Geosiyosatning fan sifatida shakllanishida Rudolf Chellen va Karl Xausxofer ishlarining ahamiyati
Geosiyosat fanining rivojlanishiga Rudolf Chellen va Karl Xausxofer juda katta hissa qo‘shgan.
Rudolf Chellen birinchi bo‘lib davlat inson kabi sezuvchi, his qiluvchi
va o‘ylovchi mavjudotdir, degan fikrni aytgan. Davlat Yer yuzasida o‘zining
kuchiga bog‘liq holda mavjuddir. U kurash holatida bo‘lib, tirik
mavjudotlarga o‘xshab so‘ladi va halok bo‘ladi, deb ta’kidlaydi R.Chellen.
Yashash uchun kurash, R.Chellen fikriga ko‘ra, har qanday davlat
organizmining mohiyatini tashkil etadi. Urush geografik makonni egallash
maqsadida olib borilayotgan ushbu kurashning aniq bir shaklidir.
Kuch-qudrat davlatni ushlab turish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
qonunga nisbatan muhimroq asosdir. Chunki qonunning o‘zi faqat kuch orqali
ushlab turiladi. Qonun davlatga ma’naviy-axloqiy elementlarni olib kirsa,
kuch-qudrat uning faoliyatini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi. R.Chellen davlat
o‘z nomi bilan maqsaddir, u fuqarolari farovonligini yaxshilashga xizmat
qiluvchi organizm emas, degan xulosaga kelgan.
Karl Xausxofer (1896-1946) jahonda birinchi geosiyosatchilar maktabining
asoschisi va tashkilotchisi hisoblanadi. Uning ilmiy izlanishlarida «hayotiy
makon» kategoriyasiga katta e’tibor berilgan.
«Hayotiy makon» tushunchasi (kategoriyasi)ning shakllanishida F.Maltus ishlari va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi. F. Maltus aholi o‘sishi
biologik qonunlar asosida geometrik progressiya bo‘yicha, oziq-ovqat
mahsulotlari esa arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, degan g‘oyani olg‘a
surgan. Shuning uchun aholining ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining
ko‘payishiga nisbatan tezroq bo‘ladi. Demak, u aholisi eng zich va eng ko‘p
mamlakat - Germaniyada urushlarning oldini olib bo‘lmaydi, shunday sharoitda
tirik qolish uchun «hayotiy makon»ni kengaytirish zarur, degan xulosaga kelgan.
K.Xausxofer boshqa milliy g‘oya tarafdorlari kabi, nemis
davlatining kuch-qudratini kuchaytirishga harakat qildi. Bu maqsadga esa
o‘z-o‘zidan, mamlakat industrial qudrati va madaniyatini ko‘tarmasdan
geosiyosiy ekspansiya qilmasdan erishish mumkin emas edi. Germaniyaning Yevropa
qoq markazida joylashganligi uni tabiiy holda g‘arbiy dengiz mamlakatlari — Angliya, Fransiya va
kelajakda AQSH ga qarshi qilib qo‘ymoqda edi.
Shuning uchun
ham Germaniyaning «Atlantika mamlakatlari» bilan siyosiy ittifoq tuzishi xomxayol hisoblanar edi. Bunda
Fransiya va Angliyaning hududiy e’tirozlari ham muhim o‘rin egalladi.
Mana shunday fikr-mulohazalar K. Xausxofer geosiyosiy
qarashlarining asosi bo‘lib xizmat qildi.
Katta davlatlarning kichik davlatlar oldidagi yutuqli
jihatlari to‘g‘risidagi Ratsel g‘oyasini o‘ziga asos qilib olib, K.Xausxofer
Germaniyaning qo‘shni kichik davlatlar ustidan hech qanday gap-so‘zsiz
hukmronlik qilishini mutlaq haqiqat deb, Germaniyaning iqtisodiy jihatdan
Rossiyani o‘ziga tobe qilib olishini esa asosiy vazifalardan bin deb
hisoblardi.
Eslab
qoling!
Geosiyosiy ekspansiya — biror-bir davlatning boshqa bir davlatni
o‘ziga tobe qilish maqsadida bosib olishi.
«Atlantika mamlakatlari» — dengizga chiqish yo‘liga ega
bo‘lgan, uning suvlari bilan o‘rab turilgan davlatlar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.