loading...

G`ayritabiiy soyalar 

4208

Quyosh charaqlab nur sochib tursa-yu, buyumlar soya bermasa, bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi? To‘g‘ri keladi. Ekvatorda va uning atrofida Quyosh nurlari yerga tik tushadi.
Quyosh tik tepada turganda jismlarning soyasi yon tomonga tushmaydi, masalan, odamning soyasi uning oyog‘i tagida bo‘ladi.

Markaziy Osiyoda Quyosh hech qachon tik ko‘tarilmaydi, shuning uchun buyumlaming soyasi yon to­monga tushadi. Quyosh tik tepada tur­ganda ufqdan 90° baland ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu holni 23°30' shimoliy (22-iyunda) va janubiy kengliklar (22-dekabr) oralig‘ida kuzatish mumkin.

Markaziy Osiyo joylashgan geo­grafik kengliklarda buyumlar soyasi sutka va yil davomida o‘zgarib turadi: yozda soya qisqaroq, qishda esa uzunroq bo‘ladi. Bu Quyoshning ufqdan ko‘tarilish balandligiga bog‘liq. 

Qutbda kishi soyasining uzunligi sutka davomida o‘zgarmaydi. Ammo tush payti bilan yarim tunda soya qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunga sabab shuki, qutbda Quyoshning ufqdan ko‘tarilish balandligi sutka davomida o‘zgarmaydi. Quyosh ufqda parallel holda harakatlanadi. Qutbda Quyosh ufqdan 23°30' ko‘tarilishi mumkin, xolos. Shuning uchun qutbda odamning soyasi uning bo‘yidan 2,3 baravar uzun bo‘ladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash