Xaritalarni solishtirish
O’quvchilar
ongida geografik tasavvur va tushunchlar hosil qilishda solishtirish usuli katta ahamiyat kasb etadi. Avstraliya, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning
tabiiy geografik sharoitlarini o’rganishda o’quvchilar meridional yo’nalishda joylashgan tabiat zonalariga
duch keladilar. Masalan, o’quvchilarga Shimoliy Amerikadagi tabiat zonalarning
joylashish xususiyatlarini va uning sabablarini aniqlash uchun umumgeografik, iqlim va o’simlik kartalarini bir-biriga solishtirish vazifasi
topshiriladi. O’quvchilar kartalarni tahlil qilib okean va dengiz oqimlari hamda rel`efning iqlim sharoitiga
ta’sirini va shunga muvofiq holda zonalarning joylashishini aniqlaydilar.
O’quvchilarga ikkita xaritani bir-biri bilan solishtirish va tabiat elementlari o’rtasidagi o’zaro
bog’lanishlarni aniqlash tavsiya etiladi. Masalan, Amerikaning umumgeografik va iqlm xaritalaridan iqlm
bilan rel'yef o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni
aniqlash vazifasi topshiriladi. Yevrosiyoning tabiiy geografik o’lkalariga geografik tavsif berishda o’quvchilar bir qancha xaritani
masalan, umumgeografik, iqlim, tabiat zonalari. Aholi faoliyatining ayrim
tomonlari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.