loading...

Vikinglar kashfiyoti: Grenlandiya 

3490

Vikinglardan biri Erik Sariq qotilligi uchun Islandiyadan surgun qilingan edi.  Bir necha hafta kemada xavf-xatarlarga to’la suzishdan so‘ng u va uning sheriklari qalin tuman bilan qoplangan yerni ko’rib qolishadi.

Ularni  zimiston va xilvat qirg’oq  qarshi  oldi,  qirg’oq  ortida ulkan  muzliklar qalashib yotardi.  Dengiz sayyohlari qirg’oq bo’ylab janub tomonga suzdilar va orolning janubiy chegarasiga yetib borish uchun 600 km dan ortiq yo’l bosib,  shu yerda manzil qurdilar.  Ular bu yerda turar joy izlari,  qayiqlarning  qoldiqlari  va tosh  qurollarni  topdilar.  Orolning  eng janubida qishni  o’tkazgan  vikinglar  bahorda  g’arbiy qirg’oqni  ko’zdan kechirish uchun yo’lga chiqdilar. 983-yilda Erik yangi yerga 500 ga yaqin kishi mol-mulki va uy hayvonlari bilan joylashtirilgan 25 ta kemadan iborat  butun  boshli  flotiliyani  olib  keladi.  Tez orada janubiy va  g’arbiy qirg’oqda odamlar muqim yashaydigan bir necha qishloq paydo bo’ldi.
 
Ular  dengiz  hayvonlari,  birinchi  navbatda  qirg’oqbo’yi  atrofida  juda ko’p  uchraydigan,  shu sababli Grenlandiya kitlari  nomini olgan  kitlarni ovlash  bilan shug’ullanishgan.  Ular Islandiyaga va hatto Norvegiyaga  mo’yna,  gaga  (qimmatbaho  parli  o’rdak)  pari,  kit  mo’yi,  morning qoziq  tishlari,  dengiz  hayvonlarining  terisini jo’natib,  ulardan  non,  temir  buyumlar,  qurilish  materiallari,  shu jumladan yog‘och-taxta olishgan. Grenlandiyaning past bo‘yli daraxtlari faqatgina o`tinga yarardi.

O ‘rmonlar Labrador yarim  orolidagina  mavjud  bo’lib,  iqlimi og’ir  bo’lganligi  uchun  u  yerga  suzib  borish juda xavfli edi.
XIII  asrga  borib  orolning  aholisi  5  mingga yetdi,  bu  yerda yuzga  yaqin  kichik qishloqlar  Knorr – normanniarning paydo bo’ldi.  Biroq oradan 200 yil  o’tib uning  yuk kemasi aholisi  keskin  kamayib  ketdi.  Bunga  nafaqat «kichik  muz  davri»  deb  ataladigan  havoning  sovub  ketish  davri  sabab bo’ldi,  balki  grenlandiyaliklarning  o’z  mustaqilligini  yo’qotgan  Islandiya bilan  savdo aloqalarining  buzilishi  ham  o’z ta’sirini  ko`rsatdi.  XVIII  asrda bu yerga yangi kolonistlar (daniyaliklar) kelishdi va faqatgina eskimoslarni uchratishdi.  Normannlar yashagan  qishloqlar harobaga aylanib  bo’lgan edi. XXI asr boshiga kelib bu yerda 58 ming odam istiqomat qiladi.

Grenlandiyani tadqiq  qilish  — xavfli  ish,  buning  uchun  ko’p qurbonliklar  qilishga  to’g’ri  keladi.  Misol  uchun  aynan  shu  yerda  1930-yilda nemis  geofizigi  Alfred Vegener  halok  bo’lgan.  Vegener —  uch  marta Grenlandiyaga  uyushtirilgan  ekspeditsiyada  ishtirok  etgan.  Bu  ekspeditsiyalarning  barchasi  o’ta  xavfli  bo’lgan  va  olimni  mahalliy  aholi eskimoslar bir necha bor falokatdan qutqarib qolishgan.

«Grenlandiya» so’zi «yasxil mamlakat» deb tarjima qilinadi.  Unga bu nomni uni kashf etgan kishilar berishgan. Aslida butun Grenlandiya qalin muz qoplami bilan qoplangan.  O’simliklar bu yerda juda kam uchraydi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash