loading...

Qoraqalpog`istonga borish uchun 10 ta sabab 

3279

 
1. Nukus
Nukus  4 ta sahro: Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt va Oqqum - oralig`ida joylashgan o’ziga xos joylardan biri. Afsonalarga ko’ra, Nukus "Nukes” (to’rtta o’g`il) so’zidan kelib chiqqan. Bir kuni Xorazm shohi 9 ta saroy qizidan jahli chiqib,  ularni saroydan badarg`a qilib, erkaklarga ular bilan gaplashishni man qilibdi. Lekin bir savdogar ular bilan  pinhona gaplashib qolibdi. Tez orada qizlar farzandli bo’lishibdi. 9 ta o’g`il tug`ilibdi. Borib-borib bu o’g`illar qoraqalpoq xalqining  asoschilariga aylangan ekan.
 
2. Mizdaxkan
Qadim Mizdaxkan arxeologik-arxitektura kompleksi 200 ga dan oshiq maydonda, Xo’jayli -Kuhna - Urganch (Turkmenistan) avtomobil yo’li bo’yida joylashgan. Kompleksning asosiy qismlari Xo’jayli shahrining janubiy-g`arbida uchta tepalikda joylashgan. Kompleksga Gaur-Qal’a, Shamun-nabi, Mazlumxan Sulu, Xalifa Rajab maqbaralari kiradi. Arxeologik qazish ishlari davomida siyrak uchrashadigan osuar "qabristonlari ”, tangalar, har xil turmush buyumlari, shisha, tilladan yuqori saviyada ishlangan buyumlar topildi. Olimlarning fikricha, bu joy ikki ming yillik tarixga ega. Afsonaga ko’ra, Odam ato qabri Mizdaxkan hududida joylashgan. Uning ustida "Apokalipsis soati” nomli maqbara joylashgan. Ҳar yili bino devoridan g`isht ko’chib tushadi. Odamlar esa ularni joyiga taxlab qo’yishadi. Aytishlaricha, so’nggi  g`isht tushganda, oxir zamon bo’lar ekan.
 

 
3. To’g`rama
Durama qoraqalpoqlarning o’ziga xos taomlaridan biri sanaladi. Bu taom qiymalangan go’sht va xamir bo’lakchalaridan iborat. Qaynatilgan go’shtni odatda erkaklar qiymalashadi, xamirni esa qolganlar  qiladi. Shundan so’ng ikkalasi aralashtiriladi. 3-4 kishilik qilib laganga solib, ustidan sho’rvasini quyib dasturxonga tortiladi.  Tuzliq ziravori bilan tortiladi. 
 
4. Orol dengizi
Qachonlardir  Orol dengizi kattaligi bo’yicha dunyoda 4 o’rinda turar edi. 1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo’lib, 53,4 metrni, suvning hajmi 1064 kub kilometrni va minerallashuv darajasi 1 litr suvda 10-11 grammni tashkil etgan edi. Dengiz transport, baliq xo’jaligi, iqlim sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lgan. Unga Sirdaryo va Amudaryodan har yili deyarli 56 kub kilometr suv kelib quyilar edi. Oxirgi 30 yil ichida dengiz sathi 20 metrga pasaydi va suv hajmi 1062 ming km kub dan 268 ming km kub ga tushib qoldi. 1960 yildan to 1996 yilga qadar Orol dengizi 748 km kub suv yo’qotdi.

  

5. Milliy muzeyi

Mazkur muzey Markaziy Osiyo mintaqadasigi eng nodir san’at asarlarni o’zida jamlagan eng mashhur muzeylardan biri sanaladi. 2001-yilda Buyuk Britaniyaning mashhur "Gardian” gazetasi uni dunyoning eng go’zal muzeylaridan biri sifatida e’tirof etgandi. Bugungi kunda muzey xazinasi 90 mingdan ortiq nodir eksponatlarni o’z ichiga oladi. Bu yerda eramizdan avvalgi uchinchi asrdan to hozirgi vaqtgacha bo’lgan davr ichida yaratilgan asarlarni uchratish mumkin.
 
Muzey eksponatlari asosan Qadimgi Xorazm davri, moddiy va madaniy o’ziga xos tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga ega bo’lgan  qoroqalpoqlarning xalq amaliy san’ati namunalari, shuningdek, o’zbek, rus, qoraqalpoq rassomlarining sara tasviriy san’at asarlarini o’z ichiga oladi. 2003-yilda esa Yurtbshimizning tashabbusi bilan Nukus shahri markazida muzeyning yangi, zamoniviy binosi qad rostladi.
 

 


6. Ustyurt yassi tog`i

Olimlarning fikriga ko’ra, Ustyurt yassi tog`i  kaynazoy erasining boshida (21 mln yil avval) qurib tamom bo’lgan dengiz tubidir.  Ustyurt tog`ini Osiyo va Yevropani ajratib turuvchi chegara deb atashadi. Mutaxasislarning aytishlaricha, bu yerda hozir ko’rgan narsangiz ertaga  g`oyib bo’lishi mumkin. Bu yerda geologik jarayonlar doimiy ravishda sodir bo’lib turadi.  

 

7. Mo’ynoq shahri

Mo’ynoq  avvallari Orol dengizining asosiy baliqchilik portlaridan biri sanalgan. Ҳozirda dengizdan 40 km narida yotibdi. Orol dengizi qurishi bilan  bu joy kemalar qabristoniga aylangan. 
 
8. Jonliq - qal’a
Jonliq-qal’a shahri Amudaryo sohilidagi eng hushmanzara joylardan biri hisoblanadi. Qadimda bu joy Sharq va G`arb mamlakatlari bilan savdo sotiq qiluvchi portlardan biri sanalgan. Qal’aning arxeologik topilmalari orasida juda qo’p turli mamlakatlardan keltirilgan noyob artifaktlar topilgan. Ular Hindiston, Xitoy , Misr va Yevropadan  keltirilganligi aniqlangan.


9. Jirchi
Jir, yir—bir qancha turkiy xalqlarda qo’shiq, she’r ma’nosini anglatuvchi tushuncha. Tatarlarda umuman xalq qo’shiqlari, qozoq va qoraqalpoqlarda syujet asosiga qurilgan xalq she’riyati, ko’proq dostonlar jir deb ataladi. Qoraqalpoq milliy asbobi qo’biz jo’rligida termalar ijro etuvchilar jirchilar deyilgan. 
 
10. Qoyqirilgan - qal’a
Miloddan avvalgi IV asr – milodiy IV asr. Qoyqirilgan -qal’a diametri 80 m doira formasida qurilgan. O’rtada diametri 44,4 m chamasidagi 2 qavatli inshot bo’lgan. Arxeologik qazish ishlari o’rtadagi inshotning astronomik tadqiqotlar olib borish uchun qurilganligini aniqladi. Taxminlarga ko’ra, Fomalgaut yuldizi eng yorug` yulduz hisoblanib, Qoyqirilgan-qal’aning qurilishi ushbu astral timsolga bag`ishlangan. Qoyqirilgan-qal’ada topilgan keramikadan statuya (odam haykalchalari) formasida ishlangan osuariylar O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.
 
uz24.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.