loading...

Abituriyentlarning topshiradigan hujjatlari ro‘yxati 

4043

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy talim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 12-bandiga asosan abituriyentlar oliy talim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1) talim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy talim muassasasini tugatganligi yoki oliy malumoti yo‘qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

2) o‘rta talim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;

3) 086-U - shakl bo‘yicha tibbiy malumotnoma;

4) pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

5) 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

6) mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo‘lim abituriyentlari uchun).

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.

Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy talim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Shuningdek, Oliy harbiy talim muassasalariga qabul qilish chog‘ida topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy talim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tasdiqlangan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash