loading...

Qadimgi Yunonistondagi muhabbat ramzi 

8568

Miloddan avvalgi IV asrda qadimgi Yunonistonda – Kichik Osiyodagi Kariya tarixiy viloyatining markazi bo’lgan Galikarnasda hukmdor Mavsolga atab uning rafiqasi Artemisiya II maqbara qurdirgan. Qadimgi dunyoning yetti mo’jizasidan biri deb tan olingan ushbu obida hozirgi Turkiyaning Oydin viloyatidagi Bodrum shahri hududida bo’lgan.

Galikarnas maqbarasini qurish ishlari Kariya hukmdori hali hayot bo’lgan vaqtda mil. avv. 353-yil boshlangan. Kariya malikasi Artemisiya obidani bunyod qilish ishiga o’sha vaqtdagi Yunonistonning eng mashhur me’morlarini, shu jumladan Efestagi Artemida ibodadxonasini qurish va jihozlashda ishtirok etgan ustalarni taklif qilgan. Maqbara me’morlaridan biri Pliniy obidani shunday tasvirlagan: janub va shimo tomondan uzunligi 63 fut (19,4 m), old va orqa tomonga qarab uzunligi 440 fut (135,5 m), balandligi 25 tirsakka (12 m) yetuvchi 36ta ustun bilan o’rab olingan. Ustunlar tepasida esa asosini o’lchami obidani pastki qismiga teng bo’lgan piramida qad ko’tarib, uni tepasida  marmar to’rtburchak o’rnatilgan. Marmar to’rtburchakning ustida 4 ta ot qo’shilgan aravada Mavsol va Artemisiya mag’rur turgan. Inshootning umumiy balandligi 146 fut (45 m) bolgan. Maqbaraning tashqi maydoni 5000kvadrat metrdan oshgan. Obida atrofiga esa sher va otliq jangchilarning haykali o’rnatilgan.

Maqbara pishiq g’isht va marmardan qurilib, Galikarnas shahrining baland qismida joylashgani bois, uzoq-uzoqlardan ko’rinib turgan.Obidaning me’moriy tuzilishi va qurilishi uslubi o’sha vaqtdagi Yunonistonda bunyod etilgan obidalardan farq qiladi. Qadimiy yunon maqbaralari to’rtburchak shaklida qurilib, balandligi old tomon uzunligidan oshmagan. Galikarnasdagi maqbara deyarli kvadrat shaklda, balandligi esa asosining uzunligidan oshib, minorasimon shaklni eslatadi. Galikarnas maqbarasi sharq va g’arb me’morchiligi an’analarini o’zida mujassam etgan bo’lib, mazkur inshootga o’xshash obida Yunonistonda boshqa yo’q edi. Yaqin Sharqning qator mamlakatlarida Galikarnasdagi maqbaraga o’xshash obidalar keyinchalik ko’p qurilgan.

Maqbara shunchalik mustahkam qurilgan ediki, 19asr davomida turli tabiiy va ijtimoiy hodisalarga dosh berdi. Faqat XIII asrda Kichik Osiyoda yuz bergan kuchli zilzila natijasida uning tepa qismi qulab tushgan. 1522-yil maqbara vayronalaridagi materiallar Muqaddas Pyotr (hozirgi Turkiyadagi Bodrum) qal’asini qurish uchun olib ketilgan.

XIX asrning o’rtalarida Kichik Osiyo bo’ylab  sayohat qilgan yevropalik sayyohlar Muqaddas Pyotr qal’asi o’rniga qayta tiklangan Bodrum qal’asini devorlari nafaqat toshdan balki yirik marmar bo’laklaridan terilganiga e’tibor berishgan. 

1846-yil maqbara vayronalarini Charlz Tomas Nyuton boshliq Britaniyaliklar tadqiq qilgan. Galikarnas maqbarasini Bodrum qal’asidan uncha uzoq bo’lmagan joydan izlashga qaror qiladilar. Chunki qal’a devrolarida ishlatilgan marmarlar kattaligi sababli uni uzoqqa olib boorish qiyin degan xulosaga keladilar. Bodrumda o’tkazilgan 9 oylik qidiruvdan so’ng Galikarnas maqbarasi topiladi. Unda Mavsol va Artemisiyaning 2 metrli haykali va bronzadan yasalgan jilov topilgan.

Mutaxasislar uni oldingi ko’rinishini loyihalashga kirishishdi va unga AQSHning Nyu-York shahridagi Manxettenda joylashgan Grand mavzoley (Ulkan maqbara) ga asos qilib olingan.
Normurod LATIPOV 
                                      Navoviy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash