Geosiyosiy munosabatlar tizimida AQSHning o`rni
1783-yilda Amerika bilan Angliya o‘rtasida imzolangan Versal
shartnomasi AQSHning Angliya ustidan g‘alabasini tasdiqladi va bu shartnoma
hozirgi vaqtda ham dunyodagi eng qudratli davlatga poydevorlik vazifasini
o‘tamoqda.
XIX asr oxiri va XXI asr boshida AQSH uchun globallashuv
g‘oyalarini hayotga tadbiq etish kundan kunga qiyin bo‘lib bormoqda. XX asr
80-yillarining o‘rtalariga kelib AQSH eksport-import «urush»ida eng muhim
pozitsiyalaridan mahrum bo‘ldi. Xuddi shunday vaziyat kapital eksportida ham
yuz berdi. hozirgi vaqtda AQSH o‘ziga eng yaqin turgan Yaponiya va Germaniyaning «nafasi»ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning barchasida sezib turibdi.
Shunga qaramasdan bugungi kunda iqtisodiy kuch-qudrati bo‘yicha AQSH
dunyoning barcha davlatlari ichida tengi yo‘q hisoblanadi. Chunki AQSH bilan
ikkinchi o‘rinda borayotgan Yaponiya o‘rtasidagi farq deyarli 4,5 baravarni
tashkil etadi.
Bugungi kunda AQSH xalqlar taqdirini hal qilishdek murakkab va
mas’uliyatli bo‘lgan vazifani bajarishi kerak, deb ta’kidlaydi Prezident J.Bush. U AQSH Yevrosiyo uchun aniq va ravshan taraqqiyot strategiyasini ishlab
chiqishi lozim, deb hisoblamoqda.
AQSH g‘oyalarini Yevrosiyoda hayotga tatbiq etishda asosiy rolni
materik g‘arbidagi Fransiya va Germaniya o‘ynaydi. Materik sharqida Xitoy
mavqeyining kundan kunga oshib borish Vashington bilan Pekin o‘rtasida siyosiy konsensus o‘rnatishni
taqozo etmoqda. Bu o‘rinda AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy fikriga
ko‘ra Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki mintaqa miqyosida
ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi lozim. Rossiya janubida vujudga
kelgan etnik mojarolarni «buyuk davlat»lar (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Turkiya) ijobiy tarzda hal qilishlari kerak.
AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy NATO va Yevropa
ittifoqini sharqqa tomon kengaytirishni davom ettirish lozim, deb
hisoblashmoqda. hozirgi kunga kelib Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan Polsha,
Chexiya, Vengriya NATO a’zolari bo‘ldlar va Yevropa Ittifoqiga qabul
qilindilar. 2004-yilda Boltiqbo‘yi davlatlari — Latviya, Litva, Estoniya va
boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari 2006-yilda esa Bolgariya va Ruminiya
davlatlari ham Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdi. Eng muhim voqealar qatoriga
2010-yilgacha bo‘lgan davrda Ukrainani NATO ga qabul qilinishi kiritilmoqda.
Shunday qilib, AQSH geosiyosatchilari bashorat qilgan dunyoning yangi
geosiyosiy holati shakllana boshladi.
Eslab qoling!
Siyosiy konsensus - ikki va undan ortiq davlatlar o`rtasida imzolangan siyosiy kelishuv to`g`risidagi shartnoma.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.