loading...

O`zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasidan xronologik jadval 

10021

Sana

Sodir bo’lgan voqealar

1874-yil

 Birinchi paxta tozalash zavodi Toshkentda qurildi.

1924-yil

 Kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo’llarining umumiy uzunligi 887 km edi.

1924-yil

 Samarqand shahri O’zbekistonning poytaxti bo’lgan.

1925-yil

 Qoraqolpog’iston muxtor viloyat sifatida tashkil topgan.

1926-yil

 Mamlakatimizda birinchi GES Bo’zsuv kanalida qurildi.

1929-yil

 Denovdan temiryo’l o’tdi.

1930-yil

 Toshkent shahri O’zbekistonning poytaxti bo’ldi.

1930-yil

 Sho’rsuv oltingugurt koni ochildi va shu yildan boshlab kimyo sanoatining shakllanishi boshlandi.

1930-yil

 Qoraqolpog’iston muxtor Respublikaga aylandi.

1932-yil

 Nukus shahri kichik ovul o’rnida paydo bo’ldi.

1936-yil

 Qoraqalpog’iston O’zbekiston tarkibiga kirdi.

1939-yil

 Geografik o’rni noqulayligi tufayli Qoraqolpog’iston Respublikasining poytaxti To’rtko’ldan Nukusga ko’chirildi.

1939-yil

 Chirchiq elektr-kimyo kombinati ishga tushirildi.

1940-yil

 Toshkent-Sirdaryo-Jizzax-Samarqand-Qashqadaryo-Surxondaryo viloyatlari orqali o’tadigan Katta O’zbek Trakti qurildi. Uzunligi 700 km.

19940-yil

 Angren shahri ko’mir qazib olishga bog’liq holda sanoat punkti sifatida paydo bo’ldi.

1941-yil

 O’zbekistonda kimyo va neft-kimyo mashinasozligi tashkil topdi.

1941-yil

 Qo’qon shahrida superfosfat zavodi ochildi.

1946-yil

 Bekobodmetallurgiyazavodiqurildi.

1946-yil

 Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Sharg’un ko’mir koni ishga tushirildi.

1946-yil

 O’zbekistonda jami 9 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan.

1950-yil

 Dastlabki ko’mir koni Angrendan qazib olindi.

1950-yil

 Bekobod metallurgiya zavodida 119 ming tonna po’lat eritilgan va 76 ming tonna prokat ishlab chiqarilgan.

1951-yil

 Olmaliq shahri rangli metal ruda koni negizida sanoat punkti sifatida shakllandi.

1952-yil

 Taxiatosh shahri Taxiatosh IES qurilishi munosabati bilan qad kotardi.

1954-yil

 Quvasoy ishchi shaharchasi o’rnida barpo bo’ldi.

1957-yil

 Samarqand shahrida superfosfat zavodi ochildi.

1957-yil

 Yangiyer shahri bunyod bo’ldi.

1959-yil

 Toshkent- Angren-Qo’qon (248 km) avtomobil yo’li qurildi.

1961-yil

 Angren ko’mir konida yer osti gazogeneratorlarida ko’mirni yuqori bosimdagi havo oqimi yordamida gazga aylantiradigan "Yerostigaz” stansiyasi ishga tushirildi.

1969-yil

 O’zbekistondagi dastlabki oltin yombisi quyildi.

1972-yil

 Zarafshon shahri Muruntov kon qazib olish sanoati bazasida barpo etildi.

1973-yil

 Ulkan gidrotexnika inshooti – Taxiatosh gidrouzeli ishga tushirildi.

1980-yil

 Kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo’llarining umumiy uzunligi 2800 km edi.

1985-yil

 Toshkent teleminorasi ishga tushirildi.

1990-yil

 "Zenit” konserni "O’zeltexsanoat” uyushmasiga aylantirildi.

1992-yil

 Namangan viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi.

1992-yil

 O’zbekiston Janubiy Koeryaning "DAEWOO” kompaniyasi bilan Asaka shahrida paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "UZ-Daewoo-Avto” (bugungi kunda "GM UZBEKISTAN”) avtomobil zavodi qurila boshlandi.

1993-yil

 IL-114 rusumli 64 nafar yo’lovchiga mo’ljallangan yangi samolyot chiqdi.

1993-yil

 O’zbek-Isroil qo’shma korxonasida Paxta teradigan mashinalarning yangi modeli chiqdi.

1994-yil

 Vazirlar Mahkamasining "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o’suvchi yog’ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora – tadbirlar to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.

1995-yil

 Zarafshonda tashkil etilgan oltin qazib olish bo’yicha O’zbekiston-AQSH "Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasi mahsulot bera boshladi.

1995-yil

 "Farg’ona poyabzal” aksiyadorlik jamiyati Germaniyaning "Salamander” firmasi bilan birlashib, ”O’zsalaman” qo’shma korxonasiga aylandi.

1995-yil

 Termizda yangi zamonaviy aeroport qurildi.

1995-yil

 "GM UZBEKISTAN” zavodi dastlabki "Nexia”, "Tico”, "Damas” rusumli avtomobillar chiqarildi.

1996-yil

 Buxoro shahrida Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon stansiyasi ishga tushirildi.

1996-yil

 "Drujba” stansiyasi (Qozog’iston), TurkmanistondaTajan-Saraxs va Eronda Saraxs-Mashhad Trans Osiyo magistrali qismlari qurib foydalanishga topshirildi.

1997-yil

 Buxoro viloyatda yiliga 5 mln.t neftni qayta ishlay oladigan kombinat mahsulot bera boshladi, korxona 50 dan ortiq turdagi neft mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

1998-yil

 Qizilqumda fosforit kombinati ochildi, unda 2,7 million tonna fosforit konsentrati olinadi.

1999-yil

 Samarqand shahrida Ó’zavtosanoat uyushmasi bilan "KochXolding” Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda "SamKochavto” avtomobil zavodi ishga tushdi.

1999-yil

 Samarqanddan shimoldagi Chelak shahrida al-Buxoriyga bag’ishlab me’moriy majmua barpo qilindi.

2000-yil

 YIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 % edi.

2005-yil

 "Sharq” tezyurar poyezdining ishga tushirilishi Buxoro va Toshkentni bog’lash vaqtini 7 soatgacha, ya’ni 2 martagacha qisqartirdi.

2006-yil

 "SamKochavto” avtomobil zavodi "SamAvto” deb nomlandi va Yaponiya bilan hamkorlikda "Isuzu” rusumli avtobus va kichik yuk tashuvchi avtomashinalar ishlab chiqardi.

2007-yil

 Bekobod metallurgiya zavodida 656,4 ming tonna po’lat eritilgan va 619,6 ming tonna prokat ishlab chiqarilgan

2007-yil

 UNESCO tashkiloti Toshkentni Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etdi

2009-yil

 Qishloq joylarda qulay va communal xizmat sharoitlariga ega bo’lgan kompleks uylar qurila boshlandi.

2010-yil

 107 gektar maydonni egallagan "Buxoro madaniy markazi” majmui tashkil etildi.

2010-yil

 Uzunligi 116 km bo’lgan Guliston-Ohangaron avtomobil yo’li ishga tushdi

2012-yil

 Qo’qon shahrini aylanib o’tadigan avtoyo’l foydalanishga topshirildi.

2012-yil

 O’zbekiston eksport 13,6 mlrd, import esa 12,8 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi.

Tuzuvchi: Guliston davlat universiteti
geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishi
3-kurs talabasi Nozimjon Azimov

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash