Test savollarini 100% to`g`ri bajarish
1-avgust – barcha
abituriyentlar kuchli hayajon bilan kutadigan kun. Bu kunda kimdir bilimiga,
kimdir omadga ishonib kirish imtihonlari
testlarini 100% to’g’ri bajarish hamda talabalik baxtiga muyassar bo’lish
orzusi bilan imtihon o’tkazilish binosiga yo’l oladi. Har kim testlarni o’zi
bilganicha, bilimiga tayangan holda, o’z uslubidan kelib chiqib bajaradi.
Quyida testlarni to’g’ri bajarishingizda muhim bo’lgan zaruriy bosqichlarni
keltirib o’tmoqchiman. Bu bosqichlarga qat’iy amal qilsangiz, testlarni 100%
to’g’ri bajarishingiz ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Testlarni to’liq
to’g’ri bajarishni istasangiz, quyidagilarga amal qiling:
1. BILIMINGIZGA
ISHONING. Bu birinchi qoida! Test imtihoniga kirishishdan avval imtihon
kuniga qadar olgan bilimingizga ishoning. Agar abituriyent o’ziga, bilimiga
ishonsa, u o’z oldiga qo’ygan har qanday vazifani uddalay olishiga ishoning.
Sizda bilim bo’lsa-yu, o’zingizga ishonmasangiz, tahminlar va qo’rquvlar
og’ushida test bajarishga kirishsangiz, ortiqcha hayajon ta’sirida javobi oddiy
bo’lgan savollarni ham ijobiy hal qila olmay qolishingiz mumkin. O’zingizga
ishoning va Siz hammasini uddalaysiz!
2. BARCHA SAVOLLARNI KO’ZGAN
KECHIRIB CHIQING. Bajarishni boshlashdan avval savollar kitobidagi barcha
savollarga tezlik bilan ko’z yugurtirib chiqing. Bunday qilish orqali Siz uchun
oson bo’lgan savollarni topish va qiyinroq bo’lgan savollarni aniqlab
olishingiz mumkin bo’ladi. Oson bajariladigan savollarni birinchi o’rinda hal
qiling. Javobini topish qiyin bo’lgan, ko’p o’ylashni talab qiladigan savollar
ustida keyinroq bosh qotirasiz. Har doim eng oson savollarni birinchi bajaring!
3. QOLGAN NARSA QOLIB
KETMASIN. Yuqoridagi tavsiyaga amal qilib bajarilishi qiyin bo’lgan
savollarni tashlab ketilgan holida unutib qoldirmang! Oson savollarni bajarib
bo’lganingizdan so’ng albatta qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin bo’lgan
savollarga qaytib, ular ustida bosh qotiring.
4. VARIANTLARGA QARAMASDAN,
O’ZINGIZ FIKRLANG. Savolni o’qiganingizdan so’ng variantlarga qarashga
shoshilmang. Variantlar berilmagan, deb hisoblab, savolga o’zingiz mustaqil
ravishda, o’z fikringizga tayangan holda javob berishga urinib ko’ring. Javob
topganingizdan so’ng variantlarga qarashingiz mumkin! Agar Siz o’ylagan javobning
aynan o’zi variantlar orasida bo’lmasa ham, unga eng yaqin bo’lgan javob
bo’lishi mumkin. Bu usuldan foydalangan holda to’g’ri javobni tez topish
imkoniga ega bo’lasiz.
5. XATOLIGI ANIQ JAVOBLARNI
O’CHIRIB TASHLANG. Variantlarda berilgan javoblarning faqat bittasi
to’g’ri bo’ladi. Qolgan tanlovdagi xato javoblarni o’chirib tashlang va ularga
umuman e’tibor qilmang. To’g’ri javobni topishdan avval noto’g’riligi aniq
bo’lgan javoblarni o’chirib tashlash fikringizni jamlashingizda yordam beradi.
Ortiqcha javoblarni olib tashlang, shunda to’g’ri javobning o’zi Sizga ko’rinib
qoladi.
6. MUTLAQ JAVOBLARNI
TANLASHDA EHTIYOT BO’LING. Absolyut javoblarga "Yuqoridagilarning
hech qaysi emas”, "Yuqoridagilarning barchasi”, yoki "Barcha javoblar
to’g’ri” kabi variantlar kirishi mumkin. Bu turdagi javoblar deyarli har doim
noto’g’ri variant bo’ladi va agar rostdan ham yuqorida keltirilgan javob
variantlarining kamida ikkitasi to’g’ri ekanligiga to’liq ishonch hosil
qilmasangiz, bunday javoblarni to’g’ri javob sifatida belgilamang!
7. OQIM BO’YLAB
SUZING. Javobni qo’yishingiz kerak bo’lgan _________ bo’sh joydan oldingi
so’z yoki iboraga e’tibor bering. Javob variantlaridagi qaysi javob Sizga
to’g’ridek tuyulayapti? Agar bo’sh joydan avvalgi so’z yoki ibora bilan Siz
tanlagan javob variantidagi so’z mutanosib bo’lsa, ma’no jihatidan to’g’ridek
bo’lib tuyulsa, demak bu testning to’g’ri varianti ham aynan shu ekanligining
ehtimoli yuqori.
8. TAVAKKALDA HAR DOIM B
YOKI C JAVOBNI TANLANG. Test tuzuvchilar ko’pincha to’g’ri javobni
variantlarning o’rta qismida joylashtirishadi. Shuning uchun birinchi javob
bo’lgan A variant, yoki oxirigi javob bo’lgan D variantda ko’pincha xato
javoblar keltiriladi. Savolning aniq javobini bilmasangiz, tahmin sifatida har
doim B yoki C javoblardan tahminingizga eng yaqin bo’lgan javobni belgilang.
Yuqoridagilar ko’p tanlov variantlariga asoslangan testlarni yechish
bo’yicha oddiygina tavsiya, xolos. Aslida testni to’liq to’g’ri bajarish uchun
Sizdan ko’proq o’qish, bilim olish va izlanish talab etiladi. Chunki yaxshi
tayyorgarlikdan o’tgan, bilimli kishining mehnatini har qancha qiyin testlar
bilan ham bekor qilish mumkin emas. O’qing va albatta testlarni to’g’ri
bajaradigan bo’lasiz! Faqat o’z bilimingizga ishoning! Men Sizga ishonaman. Siz
uddalaysiz!
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.