17-oktabr Xalqaro kambag’allikni bartaraf qilish kuni
Kambag’alchilikka qarshi kurashish xalqaro kuni tarixi 1987-yil 17-oktabr kuni bilan bevosita bog’liq. Inson huquqlari bo’yicha qabul qilingan 1948-yildagi umum deklaratsiyaga binoan zo’ravonlik, ocharchilik, kambag’alchilikdan halok bo’lgan insonlarni xotirlab, ushbu kuni 100 mingdan ortiq kishi Parijning Trokadero maydonida yig’ilgan edi. Yig’ilganlar kambag’allik bu - inson huquqlarini poymol qilinishining yana bir ko’rinishiligini namoyon qilishgan. Ushbu so’zlar hattoki xotira toshiga ham bitilgan. Shu vaqtdan boshlab, 17-oktyabr kuni kam ta'minlanganlikka qarshi kurashuvchi odamlar yig’iladigan bo’lishgan. Bunday toshlar ko’pgina davlatlarda mavjud. Assambleya o’zining rezolyutsiyasida davlat va nodavlat tashkilotlarni bunday masalalarda ko’mak berishiga chaqirgan. 17-oktyabr beva bechoralarga Birlashgan millatlar tashkiloti bilan birgalikda xolis yordam berishda juda katta imkon yaratilishi davlatlarning o’z millatlari aholisiga ko’proq e'tibor berishga chorlaydi. Qolaversa, 17-oktyabr beva bechoralarning o’zlari ham kambag’alchilikdan chora topib chiqib ketishlariga imkon yaratadi.
17-oktabr Xalqaro kredit uyushmalari kuni
Har yili oktyabrning uchinchi payshanbasida is'temol kooperativlarida ishlovchi odamlar uchun kasb bayrami hisoblanadi. Bu kun 1948-yildan boshlab turli tadbirlar, ochiq eshiklar kuni, konkurs va yarmarkalar, xayriya aksiyalari hamda turli tele va radio ko'rsatuvlar o'tkazilishina sabab bo'lib kelmoqda.
Kredit uyushmalari – bu fuqarolarga o'zaro moliyaviy yordam beruvchi maxsus tashkilotlardir.Bugunga qadar kredit uyushmalari eng foydali notijorat usullardan biri hisoblanadi. Kooperativlar tashkil etish g'oyasiga XIX asrda asos solingan. Ilk bor xalqaro kreditlar uyushmalari kunini ta'sis etish g'oyasi 1927-yilda 17-yanvarda Massachusets shtatidagi kredit uyushmalari ligasi tomonidan e'lon qilindi. Bu bayram Amerika prezidenti va davlat arbobi Bendjamin Franklinni xotirlash kuniga to'g'irlab belgilangan edi. 30-yillarda kredit uyushmalari soni tobora ko'payishiga qaramasdan , byram ommalashmadi. Faqatgina 1948-yilda AQSh kredit uyushmalari milliy assosiasiya qarori bayram qayta tiklandi. Bugungi kunda dunyoning 101 davlatida 56000 kredit uyushmalari 200 milliondan ortiq odamlarga xizmat ko'rsatmoqda.
17-oktabr AQShning Detroyd shahrida birinchi "Cadillac" avtomobili ishlab chiqarilgan kun
Cadillac avtomobilini iste'dodli ixtirochi Genri Martin Liland kashf qilgan. Genri va uning o'g'li Uilfred Genri Ford va boshqa mashhur avtomobil kashfiyotchilari bilan hamkorlik qilishgan. Ford Liland bilan hamkorlikda 1902-yilning avgustida Luiziana gubernatori va Detroyd asoschisi markiz Antuan de Kadiyyak sharafiga "Cadillac Motor Car Company” deb nomlangan kompaniya tuzdi. Shu yilni 17-oktyabrida esa Cadillac avtomobilining birinchi "A” modeli tayyor bo'ldi. Shu yilning oxirigacha yana ikkita mashina yig'ildi va bu avtomobillar 1903-yilning yanvar oyida o'tkazilgan Nyu-York avto-shousida namoyish etildi. Muvaffaqiyat hayratlanarli darajada edi—ko'rgazmalarning yopilgunicha kompaniya 2286 avtomobilga buyurtma oldi. Bu mashinaning tezligi soatiga 48 km bo'lib, narxi 750 dollarni tashkil etar edi. Avtomobil buyurtmasiga yana ustama narx to'lab qo'shimcha ikki kishilik joy va yumshoq yig'iluvchan soyabonli modelga ega bo'lish mumkin edi. 1930-yillarga borib Cadillac avtomobili mukammal texnika vositasiga aylandi. 1933-yillarda mashinaning oldingi g'ildiraklari mustaqil bezakli eksperimental modellari paydo bo'ldi. 1941-yilda Cadillac jahonda birinchi bo'lib avtomatik gidravlik transmissiyali, sun'iy iqlim sistemasiga ega va yonilg'i baki orqa tomonga bekitilgan hashamdor modelini namoyish qildi, so'ng Cadillac yangi kuch bilan ishlay boshladi va eng yaxshi avtomobil sifatida tan olindi. 1948-yildagi modellarning orqa qanotlarida aerodinamik "suzgich”lar paydo bo'ldi. Bu dizaynerlik mahobat ko'pchilikning zavqini qozondi. 1953-yilda «Eldorado»paydo bo'ldi, bu urushdan keyingi avtomobilning to'la o'zgartirilgan shakli edi. U birinchi marta keng oldingi oynaga va o'ziga xos faralar bilan bezatilgan edi. 1964-yilda kompaniya uch millioninchi avtomobilni ishlab chiqaradi. Biroq kompaniya erishilgan muvaffaqiyatlar bilan to'xtab qolmaydi. Uch yil ichida "aylanadigan fara”li, ikki konturli tormoz va avtomatik iqlim nazorati sistemalariga ega, oldingi o'rindiqlar isitiladigan va Track Master cistemasi mavjud modellar paydo bo'ladi. 1978-yildan konveyrlardan Cadillacning dizel bilan yuradigan turlari ishlab chiqiladi. Cadillacning deyarli hammasida o'ziga xos rul va tormoz, konditsioner, elektr oyna ko'targich, mexanizmga ega o'rindiq va yukxonani ochadigan moslamalari mavjud edi. Xullas yuqori komfortli avtomobillar sirasiga kirib, ko'pchilikning ixlosini qozondi. AQShning juda ko'p prezidentlari Cadillacni "hukumat ulovi” sifatida tan oldi. Albatta hukumat vakillari uchun Cadillacning maxsus bronlashtirilgan modellari ishlab chiqilardi. Bunday maxsus mashinalarda prezidentlar Jim Karter, Ronal’d Reygan, Bill Klintonlar rasmiy tashriflarini amalga oshirishgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.