loading...

Jamiyat va tabiat o`zaro ta`sirining asosiy bosqichlari 

17562

  Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi turli-turli vaqtlarda va joylarda turlicha bo‘lgan. Bu ta’sir natijasidagi o‘zgarishlarni tahlil va tadqiq qilish natijasida tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’siri qanchalik maqsadga muvofiqligi yoki aksincha bo‘lishini bilish mumkin. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, o‘lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks holdagi ta’sir esa noqulay sharoitning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
 Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo‘lgan munosabati doimo o‘zgarib, murakkablashib borgan.
  Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri besh bosqichga bo‘lish mumkin.
1. Termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi. Bundan 30 000 yil avval boshlangan. Ushbu davrda odam termachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan. Shuning uchun mazkur bosqich termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi deb ataladi. Ibtidoiy odamni iqlimi qulay, biologik resurslarga boy (yirik hayvonlar, mevalar) joylar ko‘proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatni o‘zgartirmagan, balki unga moslashgan.    
2. Qishloq xo‘jalik inqilobi bosqichi. Bundan 6-8 ming yil ilgari sodir bo‘lgan ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o‘tgan. Tabiiy landshaftlarning kuchsiz o‘zgarishi ro‘y bera boshlagan.
3. O‘rta asrlar bosqichi. Bu davrda insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri kuchaya borgan, hunarmandchilik rivojlangan, xo‘jalikda tabiiy boyliklar keng qo‘llanila boshlagan. Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular asosan qo‘l kuchiga asoslanganligi uchun ekologik muvozanatga ta’sir etmagan.
4. Sanoat inqilobi bosqichi. Bu davr bundan 300 yil avval ro‘y berdi. Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o‘zgara boshlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli boshqa qit’alar ham o‘zlashtirila boshladi. Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya davlatlari tomonidan ulkan mustamlakalar, imperiyalar vujudga keltirildi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyat­ning tabiatga ta’siri ham orta boshladi.
5. Fan-texnika inqilobi bosqichi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojla­nishi munosabati bilan tabiiy resurslar juda katta miqyosda o‘zlashtirila boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo‘jaligi maqsadida o‘zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho‘llar, shimoliy hududlar, tog‘lar hamda Dunyo okeani o‘zlashtirildi va ekologik muvozanat buzila boshladi. Natijada umumsayyoraviy ekologik muammolar vujudga keldi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash