loading...

Braziliyaning ramzi 

5433

Dunyoda Iso payg’ambar sharafiga qo’yilgan haykallar va qurilgan ibodatxonalar ko’p. Ammo ulardan eng mashhuri – Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida balandligi 700 metr bo`lgan Korkovado tepaligida joylashgan Iso Masih haykali. Mazkur haykal Braziliya ramzi hisoblanib, haykal balandligi 38 metr, asosining balandligi 8 metr. Iso Masihning ikki tomonga cho’zgan qo’llari uzunligi 30 metr, obidani bunyod etishda 1145 tonnadan ortiq qurilish materiallari va metal ishlatilgan.

Haykal joylashgan tepalikdan Rio-de-Janeyro (ispancha ,,yanvar daryosi’’ ma’nosini beradi) shahar manzarasi, jumladan, Qandli bosh ( portugalcha – Pan-di-Asukar) tog’i, dengiz buxtasi, Atlantika sohillaridagi mashhur Kapakabana, Ipanema playjlari namoyon bo’ladi.

Haykalni qurilishidan 50 yil oldin, 1882-1884-yillar elektrlashtirilgan temiryo’l qurilgan. Bu muhim edi, chunki xomashyoni tepaga aynan shu yo’l orqali olib chiqishgan. U yerga avtomobil orqali ham borsa bo’ladi, unda dunyoda yirik o’rmon hisoblangan Tijuka qo’riqxonasi orqali boriladi.

Iso Masih haykalini qurish g’oyasi Braziliyaning yuz yillik mustaqilligiga (1822-yil mustaqil bo’lgan) ya’ni 1921-yil tug’ilgan. O’sha payt poytaxt Rioda edi, shahar ma’muriyati shunday taklif bilan chiqqan edi. Haykal qurilishi 1922-yil boshlanib, 9 yil ya’ni 1931-yilgacha davom etgan. Braziliyalik rassom Karlos Osvald tomonidan tayyorlangan dastlabki variatga ko’ra, haykal asosini yer shari tashkil etishi kerak edi. U yana haykalni qo’llarini ikki tomonga cho’zishni aytgan chunki uzoqdan hochga o’xshab ko’rinishi uchun. Haykalni oxirgi holatini braziliyalik muhandis Eytor da Silva Kosta tomonidan tayyorlangan. Turli sabablarga ko’ra haykal Braziliyada emas Fransiyada tayyorlandi.

1924-yil fransuz haykaltaroshi Pol Landovski haykalni 3,75 metrli boshi va qo’lini yasab tugatgan. Uni bo’lib Braziliyaga olib kelganlar va temir yo’l orqali tog’ga chiqarishgan, temiryo’l tugagan joydan haykal poyigacha ilonizi shaklida 220 zinadan iborat, keyinchalik ,,Karakol” (shilliqqurt) nomini olgan zinapoya qurildi.

Haykalni ochilish marosimi 1931-yil 12-oktabrda bo’ldi. Barpo etilgandan 80yil davomida 1980 va 1990-yillar ta’mirlangan. 1932 va 2000-yillarda kechki yoritish tizimi takomillashdi. 2003-yil haykalga borish uchun eskalatorlar qo’yildi. 2007-yilgi so’rovnomaga ko’ra, haykal yangi dunyoning yetti mo’jizasidan biri nomini oldi.
Normurod LATIPOV 
                                      Navoviy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash