Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari
Sayyoramizda ikki qutbli dunyoning o‘rniga bir qutbli dunyoning paydo
bo‘lishi unda mavjud muammolar sonining sezilarli darajada kamayishiga olib
kelmadi. Bugungi kunda, dunyoda yangi-yangi muammolar vujudga kela boshladiki,
ularning ba’zilari insoniyatning qiyin ahvolga tushib qolishiga sabab
bo‘lmoqda. Bunday muammolar qatoriga demografik, ekologik, davlatlarni
iqtisodiy qoloqlikdan chiqarish va geosiyosiy muammolar ham kiritilmoqda.
Geosiyosiy muammolarning kelib chiqishi va
chuqurlashishi avvalo jahonda yirik hisoblangan, katta harbiy qudratga ega
bo‘lgan davlatlar faoliyati bilan bog‘liq (Rossiya, AQSH, Xitoy). Shuning uchun
ham bunday muammolarning mavjudligi yoki mavjud emasligi mamlakatimizning ushbu
davlatlar bilan o‘rnatgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy aloqalariga ko‘p
jihatdan bog‘liq. Muammolarning chuqurlashishi va turli shakllarda sahnaga
chiqishida globallashuv jarayonining o‘rni va ahamiyati kundan kunga kucha- yib
bormoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga madaniyati yaqin, dini bir bo‘lgan
mamlakatlarning dunyo geosiyosiy tizimida egallagan o‘rni, binobarin, ularni
globallashuv jarayonidagi ishtiroki ham katta ahamiyatga egadir.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.