loading...

Futshtok - mezon 

3554

Xaritalarda tepalik va tog‘ laming balandligi dengiz sathidan (yuzidan) hisob qilinishini bilasiz. Ammo dunyoda dengizlar ko‘p, ularning sathi havo harorati, bosimi, yer aylanishi, shamollar, qalqish va qaytish sababli bir tekisda emas. Hatto bir kunning o‘zidayoq bir necha marta o‘zgarib turadi. Rossiya hududidagi dengizlar sathi ham har xil: Boltiq dengizi yuzidan Qora dengiz sathi 25, Bering dengiziniki esa 75 santimetr past. Avstraliyaning shimoliy qirg‘og‘i bilan janubiy qirg‘og‘i orasida suv sathi ikki metr tafovut qiladi. Shunga qaramay, biror tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak edi. Nihoyat, Boltiq dengizi va Fin qo‘ltig‘idagi Kronshtadt qal’asining suv yuzasi shunday andaza uchun tanlab olingan.

Dengiz bo‘yiga bitta uzun temir taxtacha o‘matilgan. Taxtachaning 135 santimetr qismi suv ichida, 350 santimetri esa suvdan tashqarida ko'rinib turadi. Unda suvning sutkada, oyda va ko‘p yillar mobaynida ko‘tarilib-pasayib turishi belgilangan va o‘rtacha holati nol deb olingan. Shu suv o‘lchagich reyka Kronshtadt futshtogi deb yuritiladi va barcha balandliklar o‘shanga nisbatan o'lchanadi. Xaritalarda «dengiz sathidan balandligi» yozuvini o‘qiganda bilingki, hisob siz hozirgina o‘qigan Kronshtadt futshtogidan boshlangan. Masalan, Toshkent 470, G`alaba cho'qqisi 7495 metr balandlikda, Kaspiy dengizining qirg‘og‘i esa 28 metr pastlikda.

Chet ellarda boshqa nol ko‘rsatkichlar qabul qilingan. Masalan, Fransiyada 0‘rtayer dengizi bo‘yidagi Marsel futshtogi, Gollandiyada Amsterdam futshtoglari dengiz sat­hidan balandlikni o‘lchash mezoni hisoblanadi.

Okean sathining holati Yeming sun’iy yo‘ldoshlaridan kuzatib o‘lchanganda juda ham notekis ekanligi aniqlandi. Okean sirtida katta-katta (eni bir necha kilometrga yoyilgan) soyliklar va do‘nglar bor ekan. Masalan, Hindiston yarimorolining janubida, ekvator atrofida okean suvining yuzi 112 metr cho‘kkan, Grenlandiya va Yevropa o‘rtasidagi suv 68 metr ko‘tarilib turadi. Bunday holatning sababi — Yer tarkibidagi qattiq jinslarning turlicha joylashgani, yadro naq markazda bo‘lmay, biroz chetroqqa surilgani, og‘irlik kuchi har joyda turlicha bo‘lgani deb faraz qilinmoqda. Ayni vaqtda okean chuqurliklarida suv zichligining turlicha ekanligi ham suv yuzidagi notekislikka sabab bo‘lishi mumkin.

Umuman, dunyo okeanining sathi asrlar davomida turg‘un bo‘lmagan. Iqlim sovigan davrlarda muzliklar ko‘payib, talay suv yaxlab qolishi natijasida okean suvi hozirgidan 100 metrgacha pasaygan, iqlim isigan davrlarda esa muzlik­lar erishi bilan okean suvi yana ko‘payavergan bo‘lishi ham mumkin.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash