loading...

Bunyodkorlik va obodonchilik 

3351

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti aytganidek, haqiqatan ham, Mustaqillik maydoni o'z vaqtida harbiy paradlar o'tkazish, sho'ro siyosati tantanasini ko'z-ko'z etish uchun shunga moslab qurilgan edi, - deydi Toshkent shahar hokimi Rustam Shoabdurahmonov. - U sement-beton va toshlar bilan mustahkamlangan. Chunki bu maydondan eng zalvorli tanklar va qudratli raketalar ortilgan og'ir mashinalar o'tgan.

Bayram bahonasida, "Kerak bo'lsa, butun dunyoni majaqlab tashlaymiz!" - degan pisanda bilan sho'ro harbiy qurol-aslahalari namoyish etilgan.

Bu as'asayu dabdaba eng avvalo xalqimizning irodasini sindirish va uni doimo qo'rquv ichra tutib turish uchun qilinar edi, albatta.

Hozir Yurtboshimiz tavsiyasiga binoan maydonning yuza qatlam olib tashlanib, o'rniga unumdor tuproq yotqizilmoqda va zamonaviy sug'orish tizimi o'matilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Bosh maydonimiz har tomonlama havas qilsa arziydigan darajada bo'lishi, anvoyi daraxtlar marigu yashillik timsoli kabi doimo barq urib turishi lozimligini ta'kidlar ekan, u qanday manzaraviy me'moriy ko'rinish kasb etishi zarurligini ham aniq ifodalab bergan.

Shundan kelib chiqib, Bosh maydonda va Anhorsohilida tekislash, maysazor maydonchalar yaraiish va shinam yo'laklar qurish borasida keng ko'lamli obodonchilik ishlari amalga oshirildi, ayni shu kunlarda Tiyanshan archasi, qarag'ay kabi doimiy yashil daraxtlar ekilmoqda, ko'kalamzorlashtirish davom etmoqda.

Maydonning manzaraviy bezatilishi - daraxtlar, favvoralar, obidalar va inshootlar, barcha-barchasi umumiy go'zallik hamda g'oyaviy yaxlitlikka mutanosib bo'lib, bir-birini to'ldirib turadi.

Odamlar bu maydonni sayr etganida, uning har tomonlama beqiyos va bekami-ko'st ekanidan g'urur va iftixor qilsin, deb uqtirdi davlatimiz rahbari. kishi ilgari surgan g'oyaga binoan Mustaqillik obidasi postamenti qayta sayqal topib,o'ziga xos vao'ziga mos ko'rinish kasb etadi. Monumentning atrofi tamomila o'zgaradi. Hozir oltita qavat-qavatli aylana fawora barpo etilmoqda. Maydon markazida ham shu favvoralarga o'xshab ketadigan archalar ekiladi.

Mustaqillik monumenti oldida eng ulug', eng aziz, bayramimiz tantana qilingan majmua o'rnida maydonning ramziy danvozasi barpo etildi.

Ko'rkam ustunlardan tashkil topgan, yoy shaklidagi bu hashamatli inshoot ustida ko'kka parvoz qilayotgan tumalarnamoyon etiladi. Ular O'zbekistonimiz yaqqol ko'zga tashlanib turgan Ona sayyora uzra parvoz etayotgandek bo'lib ko'rinadi.

Darvozaning ikki qanotida esabiroyoqda tin olib turgan laylaklar ifoda etiladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov turna ham, laylak ham xalqimizning hayotiga juda singib ketgan qush ekanini aytib, ota-bobolarimiz laylakni yangi hayot elchisi sifatida doimo e'zozlab kelgan, - dedi. -Tuma esa olihimmatlik va donishmandiik ramzidir. Sharq xalqlari laylakni yasharish va mangulik timsoli, tumani esa buyuklik ifodasi deb biladilar. Bu qushlar Vatanga sadoqat, baxtu saodat ramzi, desak, o'ylaymanki, bu ham to'g'ri bo'ladi.

Qushlarning qanotida quyosh nurlario'ynabturadi. Tumalar o’z qanotlarida go'zal diyorimizni ko'tarib uchayotgandek taassurot uyg'otadi. Bir so'z bilan aytganda, yangi hayotimiz, ozodligimiz abadiyligi, O'zbekistonimizning buyuk kelajakka safarbarligi va xalqimizning Vatanga sadoqati, ezgu orzu intilishlari unda namoyon bo'ladi.

"Bu maydon aziz va mo'tabar bo'lib, asrlar davomida xalqimizga xizmat qilsin, elimizning, yuriimizning eng muborak ayyomlari doimo shu maydonda o'tsin", deb uqtirgan davlatimiz rahbari.

Biz bugun mana shu xalqchi! g'oyani ro'yobga chiqarish uchun astoydil mehnai qilayapmiz. Nasib etsa,Bosh maydondagi inshootlar, obidalar va yashil hududlar uzviylik va bir butunlik,milliy va zamonaviy ko'rku joziba kasb etadi va u yaxlit, mukammal ansamblga aylanadi. Markazdagi beshta ko'prik ham bir xi! uslubda ia'mirlanadi va ular fundamental ko'rinish kasb etadi.

Shu kunlarda o'ttiz gektardan oshiq hudud ko'kalamzorlashtirilmoqda. Anhor sohili Mustaqillik maydonidan toki Beshyog'ochgacha obod etib boriladi va kanalning quyi qismida amalga oshirilgan obodonlashtirish, manzaraviy me'moriy bezash ishlariga uyg'unlashib ketadi.

Hademay nabiralarini yetaklagan otaxonu onaxonlar, poytaxtimiz mehmonlari, yigit va qizlar oilasi, farzandlari bilan yashillik barq urib turgan maydonda sayr etadilar, xushmanzara Anhor sohillarida yayrab istirohat qiladilar.

Bundan buyon Mustaqillik bayrami Milliy bog'imizda o'tkaziladi.Bayram tantanalari umumxalq sayliga aylanib ketadi.

Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, Mustaqillik maydoni, muhtasham Senat binosi uzoq-yaqin shahar-qishloqlardanpoytaxtga mehmon bo'lib kelgan vaiandoshlarimiz uchun eng mo'tabar ziyoratgohga aylanadi. Bosh maydonga qadam qo'ygan har bir inson ozodlik ruhini, erkinlik va hurlik nafasini, Vatani va millatiga xos buyuklikni yanada teran his etadi, u xalqimizning g'urur-iftixori yuksalishiga xizmat qiladi.

"O'zingiz o'ylab ko'ring, bu yorug` dunyoda insondan nima qoladi? - dediIslom Abdug'anievich fikriga yakun yasab. - Bizdan yodgorlik bo'lib yurtimizni obod etish, xalqimizning qaddini ko’tarish maqsadida qilgan ezgu ishlarimiz, istiqlolimiz ramzi bo'lib, asrlar osha yashaydigan mana shunday mumioz obidalar qoladi. Inson doimo kelajakni, boshlagan ishlarimizning davomchisi bo'lgan kelgusi avlodlarni o'ylab yashashi lozim. Agar biz bugun ulug' va savobli ishlar qilsak, farzandlarimizga har jihatdan namuna bo'lsak, ular ham mana shunday bunyodkorlik vataraqqiyot yo'lidan borib, xalqi, Vatani istiqboli yo'lida yanada buyuk va yanada muazzam ishlami amalga oshiradi, O'zbekistonimiz, xalqimiz dovrug'ini dunyoga doston etadi. Sunday xalqning doimo yuzi yorug`, martabasi ulug', mustaqilligi abadiy bo'ladi! Bunday xalqni hech qanday kuch hech vaqt yenga olmaydi.

Sharqning o'z hayot tarzi, o'z tamoyillari bor: ulug'lar yo'l boshlaydi, yoshlar esa ularga ergashadi. Istiqlol davrida Yurtboshimiz rahbarligida butun mamlakaiirriiz bunyodkorlik maydoniga aylangani, zamonaviy qo'shma korxonalar, muhtasham san'at saroylari, kollej va litseylar, muazzam ko'priklar, havas qilsa arzigulik keng va ravon yo'liar barpo etilgani ayni haqiqatdir.

Bugun Mustaqillik maydonida bo'lgan har qanday odam inson zotining mehr-muhabbati, aql-zakovati va uning tolmas qo'llari mo'jizalar yaratishga qodir ekaniga yana bir borcjuvoh bo'ladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash