Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari
Zamonaviy geosiyosat «ikki blokli mintaqa» o‘rniga
kelgan bir qator paradigmalarga ega.
Birinchi paradigmada markaz bilan chetdagi hududlar
o‘rtasidagi farqlarga diqqat-e’tiborni tortadi. Xuddi shunday holat
Janub—Shimol, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlangan mamlakatlar
o‘rtasida ham mavjuddir.
Ikkinchi
paradigmada asosiy e’tibor o‘tgan urushlar o‘rtasidagi farqqa qaratiladi.
Hozirgi vaqtda inson hayotiga xavf solmaydigan urushlar nazariyasi ishlab chiqilmoqda.
Uchinchi paradigmada davlat siyosatini remiliyllashtirish nazarda
tutilgan. Ko‘p millatli imperiyalarning parchalanib ketishi bir millatli davlat
barpo qilish muammosini keltirib chiqardi. Bunda etnik, sinfiy, diniy
ziddiyatlarning barchasi «millat davlat»ini barpo qilishga bo‘ysundiriladi.
To‘rtinchi paradigmada mintaqaviy tizimlar o‘rtasidagi farqlar
asoslanadi. Bunday tizimlar markazida mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi
davlat mavjud bo‘ladi («Buyuk Eron», «Buyuk Pokiston» yoki «Buyuk Xitoy»).
G.Kissinjer XXI asrda xalqaro tizim kamida oltita kuch makazidan iborat bo‘ladi,
deb hisoblaydi. Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston hamda
ko‘plab o‘rta va kichik davlatlardan iborat bo‘lishi mumkin. G.Kissinjerning
ushbu oltita kuch markazlari turli xil beshta sivilizasiyaga tegishlidir.
Shuning uchun u XXI asr har xil sivilizatsiyalarning o‘zaro aloqadorligini
o‘zida aks ettiradi, deb ta’kidlaydi.
Beshinchi paradigma sivilizatsiyalar
taraqqiyotiga asoslangan paradigmadir. Garvard universiteti strategik
tadqiqotlar markazining direktori S.Xangtington «umuman insoniyat» yo‘q,
faqat ma’lum iuda-xristianlik, islom dini, buddizm va shu kabi sivilizatsiyalar
mavjud. Eng katta xavfni mana shu sivilizatsiyalar o‘rtasida yuz beradigan
harbiy nizolar tug‘diradi, deb hisoblaydi.
S.Xangtington
o‘zining «Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» deb nomlangan maqolasida
sivilizatsiyalarni eng yuqori darajadagi ijtimoiy-madaniy jamoalar deb atadi.
S. Xangtington har bir sivilizatsiyaga faqat uning o‘ziga yaqin bo‘lgan
tarixiy taraqqiyot, din, til, urf-odatlarning umumiyligi, ijtimoiy institutlar
bajaradigan vazi- falarning yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir, deb
ta’kidlagan.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro munosabatlarda sivilizatsiya omilining
ahamiyati borgan sari oshib boradi. Ushbu xulosa quyi- dagilar bilan
asoslanadi:
1. Sivilizatsiyalar
o‘rtasida juda katta farqlar (uning asosini din tashkil etadi) mavjud. Ular
siyosiy rejimlar o‘rtasidagi farqlardan ham kuchlidir.
2. Turli xil
sivilizatsiyalarga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik kuchayib
bormoqda. Bunday holat sivilizatsiya doirasida o‘zlikni anglashning o‘sishiga
olib kelmoqda.
3. Dinning
ahamiyati o‘sib bormoqda. Bunday holat ayrim hududlarda fundamentalistik shaklda namoyon bo‘lmoqda.
4. G‘arbning boshqa mamlakatlarga bo‘lgan ta’siri
pasaymoqda. Bu holat o‘z xalqiga xos sivilizatsiya tomirlarini izlash jarayonini kuchaytirmoqda.
5. Kompromiss qarorlar qabul qilishda madaniy farqlarning
roli iqtisodiy va siyosiy farqlarga nisbatan past bo‘lmoqda, ya’ni madaniy
farqlar xalqlar o‘rtasidagi aloqalarga konservativ ta’sir ko‘rsatmoqda.
6. Iqtisodiy
mintaqaviylik kuchaymoqda. Bunda sivilizatsion omil — ko‘plab iqtisodiy
tashkilotlar va integratsiyalashgan guruhlar asosida yotuvchi madaniy-diniy
o‘xshashlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.