Misr ehromlari haqida hayratomuz faktlar
"Dunyoda hamma narsa Vaqtdan qo‘rqadi, Vaqt esa ehromlardan". Ha, inson zoti azal-azaldan qo‘li bilan mo‘jizalar yaratishga qiziqib, intilib kelgan. Odamzot tabiyatdagi ushbu xohish-istak samarasi o‘laroq, aqlni lol qoldiruvchi ulkan inshootlar barpo etdi.
Mana, oradan nech-necha asrlar o‘tdi, ammo inson aql-zakovati ila bunyod bo‘lgan bu inshootlar hali-hanuz taravatiyu mahobatini yo‘qotgan emas.
E’tiboringizni ehromlar haqidagi quyidagi faktlarga qatmochimiz:
- Har biri 20 tonna og’irlikdagi toshlardan insho etilgan. Bu toshlar esa yuzlarcha km uzoq masofalardan keltirilgan.
- Piramida kimning nomiga qurilgan bo’lsa, uning mumiyasi turgan xonaga yilda 2 marotaba quyosh kiradi, tug’ilgan kuni va taxtga chiqqan kuni.
- Mumiyolarda radioaktiv modda bo’lganligi sababli ularni birinchi bor topgan 12 olim rak kasalligidan vafot etgan.
- Piramidalar ichida ultraovoz, radar, sonar kabi jihozlar ishlamaydi.
- Kirli suv piramida ichida bir necha kun qolsa, suv tozalangan holda ko’rish mumkin.
- Piramida ichida sut bir necha kun buzilmaydi va buzilmasdan qattiq holiga keladi.
- O’simliklar piramida ichida judayam tez o’sadi.
- Piramida ichida qolgan suv, 5 hafta turgandan keyin yuz losyoni sifatida ishlatish mumkin.
- Yaralar, vujuddagi yongan yerlar piramida ichida tez tuzaladi.
- Piramidaning ba’zi xonalarida nima borligi haqida bir belgi yo’q, ilmiy izlanuvchilar piramida ichida yo’qoldilar yoki bir joyda aylanib yurdilar, lekin ichki xonalarni ko’rolmadilar.
- Piramida ichi yozda sovuq, qishda issiq bo’ladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.