loading...

Amaliy geografiyaning ahamiyati 

10593

  Hozirgi paytda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo‘lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga ta’sir etar ekan, uning o‘zi ham aks ta’siriga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta’siri ko‘p hollarda tabi­at qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko‘paytirib borish bugungi kunning dolzarb muammo- laridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muammoning yechimida boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda va o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
  Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan shug‘ullanadi.
  Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muammoni yechishda amaliy geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.
  Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada «ozon tuynugi»ning maydoni qisqarib bormoqda, yo‘qolib ketish arafasida turgan ko‘plab o‘simlik va hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko‘llar suvi tozalanib bor­moqda. Sanoatning rivojlanishi natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
  Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’sirini yaxshilash, tabiiy ofatlarning oldini olish, hududlarning rivojlanishini bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza qilishning geografik- ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash