loading...

Yetti mo’jiza g’oyasi qanday paydo bo’lgan? 

18734

Dunyoning yetti mo’jizasi haqidagi ma’lumotlar hammani qiziqtirib kelgan. Insoniyat tarixining turli davrlaridagi madaniyat durdonalari sanalgan va dunyo mo’jizalari deb tan olingan obidalarni davr nuqtai nazardan ikki guruhga bo’lish mumkin: qadimgi va hozirgi zamon mo’jizalari. Shunisi e’tiborliki, qadimgi va hozirgi mo’jizalarda ham aynan yettita obida kiritilgan. 

Buning tarixi miloddan avvalgi V asrdagi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. 7 raqami Yunonistonda ovchilik, fan, san’at va bashoratlar ma’budi Appolonning muqaddas raqami hisoblangan. Oyning yettinchi kunida tug’ilgan Quyosh timsoli Appolonning o’qdonida yettita o’q, ushlab turgan musiqa asbobida yettita sim va boshqalar bo’lgan. Dunyo xalqlarida ham 7 raqami xosiyatli hisoblanadi. Masalan, kamalakning yetti rangi, oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan yetti osmon jismi, yetti olam, yetti iqlim, yetti aka-uka kabilarni ko’rish mumkin.

Dunyoning yetti mo’jizasi ro’yxatini birinchi bo’lib yunon tarixchisi Gerodot mil.avv. V asrda tuzgan. U bu ma’lumotlarni o’zining 9 kitobdan iborat ,,Tarix” asarida yozgan.
Birinchi kitobda Yunoniston va Bobil, ikkinchi kitobda Misr, uchinchisida Hindiston va Arabiston, to’rtinchisida skiflar haqida ma’lumot berilgan bo’lsa, qolgan 5 kitob turli urushlarga bag’ishlangan.Olim o’sha vaqtdagi dunyo mo’jizalariga Bobil minorasi, Frot daryosida qurilgan ko’prik, Jayum cohasidagi labirint, Yunonistonning Samos orolidagi uchta obida- tunnelga o’xshash Akveduk, oroldagi portda qurilgan damba va ma’buda Gera ibodatxonasini kiritgan.

Oradan bir asr o’tgach, miloddan avvalgi IV asrda vizantiyalik olim Filon o’zining "Yetti mo`jizalar haqida" asarida quyidagilarni kiritgan:
1. Faros orolidagi Aleksandriya mayog’i
2. Semiramida (Bobil) bog’lari
3. Galikarnas maqbarasi
4. Misr ehromlari
5. Geliosning Rodos orolidagi haykali
6. Zevsning Olimpdagi haykali
7. Efesdagi Artemida ibodadxonasi

Tarixning turli davrlarida dunyoning yetti mo’jizasiga Bobil devori, Aleksandriya kutubxonasi, Memnonning kuylovchi haykali, Afinadagi Akropol, Rimdagi Kolizey, Konstantinopoldagi (hozirgi Istanbul) Avliyo Sofiya ibodatxonasi kabilar kiritilgan. Mil. avv. IV asrda yashab o’tgan geograf va tarixchi Lutsiy Ampelliy dunyoning mo’jizalari qatoriga yetti martadan, 49ta obidani, jumladan, Eron va Iroqdagi neft konlarini ham kiritgan.

Fransuz filologi va arxeologi Bernar de Monfokon 1697-yilda Yunonistonga borib, 20yil izlanib 10 jildlik ,,Qadimgi dunyo:izoh va suratlarda” deb nomlangan asar yozadi. U bu kitobida yetti mo’jizaga quyidagilarni kiritgan:
1. Misrdagi Fiva shahri
2. Bobil devori
3. Galikarnas maqbarasi
4. Nildagi ehromlar
5. Rodosdagi Gelios haykali
6. Rim Kapitoliysi
7. Adrian qabri

Vaqt o’tishi bilan bu mo’jizalar vayronaga aylangan, bizgacha faqat Misr ehromlari to’liq yetib kelgan. Shvetsariyalik kinorejissor Bernard Veberning tashabbusi bilan 2007-yil telefon va internet orqali dunyoning yangi mo’jizalariga so’rov o’tkazildi va unda 100 milliondan ortiq inson qatnashdi. Ovoz beruvchilarga 77 ta obidadan 7 tasini tanlash sharti qo’yilgan. Ovoz berishni yakunlash marosimi 2007-yil 7-iyulda tugadi ya’ni 07.07.07.

Eng ko’p ovoz olgan hozir ham mavjud obidalarga:
1. Buyuk Xitoy devori
2. Perudagi qadimgi inklar shahri Machu-Pikchu
3. Iordaniyadagi tog’ga o’yib yozilgan Petra majmuasi
4. Meksikadagi Yukatan ya.o Chichen Itza shahri
5. Rimdagi Kolizey
6. Hindistondagi Toj-Mahal
7. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Korkovodu tog’idagi Iso Masihning haykali,
Misr ehromlari bu ro’yxatga kiritilmadi, lekin tashkilotchilar tomonidan unga  yangi dunyoning "faxriy mo’jizasi"’ e’tirofi berildi.

Normurod LATIPOV 
                                      Navoviy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash