loading...

Savol beramiz - javob bering! 

9500

Veb-sayt muxlislari diqqatiga! "Amaliy mashg`ulotlar" loyihasi geografiya fanidan o`tkaziladigan fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvi topshiriqlarini bajarishda tushunmovchiliklarni bartaraf etish, geografiya faniga qiziquvchilarning amaliy ish va topshiriqlarni tog`ri bajarishlarini ta`minlash maqsadida tashkil etildi. Barcha foydalanuvchilardan loyihada faol ishtirok etishlaringizni so`raymiz. Quyida berilgan savol javobini SHARH QOLDIRISH SHAKLI yoki geografiya.uz@inbox.uz, geografiya.uz@umail.uz elektron pochta manzillari orqali yo`llashingizni so`raymiz. Loyihaning faol ishtirokchilari saytda yoritib boriladi. Savollar javobi ekspertizadan o`tkazilib, saytda yoritiladi. Sharh qoldirish shakli orqali yo`llangan javoblar ekspertiza uchun ma`lum muddat yopiladi. 

"Amaliy mashg`ulotlar" loyihasining faol ishtirokchilari:
1. Nozimjon Azimov,  GulDU 3-bosqich talabasi
2. Normurod Latipov, Navoiy DPI 2-bosqich talabasi 
3. Jasur Hasanov, O'zMU 2-bosqich talabasi 
4. Sardorbek Begmatov, O'zMU 1-bosqich talabasi 
5. Behzod Aminov, UrDU 1-bosqich talabasi
6. Mag'ripov Xumoyun. O'zMU 2-kurs talabasi 
7. Shahzod Ibragimov, Navoiy DKI qoshidagi akademik litsey o`quvchisi

DAVOMI
31-savol. Atmosferaning 50 km balandligida harorat necha daraja bo’lishi mumkin?

32-savol. Sayyoh dastlab 45 daraja azimut bo’yicha yurgandan so’ng adashganini sezdi. So’ngra u 180 daraja azimut bilan yura boshladi. U gorizontning qaysi tomonlari bo’ylab yurdi?

33-savol. Sho’rligi 0,2 promille bo’lgan 1 tonna okean suvidan qancha tuz olsa bo’ladi?
 
34-savol. +10 C haroratda havoning nisbiy namligi 50% bo’lsa, uning mutloq (absolyut) namligini toping?

35-savol. Agar tog’ning tagida atmosfera bosimi 740 mm bo’lsa, uning choqqisida 440 mm bo’lsa, tog’ning nisbiy balandligi qancha bo’ladi?

36-savol. Agar 5000 km masofa globusda 4 sm ga teng bo‘lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang?

37-savol. Masshtabi 1: 40 000 000 sm bo‘lgan xaritada Qarshi va Toshkent shaharlari orasidagi masofa 11 sm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang?
 
38-savol. Geografik koordinatasi 20° j.k. va 46° shq.u.da joylashgan ob’ektning nomini aniqlang.

39-savol. 30° j.k. va 46° shq.u.dagi geografik koordinatasiga ega bo’lgan ob’ektning nomini aniqlang.

40-savol. Barcha tomoni janubga qaratilgan uyni yer yuzasining qaysi qismida ko’rish mumkin?

41.Toshkent shahrining kenglik koordinatasini aniqlab, shimoliy va ekvatorgacha bo’lgan masofani o’lchang, hisoblash yo’lini ko’rsating.

42. Tropik chiziqlar nechanchi parallellardan va nimaga asosan o’tkaziladi? 43.Yarim sharlar xaritasida Avstraliya materigi 143°-meridian yoyi bo’ylab qancha masofaga chuzilganligini gradus va km.larda hisoblang.

44. Toshkent-Jizzax shaharlari orasidagi 200 km.li masofa globusda 8 sm.ni tashkil etadi. Globusning masshtabini aniqlang.

45. Ikki shahar orasidagi 650 km.li masofa xaritada 13 sm.ga teng bo’lsa, bu xaritaning masshtabini aniqlang.

46. Qanday masshtablarda 45 km masofa xaritada: a) 5 sm.li; b) 3 sm.li oraliqga to’g’ri kelishini hisoblang.

47. Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang. a) 1 sm.da 50 km; b) 1 sm.da 350 km; v) 1 sm.da 600 km 48. Sayohatchi "A” nuqtada yo’lni boshlab, "B” nuqtaga tomon 180 azimut bilan 500m, so’ng "C” ga tomon 900 azimut bilan 600 m so’ng "D” ga tomon 315 azimut bilan 300m yurdi. Ushbu yo’lni 1:10000 masshtab bilan qog’ozda tasvirlang?

49. O`quvchilar avval o`rmonga shimoliy-sharq, so`ngra janubiy, undan keyin esa janubiy-g`arbiy yo`nalishda yurdilar. Ular agar xuddi shu yo`l bilan qaytsalar, qaysi yo`nalishlar bo`yicha yuradilar?

50. 67,5 azimut bilan ko`lga borgan o`quvchilar uyga qaysi yo`na¬lishda qaytib ketadilar?

51. Sayohatchilar 270° daraja azimut bo`yicha 100 m yurishdi. Qaytish yo`nalishi azimutini toping?

52. O`quvchilar ko`lgacha 292,5°, 112,5°, 247,5° li azimutlar bo`yicha yurdilar. Ular yurgan yo`llarni aytib, bu yo`lni sxema tarzida chizib tasvirlang?

53. Geografik xaritalardagi 66,5° sh.k. va 66,5° j.k. nima deb ataladi? 1) Shimoliy qutb va janubiy qutb doiralari. 2) Shimoliy tropik va janubiy tropik doiralari. 3) Shimoliy va janubiy subtropik. 4) Shimoliy va janubiy mo’tadil.

54. O’quvchilar tabiat muzeyiga 90 azimut bilan borsalar. Ular maktabga qanday yo’nalishda va qaysi azimuth bo’yicha qaytib keladilar? 55. 315, 270, 90, 360 berilgan azimutlar ufqning qaysi tomonlarini bildiradi?

56. 180, 135, 225, 45 berilgan azimutlar ufqning qaysi tomonlarini bildiradi?

57. Yarimsharlar xaritasi 1:90 000 000. Tehrondan Pekingacha bo’lgan masofa 5400 km bo’lsa, xaritada ushbu shaharlar orasidagi masofa qanchaga teng?

58. Agar maktabga 450azimut bilan borgan bo’lsangiz. Maktabdan uyga qanday yo’nalishda va qaysi azimut bo’yicha qaytib kelasiz?

59. Hind okeanida 10° j.k. va 60°shq.u.da turgan chet el baliq ovlovchi kemasidan falokat ro’y berganligi haqida xabar keldi. Bu xabarni "Atlant” va "Titan” nomli ikkita kemaning radistlari eshitishdi. "Atlant” kemasi 2° sh.k. va 50°shq.u. da, "Titan” kemasi esa 8° j.k. va 65° shq.u. da edi. Bu punktlarni yozuvsiz xaritada belgilang, bu kemalardan qaysi biri baliqchilarga yordamga ertaroq kelishi mumkinligini aniqlang?

60. Xaritadan foydalanib, 20° j.k. bo’ylab "yuring” va bu parallel kesib o’tadigan quruqlik va okeanlar tekisliklari haqida gapirib bering: tuzilish shakllari qanday, ular asosan qanday jinslardan tashkil topgan?

61. Eng katta materikning janubiy qismida 25 va 30° sh.k. lar oralig’ida ko’pchilik cho’qqilar 5000 m dan baland bo’lgan qanday tog’lar joylashgan?

62. Klyuchi Sopkasi vulqonining qayerda joylashgani haqida so’zlab bering. Buning uchun quyidagi ishlarni bajaring: yarimsharlar xaritasidan vulqon qaysi materikda va uning qaysi qismida joylashganini aniqlang. Vulqon joylashgan yerni geografik koordinatalar bo’yicha yozuvsiz xaritadan toping. U yerga shartli belgi qo’yib, nomini yozing.

63. Meksika qo’ltig’idan yozilgan qog’ozi ivib ketgan shisha topib olishdi. Unda " 40° sh.k.” degan yozuv saqlanib qolgan. Bu shisha Meksika qo’ltig’idan qayerga borib qolishi mimkin?

64. Hind okeanida 10° j.k. va 60°shq.u. da turgan chet el baliq ovlovchi kemasidan falokat ro’y berganligi haqida xabar keldi. Bu xabarni "Atlant” va "Titan” nomli ikkita kemaning radistlari eshitishdi. "Atlant” kemasi 2° sh.k. va 50° shq.u. da, "Titan” kemasi esa 8° j.k. va 65° shq.u. da edi. Bu punktlarni yozuvsiz xaritada belgilang, bu kemalardan qaysi biri baliqchilarga yordamga ertaroq kelishi mumkinligini aniqlang?

65. 1 t okean suvidan qancha tuz olish mumkin? Sho’rligi 0.2‰ bo’lgan 1 t okean suvidan-chi?

66. Qora dengiz suvining sho’rligi 18‰, uning suvidan qancha gramm turli xil modda olish mumkin? Bu miqdor Qizil dengizining 1 t suvidan olinadigan moddadan necha marta kam?

67. Agar okean suvining sho`rligi 32 ‰ bo`lsa, a) 100 kg, b) 1000 kg suvda qancha tuz bo`ladi?

68. Yenesey daryosining ko`ndalang kesimining yuzi 330 m.kv ga teng bo`lgan qismidagi o`qim tezligi 60 m/sek bo`lsa, daryo suvi miqdorini aniqlang?

69. Havoning sutkalik o’rtacha haroratini berilgan ma’lumotlar asosida aniqlang? Ertalab soat 7 da +6,soat 10 da +10, kunduzi soat 13 da +16, soat 16 da +20, kechqurun 19 da +12, soat 21 da +8 ga teng.

70. Yanvar oyining o’rtacha harorati -60, iyul oyidagi o’rtacha harorat +20 C ga teng bo’lsa, bir yillik havo haroratining amplitudasi necha darajaga teng ekanligini aniqlang?

71. Havoning sutkalik o’rtacha haroratini berilgan ma’lumotlar asosida aniqlang? Ertalab soat 7 da +8, soat 10 da +12, kunduzi soat 13 da +18, soat 16 da +22, kechqurun 19 da +14, soat 21 da +10 C ga teng.

72. Yanvar oyining o’rtacha harorati -4, iyul oyidagi o’rtacha harorat +22 ga teng bo’lsa, bir yillik havo haroratining amplitudasi necha darajaga teng ekanligini aniqlang?

73. Sankt-Peterburgdan Magadangacha bo`lgan masofani 60-parallel bo`yicha gradus va kilometrlarda hisoblang?

74. Agar Yer yuzasida +16 C bo`lsa, 1000 m chuqurlikdagi tog` jinslarining harorati qanchaga teng bo`ladi?

75. 3 km balandlikda harorat 0 Cni ko`rsatdi. Shu vaqtda tog` etagida harorat qancha bo`ladi?

76. Oxota dengizining g`arbiy sohilida qish kuni havo bosimi 770 mm.li simob ustuniga, Oxota dengizining ustida esa xuddi shi vaqtning o`zida 765 mm.li simob ustunga teng bo`lgan. Shamol qaysi tomonga qarab esadi?

77. Sinfingizda harorat +20C bo`lsa, undagi havo qancha suvni o`zida tutib tura oladi?
 
78. Yog`in o`lchagich yordamida yer yuzasiga 10 mm qalinlikda yomg`ir yoqqanligi aniqlandi. Bunda 1 gektar yerga necha kub metr suv tushganligini hisoblang?

79. Radiodan havo harorati 10 C bo’lganda uning nisbiy namligi 50% ga teng ekanligi aytildi. 1 m.kub havoda qancha gramm suv bor? Bu havo namga to’yinishi uchun qancha suv kerak?

80. Sinfni to’ldirgan havoning hajmini aniqlang? Bu havo harorat 30 C bo’lganda qancha miqdorda namni o’zida sig’dirishi mumkinligini hisoblab chiqaring. Agar harorat 0°C gacha pasaysa, qancha suv ajralib chiqadi?

81. Yer yuzasida harorat +30C bo`lsa, yer yuzasidan qancha balandlikda qor hosil bo`ladi?

82. Harorat +30C bo`lganda absolyut namlik 25% edi. Shunda nisbiy namlik qancha bo`lishini aniqlang?

83. +20C haroratda mutloq namlik 15 ga teng. Nisbiy namlikni aniqlang?

84. Agar barometr tog’ning etagida 740 mm.ni, cho’qqisida esa 440 mm ni ko’rsatsa, tog’ning nisbiy balandligi qancha bo’lishini aniqlang?

85. Tog` etagidan 1000 metr absolyut balandlikda havo bosimi 740 mm simob ustunga teng, tog` cho`qqisida havo bosimi 700 mm simob ustunni tashkil qilsa, tog` cho`qqisining absolyut balandligini toping? 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 7

  • Latipov Normurod,  Navoiy shahri
    Latipov Normurod, Navoiy shahri
    12:45 | yan 22, 2017
    31-savolga javob: taxminan 0 gradus atrofida
    32-savolga javob: dastlab sh,shq va keyin janubga tomon
    33-savolga javob:200gr. tuz bor
    34-savolga javob:10 gradusda 9gr. suv bug'i bo'lsa, 9-100% x-50% =4,5gr
    35-savolga javob: atmosfera bosimi 1000m da 100mm pasaysa, 3000m yoki 3km bo'ladi
    36-savolga javob: 5000km ni sm ga aylantiramiz 500000000:4=125000000
    37-savolga javob: masshtabni km ga aylantiramiz 400x11=4400km
    38-savolga javob:Madagaskar poytaxti Antananarivu
    39-savolga javob: okeandagi qandaydir orolga tog'ri kelyapti aniq joy yoqku
    40-savolga javob:shimoliy qutbda
    41-savolga javob: toshkent 41sh,k da 90-41=49 1gradus yoy uzunligi 111kmx49=5439km
    42-savolga javob:23,5 sh,k va j.k dan sabab quyoshdan yetarlicha nur ololmasigi uchun
  • AZATBAEV  SHARYAR
    AZATBAEV SHARYAR
    12:18 | yan 28, 2017
    31-SAVOL -55
    32-SAVOL DASTLAB SH.SHARQ KEYIN JANUB
    33-
  • Genjetaeva  Gulmira Nukus
    Genjetaeva Gulmira Nukus
    10:17 | fev 09, 2017
    51) 90 gradus
  • NORMATOV SHAHZOD
    NORMATOV SHAHZOD
    09:44 | fev 12, 2017
    31-savol javobi,300° gradus
  • Maxmudova Ominaxon
    Maxmudova Ominaxon
    16:27 | dek 20, 2020
    31-savolga javob: taxminan 0 gradus atrofida
    32-savolga javob: dastlab sh,shq va keyin janubga tomon
    33-savolga javob:200gr. tuz bor
    34-savolga javob:10 gradusda 9gr. suv bug'i bo'lsa, 9-100% x-50% =4,5gr
    35-savolga javob: atmosfera bosimi 1000m da 100mm pasaysa, 3000m yoki 3km bo'ladi
    36-savolga javob: 5000km ni sm ga aylantiramiz 500000000:4=125000000
    37-savolga javob: masshtabni km ga aylantiramiz 400x11=4400km
    38-savolga javob:Madagaskar poytaxti Antananarivu
    39-savolga javob: okeandagi qandaydir orolga tog'ri kelyapti aniq joy yoqku
    40-savolga javob:shimoliy qutbda
    41-savolga javob: toshkent 41sh,k da 90-41=49 1gradus yoy uzunligi 111kmx49=5439km
    42-savolga javob:23,5 sh,k va j.k dan sabab quyoshdan yetarlicha nur ololmasigi uchun
  • Samadov Murodjon Kamolibich
    Samadov Murodjon Kamolibich
    14:33 | yan 07, 2021
    32Javob 2gr
    33javob 4,5foyiz
    34javob 3000metr
    35javob 1:125000000
    36javob 5000km
    37javob 4400km
    38javob Madagaskar poytaxti Antananarivu
    39 javob malum bir nuqta berilmagan
    40javob shimoliy qutubda
    41javob 41ah.k,60shq.u
    42
    44javob 1:2500000
    45javob 1:5000000

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash