loading...

Alyaska muzliklari ostida qadimiy piramida topildi. 

3349

Global isish sayyoramizga katta xavf solmoqda. Biroq bu o'zgarishning boshqa, ancha ijobiyroq tomoni ham mavjud. Muzliklarning surilishi natijasida tadqiqotchilar ajoyib imkoniyatga ega bo'lishdi - bahaybat muzliklar ostida piramida topishdi. 

Qayd etish joizki, birinchi piramidalar bir necha hafta avval topilgan. Biroq bu bor-yo'g'i qadimiy piramidaning yuqori qismi edi. Navbatdagi tadqiqotlar namunasi shuni ko'rsatdiki,  ular tabiat tomonidan emas, qo'l mehnati orqali vujudga kelgani ma`lum bo'ldi. Geologlar va  arxeologlar qayd etishicha, toshlar puxtalik bilan yotqizilgan, ularning terilishi Misr ehromlariga juda o'xshashib ketadi. 
 
Barpo etilish va yo'naltirish tamoyili ham Misrnikiga o'xshash. Inshootning aniq yoshini belgilashning imkoni bo'lmadi, biroq ekspertlar yanada chuqurroq tahlillar o'tkazish piramida yoshini aniqlashga yordam berishiga ishonishmoqda. Shuningdek, mutaxassislar boshlang'ich ma`lumotlarga muvofiq, topilgan piramida dunyodagi eng ulkan ehrom bo'lishini qayd etishmoqda: o'zining dizayni bilan u Gizada joylashgan piramidaga o'xshashib ketadi.

Darvoqe, Alyaskaning tub aholisi orasida "muz ichidagi piramida" haqida aytiluvchi afsona mavjud. Unga ko'ra,  ehrom ichiga yovuz ruh Kushtak mahkum qilingan. Balki qadimiy xalqning bu bino mavjudligidan boxabar bo'lgan. Shu sababli u haqidagi hikoyalar bizning davrgacha yetib kelgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash