgan. Bu kun Xitoyda ta’lim sohasi vakillari sharaflanadi.
Bayramni nishonlashdan maqsad madaniy inqilob yillarida yo’qotilgan aqliy mehnat nufuzini ko’tarishdir. Bugungi kunda Xitoyda zamonaviy ta’lim tizimi Yevropa nusxasiga asosan qurilgan majburiy ta’lim olti yoshdan boshlab, 9 yil davom etadi. Shundan 6 yili boshlang’ich maktabda ta’lim bo’lib, o’rta ta’limni 1-bosqichi 3 yil davom etadi. Oliy ta’lim muassasasiga kirishni xohlaganlar oily "Oliy maktabda” yana 3 yil o’qishlari kerak bo’ladi. Xitoy o’rta ta’lim tizimida xalqaro maktablarning o’rni alohida. Ularda o’quvchi xorijiy talabalarning foizi yuqori, ta’lim esa bir necha tilda olib boriladi. Xitoyda o’qituvchilar kunida o’quvchilar hurmat tariqasida o’z ustozlariga otkr’tka, gullar va sovg’alar beradilar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.