O`zbekistonga madaniyati yaqin bo`lgan mamlakatlar dunyo geosiyosiy tizimida
Eronda shoh rejimi qulaganidan so‘ng u yildan yilga o‘zining mintaqaviy
geosiyosiy mavqeyini mustahkamlab bormoqda. Eron davlati Yaqin va O‘rta
Sharqda, O‘rta Osiyo va Rossiyada katta obro‘ga ega. Eron hozirgi vaqtda G‘arb
bilan ham konstruktiv aloqalar o‘rnatishga intilmoqda. 1997-yil dekabr oyida
Tehron shahrida Islom konferensiyasi tashkiloti a’zolarining sakkizinchi
yig‘ilishi o‘tkazildi. Undan kutilgan asosiy maqsad — Eron bilan Arab
mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga erishildi. Eronning islom
va boshqa dinga qarashli mamlakatlar bilan munosabatlarini yaxshilashga. intilishi uning tashqi
siyosatini mafkuradan holi bo‘lganligini ko‘rsatmoqda Eron, ayniqsa, Rossiya
bilan yaxshi aloqalar o‘rnatishga erishdi. Eronga bo‘lgan e’tiborning
kuchayishi uning yaqin kelajakdagi roli bilan bog‘langan. Eron XXI asr
o‘rtalarida Janubi G‘arbiy Osiyo mintaqasining yetakchi davlatiga aylanishi
mumkin.
XX asrning keyingi
o‘n yilliklarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar natijasida
Eronning Turkiya va AQSH bilan bo‘lgan munosabatlari yaxshilandi. Iroq va
Isroil bilan esa birmuncha yomonlashdi, Turkiya va Isroilning Rossiya bilan
bo‘lgan munosabatlari yana ham «uzoqlashdi». Shu vaqtning o‘zida Iroq va
Eronning Rossiya bilan bo‘lgan aloqalari kuchaydi.
O‘zbekiston—Eron munosabatlari ikkala tomonga ham manfaat keltiruvchi yo‘nalishda o‘zaro do‘stlik, hamkorlik ruhida rivojlanmoqda.
Turkiya O‘rta Osiyodagi barcha davlatlar bilan
iqtisodiy sohada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirmoqda. Shu
ma’noda O‘zbekiston—Turkiya munosabatlari ham teng huquqlilik, hamkorlik
asosida rivojlanmoqda.
Eslab qoling!
Janubi-g`arbiy Osiyo mintaqasi tarkibiga Turkiya va Isroildan tashqari Arab mamlakatlari - Suriya, Livan, Iordaniya, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Oman, Yaman kiradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.