Bosh sahifa / PISA / PISA topshiriqlari. Fudziyama tog‘iga chiqish
loading...
PISA topshiriqlari. Fudziyama tog‘iga chiqish
Fudziyama tog‘i Yaponiyadagi mashhur uyqudagi vulqon deb hisoblanadi. 1-savol: Har yili faqatgina 1 iyuldan 27 avgustga qadar keng xalq ommasi uchun Fudziyama tog‘iga chiqishga ruxsat beriladi. Ayni shu vaqt mobaynida taxminan 200 000 odam Fudziyama tog‘iga ko‘tariladi. O‘rtacha har kuni nechta odam Fudziyama tog‘iga ko‘tariladi? A) 340 ta odam B) 710 ta odam C) 3400 ta odam D) 7100 ta odam E) 7400 ta odam2-savol: Fudziyama tog‘iga olib chiqadigan Gotemba soqmog‘ining umumiy uzunligi taxminan 9 kilometrga teng. Sayohatchilar 18 km yurganlaridan so‘ng soat 20:00 da yana qaytib kelishlari kerak bo‘ladi.
Toshpo‘lat o‘rtacha bir soatda 1,5 km yo‘l bosib, toqqa ko‘tarilishini va tog‘dan u bundan ikki marta katta tezlik bilan tushishini taxmin qildi. Shuningdek, ovqatlanish va dam olish uchun vaqti qolishini mo‘ljalladi. Toshpo‘latning toqqa chiqish va tushish tezliklaridan foydalanib, soat 20:00 da qaytishi uchun u sayohatini uzog‘i bilan qachon boshlashi kerakligini aniqlang?3-savol: Toshpo‘lat Gotemba soqmog‘i boy‘lab ko‘tarilishidan oldin o‘zi bilan qadam hisoblagich oldi. U yuqoriga chiqquncha qadam hisoblagich 22500 qadam bosganini ko‘rsatdi.
Toshpo‘lat 9 kilometrlik Gotemba soqmog‘i boy’lab ko‘tarilishida uning o‘rtacha qadam uzunligini aniqlang. Javobingizni santimetrlarda ifodalang? Javob: .................................................. sm
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 6-uy
VEB-SAYT YANGILIKLARIGA OBUNA BO`LISH SHAKLI
Eslatma: Agarda Sizni veb-saytdagi ma'lumotlar qiziqtirayotgan bo'lsa, quyidagi shakl orqali veb-sayt ma'lumotlar bazasidagi so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lib turishingiz mumkin. Buning uchun Siz amaldagi mavjud elektron manzilingizni quyidagi qatorga kiriting va elektron manzilingizga jo'natilgan xat orqali obunani tasdiqlang.