loading...

Rossiyadagi hozirgi geosiyosiy vaziyat 

6227

Geostrategik nuqtayi nazardan Rossiya Yevrosiyo bilan bir mazmunga ega deb hisoblanadi. U esa o‘z navbatida Xartlend tushunchasi yoki Makinder fikri bo‘yicha, «Tarixning geografik o‘qi» bilan bir mazmunga egadir. Rossiya Yevrosiyo g‘arbi bilan Yevrosiyo sharqini birlashtiradi va o‘ziga xos madaniyati bilan ajralib turadi. Sobiq Ittifoqning 1991-yilda parchalanib ketishini bugungi kun nuqtayi nazaridan baholash nihoyatda mushkul. Chunki 1991-yildan keyingi davr juda qisqa vaqtni o‘z ichiga oladi.

Parchalanishdan keyin vujudga kelgan davlatlarning bozorlari necha o‘n yillar mobaynida o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarga moslashgan bo‘lib, bu tovarlar G‘arb mamlakatlari va jahon talablariga javob bermas edi. Rossiyadagi iqtisodiy o‘zgarishlar asosini mineral resurslar, avvalo neft va tabiiy gaz eksportidan olinayotgan daromad qoplamoqda.

Sobiq Ittifoq parchalanishi natijasida Rossiyaga xos «yo‘qotishlar» quyidagilardan iborat: a) Boltiq va Qora dengizlarga chi­qish yo‘llari va ularda mavjud portlar soni keskin qisqardi; b) Qora, Kaspiy va Boltiq dengizlardagi shelflar qisman Markaziy va G‘arbiy Yevropaga to‘g‘ri olib boradigan yo‘llar yo‘qotildi; e) Rossiya asosan past darajada rivojlangan davlatlar bilan chegaralanmoqda; f) Rossiya sharqidagi o‘ziga xos demografik vakuum xitoylik va vetnamliklar tomonidan to‘ldirilmoqda; j) chegaralari mustahkamlanmagan.

Undan tashqari, Rossiyada aholi turmush darajasidagi minta­qaviy farq (hozir 1:14 nisbatni tashkil etadi) tobora kattalashib bormoqda. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilganligi; Moskvadagi moliyaviy markazlar va yoqilg‘i-energetika majmuasi hamda oligarx-axborot tizimlari rahbarlarining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri; moliya resurslarining 95 foizdan ortiq qismi Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburg kabi shaharlarda to‘planishidir. Shuning 80 foizi Moskva shahriga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtning o‘zida Shimoliy Kavkaz respublikalari juda kam miqdordagi moliyaviy resurslarga ega. Ularda har bir ish joyiga salkam ikki yuzta ishsiz to‘g‘ri kela­di. Shunday qilib, Rossiya yangi, XXI asrga juda ko‘p pozitsiyalardan mahrum bo‘lgan holda, iqtisodiy muammolari mavjud davlat sifatida kirdi. Rossiyaning erkin mablag‘lari yo‘q, u dunyo miqyosida katta tadbirlarni amalga oshirishga qodir emas, lekin Rossiya qudratli harbiy-sanoat majmuyiga ega.

Eslab qoling!
Aholining turmush darajasi — aholi jon boshiga to`g`ri keluvchi ichki yoki milliy mahsulot.

Daromadi past davlat — aholi jon boshiga to`g`ri keluvchi yalpi milliy mahsulot 745 AQSH dollaridan kamni tashkil etuvchi davlat.

Qashshoq davlat — yuqoridagi ko‘rsatkich 200 AQSH dollaridan kamni tashkil etuvchi davlat.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash