loading...

Bir sutkada ... 35 soat 

6583

Bir kecha-kunduz 24 soatga teng ekani hammaga ma’lum. Ammo sutka 24 soatdan oshib ketishi ham mumkinmi? Mana, o‘zingiz hisoblab ко‘ring?

28-aprel kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 11 da Tosh­kent aeroportidan uchdim. Roppa-rosa to‘rt soatdan so‘ng Moskva aeroportiga qo‘ndim. Qarasam — soat o‘n ikki. Moskvadan Londonga uchishga uch soatcha sarfladim. U yerda ham soat o‘n ikki. Londondan Atlantika okeani ustidan Nyu-Yorkka uchdim. Parvoz yetti soat davom etdi. Nyu-Yorkka qo‘nib, soatga qarasam — o‘n uch. Kalendar varag‘ida boyagi-boyagi 28-aprel. Axir, men Toshkent bilan xayrlashganimga o‘n to‘rt soat bo‘ldi. 0‘sha daqiqa ona shahrimda tun kirib, 29-aprel boshlangan bo‘lishi kerak. Men ham shirin uyquda yotardim. Bu yerda esa hali ham 28-aprelda yuribman. Kech kirguncha, o‘h-ho‘, sakkiz soatcha bor. Ko‘zim yumilib ketyapti. Qisqasi, 28-aprel sutkasi men uchun 35 soatga teng bo‘ldi.

Sababini payqab olgandirsiz — kimki g‘arb tomonga uchsa, go‘yo quyosh yog'dusini yelkasida olib yurgandek bo‘ladi. Buning siri Yerning g‘arbdan sharqqa qarab aylanib turishida. Bundan chiqdi kimki sharq tomon uchsa, vaqtdan «yutqaza- di». Shunday bo‘ldi ham.

Bir kuni ertalab soat 11 da Toshkentdan Novosibirskka uchdim. U yerdan Xabarovsk shahriga jo‘nadim. Oradan to‘qqiz soatcha o‘tdi. Toshkentda endi kech kirgan, Xabarovskda esa yangi kun boshlangan, tun yarmidan og‘ib qolgan edi. Hisobladingizmi, bu gal sutka 20 soatga yetmadi.

Mana buni haqiqiy mo‘jiza desa bo‘ladi: 8-may kechasi qo‘ng‘iroq chalinib qoldi, ko‘cha eshikni ochsam, pochtachi, «Uzr, bezovta qildim», — dedi-da, qo‘limga telegramma tutqazdi. Rahmat aytdim. Armiyada tanishgan bir do‘stim g‘alaba kuni bilan tabriklabdi. Ajablanarli joyi shundaki, imzo ostida «9-may» deb yozilgan. Ertagi kun yuborilgan telegram­ma bugun kelibdi. Sababi aniq: telegramma yo‘llangan Kamchatkada 9-may boshlangan, bizda esa hali 8-may tugamagan. Kamchatka bilan Toshkent vaqti orasida olti soat tafovut bor, ammo telegramma ikki soatda yetib kelgan.

Albatta, sutkaning cho‘zilishi yoki qisqarishi notabiiy, bir joyda muqim turgan kishilar uchun sutka qadimgiday 24 soatning o‘zi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash