loading...

Ozodlik haykali 

11146

Ozodlik haykali dunyoning eng tanilgan obidalaridan biri bo'lib, 1886-yil AQSh - N'yu-York shahrida qurilgan. Ozodlik haykali AQShning eng katta timsollaridan biridir.
 
Misdan yasalgan Ozodlik Haykali, Fransiya tarafidan qurulishining 100 yili sababli AQShga sovg'a qilingan. Haykal 1884-1886-yillari orasida Frederic Bartholdni tarafidan qurilgan. Haykalning Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi. Ozodlik haykali AQSh - N'yu-York shahridagi Ozodlik orolida joylashgan.

Haykalning o'ng qo'lida mash'al, chap qo'lida esa bir jadval bor. Jadvalning ustida 4-iyul 1776-yil deb yozilgan (Mustaqillikni bildiruvchi sana). Mash'alning esa 7 dengizni ifodalovchi 7 uchi bor.  Turistlar haykalning ichidan mash'algacha 168 zinapoyadan iborat bo'lgan zinadan chiqishlari mumkin. Haykalning mash'al ushlab turgan o'ng qo'lining uzunligi 23 metrdir. Mash'alning atrofidagi bo'shliqda tahminan 15 kishi bemalol yon-mayon yursa bo'ladi. Haykalning boshining kengligi 2 metr, boshidagi tojining uzunligi esa 5 metrdan iborat. 

Ozodlik haykali, uni ko'rishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni ko'rish, zinasidan eng tepasigacha chiqib N'yu-York manzaralarini tomosha qilish uchun, haykal joylashgan, N'yu-Yorkdagi Ozodlik oroliga borish yetarli. 

Haykalga Singer tikuv mashinalarining quruvchisi Isaac Singerning xotini Isabelle Eufenie Boyer modellik qilgan. Ozodlik haykali 1884-yilda Fransiyada qurib bo'lingandan 1 yil, son'gra 350 parchaga bo'linib 214 sandiq ichida N'yu-Yorkga keltirildi. Bo'laklar 4 oy ichida poydevorning ustiga birlashtirilib yangidan qurildi va 28-oktabr 1886-yilda minglarcha tomoshabinlarning qarshisida ochilishi e'lon qilindi. 

Ozodlik haykali 1984-yil UNESCOning Dunyo madaniyat me'rosi jadvalida o'z o'rnini egalladi. Bu Haykalning nusxalari boshqa shaharlarda ham mavjuddir. Misol uchun Parijda Ozodlik Haykalining nusxalaridan biri mavjud. U nusxa Atlantika okeaniga qaratilgan holda qurilgan. Ulardan biri Parijda, Atlantika okeaniga qaratilib qurilgan. Haykalning qolgan nusxalari Nevada, Pekin, Osaka, Bordeaux kabi shaharlarda ham mavjud. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash