AQSHning O`rta Osiyo va boshqa hududlardagi geosiyosiy manfaatlari
AQSH manfaatlari dunyoning deyarli barcha
mintaqalarida mavjud. O‘rta Osiyo mintaqasida AQSH manfaatlari Turkiya va Xitoy
manfaatlari bilan to‘qnashadi. Turkiyaning o‘zida G‘arb va Islom tarafdorlari
bir-biriga qarama-qarshi turadi.
AQSH o‘zining geosiyosiy manfaatlarini Afg‘onistonda
tartib o‘rnatishdan boshladi. Buning uchun u O‘zbekiston, Tojikiston va
Qirg‘iziston bilan ularda mavjud aerodromlardan foydalanish bo‘yicha
shartnomalar imzoladi. O‘zbekiston keyinchalik ushbu shartnomani bekor qildi.
AQSH O‘rta Osiyo davlatlaridan tashqari Ozarbayjon va boshqa davlatlar bilan o‘z aloqalarini yaxshilashga
harakat qilmoqda. Bu o‘rinda uning Ozarbayjon neftini Turkiya porti Seyxanga
eksport qiluvchi quvur qurilishini qo‘llashi diqqatga sazovordir.
AQSH Eronda barpo qilinayotgan AES qurilishini
qoralab, asosiy aybni Eron va asbob-uskunalar yetkazib berayotgan Rossiyaga
qo‘ymoqda.
AQSH-Xitoy munosabatlarining asosiy maqsadi Xitoyga
mintaqaviy muammolar bilan cheklanib, global muammolarga aralashmaslik
tamoyilini tushuntirishdan iboratdir. Amerikaliklar Xitoy tomonidan Tayvanni
kuch orqali qo‘shib olish maqsadida amalga oshirilgan har qanday faoliyat AQSH
investitsiyalar oqimini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin, deb
ta’kidlamoqdalar. Lekin investitsiyalarning asosiy qismi AQSH, Yevropa mamlakatlari
yoki Yaponiya tomonidan emas, balki Tayvan va Xuatsyu, ya’ni xorijda yashovchi
xitoyliklar tomonidan ta’minlanmoqda. Janubi Sharqiy Osiyoda joylashgan 500 ta
korxonaning umumiy qiymati 540 mlrd dollarni tashkil etadi. Ana shu jihatlarni
hisobga olmaslik Amerika-Xitoy munosabatlariga putur yetkazishi va AQSH ni
Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyodagi geostrategik manfaatlardan mahrum qilishi
mumkin. Shuning uchun AQSH Xitoy uni «tabiiy ittifoqdoshi» sifatida qabul
qilishini juda xohlamoqda va bu maqsadga erishish uchun o‘zining barcha
imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Ana shu va boshqa maqsadlarini hayotga tatbiq etishda AQSH o‘zining
doimiy, barqaror ittifoqdoshi - Yaponiyaga tayanmoqda va u bilan bo‘lgan
munosabatlarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda.
Eslab qoling!
Janubi-sharqiy Osiyo Bruney, Myanma, Laos, Vetnam, Kambodja, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor davlatlaridan iborat.
Sharqiy Osiyo Xitoy, Mo`g`iliston, Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Tayvan davlatlaridan tashkil topgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.