loading...

11-sentyabr Yovvoyi tabiatni xalqaro himoya qilish kuni 

5321

11-sentyabr  dunyo bo’yicha yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg’arma kuni etib tayinlangan (WWF). Ushbu yirik jamg’arma tabiatni asrashni tashkil etish, dunyoning barcha hududlarida tabiatni asrashda yuzaga kelgan muammolar bilan jiddiy shug’ullanish maqsadida 28 ta milliy tashkilotlarning uyushma a'zolarini va yana shu qatorda 5 milliondan oshiq oddiy aholini birlashtirdi. Ushbu tashkilot 1961-yilda tashkil etilgan bo’lib, jamg’arma tashkiloti tashkil etilganida Shvetsariyaning kichik shaharchasida tantanali ravishda yovoyyi tabiatni asrashni maqsad qilgani haqida bildirdi. 1962-yilda jamg’arma tashkilot o’zining birinchi tashabbusini ko’rsatdi va tashkilot vakillari barcha mamlakatlar bilan dunyo bo’yicha yovvoyi tabiatni asrash uchun bitim imzoladilar. 1971-yil Gollandiya shahzodasi Bernard prezident jamg’armasiga shaxsan o’zi murojaat etgan holda "Yovvoyi tabiatni asrash jamg’armasi” (WWF) fondiga 10 ming dollar taqdim etdi. Ushbu hadiya jamg’armaning asosiy moliyaviy muammolarda as qotdi. O’zi esa jamg’armaga yana yangi mingta qatnashchilarni a'zo qildi o’zi esa 1001 birinchi a'zo sifatida jamg’armaga qabul qilindi.

11-sentyabr Argentinada o’qituvchilar kuni
Muallim deganda, ma'naviyat va axloq sarchashmalarini o’zida mujassam etgan kasb egasini tushunish mumkin.    Argentinada har yili 11-sentyabrda O’qituvchilar kuni keng nishonlanadi va bu bayram millatning eng muhim tantanalaridan biri hisoblanadi.   O’qituvchilar kuni butun mamlakat miqyosidagi milliy bayram hisoblanadi va shu kuni o’quv muassasalarida dam olish kunidir. Bu sana nafaqat o’qituvchilarga minnatdorchilik bildirish bilan muhim, balki shu kuni argentinaliklar mamlakatning sobiq prezidenti  xalq ma'rifatparvari Domingo Faustino Sarmyentoni (1811-1888) vafot etgan kunida xotirlaydilar.
 Ustoz - prezident deb nom olgan Sarmyentoning faoliyati davrida (1868-1874) tashabbuskor sifatida ta'lim sohasidagi ko’plab islohotlar o’tkazdi, bu bilan u mamlakat maorifi tarixiga misli ko’rilmagan tarzda ulkan hissa qo’shdi. U Dengiz va Harbiy ta'lim muassasalariga asos soldi. San Juane,  Mendoza, Salta va Tukumanda O’rmon xo’jaligi maktablarini ochdi. Prezident Sarmyento, shuningdek mamlakatning ko’plab viloyatlarida boshlang’ich maktablarini ta'sis etdi. U mamlakatni idora qilgan davrlarida o’qituvchilar uchun trening dasturlari faoliyat yurita boshladi. Ustoz- prezident o’qituvchilar uchun trening maktablari yaratishni qo’llab chiqdi.
 Argentinada O’qituvchilar kuni-eng sevimli kasb bayramlaridan biri hisoblanadi. Shu kuni barcha o’qituvchilar o’z tarbiyalanuvchilaridan tabriklar oladilar. O’quvchilar ularga gul va boshqa sovg’alar tuhfa qiladilar. O’qutuvchi nafaqat ilm-fan o’rgatuvchisi, balki u ezgulik tarqatuvchisi va abadiyot jarchisidir. U yosh avlod tarbiyasida betakror shaxs vazifasini bajaradi. Ularning ilm va tajribasi, an'analarni meros qilib qoldirishi va novatorligi har bir maktabning faoliyati asosida mavjud.

11 sentyabr – Enkutatash - Efiopiya xalqining yangi yil bayrami.
  Efiopiyada yangi yil 11 sentyabrda nishonlanadi. Hozirgi kunda Efiopiya 7 yil  va    8 oyga biznikidan orqada qoladi. Enkutatash so’zining ma’nosi – qimmatbaho buyumlar ulashish deganidir. Rivoyatga ko’ra, Yangi yil bayrami Qirolicha Sovskaya tomonidan tasdiqlangan. Ierusalim qirol Solomondan qirolicha  qaytishini eshitib xursand bo’lgan, qo’l ostidagilari qirolichani qimmatbaho buyumlar bilan qarshi olishgan. Qirolicha qaytishi Efiopiyada yangi davr boshlanishiga sabab bo’lgan. Gondar shtatidagi Gaynt shahrida bayram munosabati bilan 14 asrda qurilgan Kostele Yoxannes cherkovida rohiblar gimnlar, diniy qo’shiqlar kuylashadi va  katta tadbirlar o’tkazishadi.  Enkutatash Addis - Abebadan yiroqda bo’lmagan Entoto cherkovida keng nishonlanadi. Odatda bayram 10-sentyabr kechqurundan nishonlash boshlanadi. Efiopiyaliklar evkoment va archa shoxlarini gulxan qilib yoqishadi. Eng katta gulxan Addis – Abeba bosh maydonidan boshlanadi. Hamma olovga ishonch va umid bilan qarab quvonishadi. Gulxan asosi qilib katta daraxt yoqiladi. Maydonga yig’ilgan aholi yonayotgan daraxtning qaysi tarafga tushishini kuzatadilar. Daraxt qaysi tarafga yiqilsa o’sha tarafda hosil mo’l –ko’l bo’ladi deb odamlar ishonishadi. Ertalab odamlar milliy kiyimlarini kiyib cherkovga borishadi.Cherkovdan so’ng ular o’z uylariga bayram dasturxoniga shoshilishadi. Lekin Enkutatash nafaqat diniy bayram balki yomg’irli faslning oxiri va bahor kelishidan darak beruvchidir. Bu kunda bolalar rangli liboslar kiyib, gulchambar yasab hammaga ulashadilar. Qizlar xonadonlarga borib qo’shiqlar aytib sovg’alar olishadi, o’g’il bolalar esa o’zlari chizgan suratlar kartinasini sotishadi. Hamma kechqurun yoru birodarlarini yuqlab boradilar. Kattalar dasturxon atrofida  kelasi yil bo’ladigan ishlarni muhokama qiladilar. 

11-sentyabr Moskvada qorbobolar maktabi ochilgan kun 
Ma’lumotlarga qaraganda,  Moskvada 11-sentyabrda Qorbobolar maktabi ochilgan. Poytaxtning bolalar va o’smirlar saroyida professional artistlar tayyorlaydigan kurslar ochilgan, u yerda aynan bolalar bayramlarida va archalarida Qorbobo bo’lib ishlashga tayyorlaydilar. Tinglovchilarga Rossiyalik Qorbobolar tarixi, ona tili darslari, sahna grimi, ssenariy bo’yicha ishlash ishi, aktyorlik va pedagogik mahoratdan darslar o’tkaziladi. Ta'lim olishning uch haftalik vaqti mobaynida bo’lajak Qorbobolar bolalar va kattalarni bayram bilan to’g’ri tabriklashni, tadbirlani hech kim zerikib qolmaydigan tarzda o’tkazishni o’rganishadi. Ularning o’qituvchilar sifatida yangi yil bayramlari tashkilotchilari, rejissyorlar, ssenaristlar, kompozitorlar, grimm ustalari dars o’tadilar. Maktab tugashi arafasida esa ular oliy hakam, ya'ni  bolalarga tomoshalar ko’rsatib imtixondan o’tadilar. Har bir bitiruvchiga Rossiya Qorbobosi muxri va Moskva bolalar bayramlari tashkilotchisi malakasini oshirish instituti guvohnomasi bosilgan rangli ismi yozilgan diplom  beriladi. Ammo bu g’oya birinchilardan emas. Santa-Klauslarni o’qitish maktabi birinchi bor 1937-yilda Albion shaharchasida (AQShning Nyu-York shtati)da paydo bo’lgan. Keyinchalik bu maktab "Garvard” ga aylantirilgan. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash