loading...

Oykumena kengayishining boshlanishi 

7853

  Qadimgi yunonlar sayyoramizning ularga ma’lum bo‘lgan qismini «oykumena» deb atashgan. Yunon tilida bu so‘z odamlar yashaydigan, aholisi bor joy degan ma’noni anglatadi. Bizning davrimizga kelib, bizni o‘rab turgan dunyoning o‘zlashtirilgan va odamlar istiqomat qiladigan qismi oykumena deb ataladi.
  Qadim zamonlardayoq odamlar yonma-yon joylashgan yerlar haqida ko‘proq narsalarni bilishga, mahsulotlar va buyumlarni ayirboshlash uchun savdo yo'llari ochishga intilishgan. Qadimgi misrliklar bundan 5 ming yil ilgari Afrika bo‘ylab sayohat qilganlar. Miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida ular 0‘rta Yer dengiziga chiqib, u orqali boshqa mamlakatlardan mahsulotlarni olib kelishni boshlaganlar.
  Miloddan avvalgi II ming yillikda 0‘rta Yer dengizining sharqiy qirg‘oqlarida yashagan finikiyaliklar dengiz kengliklarini o‘zlashtirishga kirishganlar: ular Kiprda bir nechta koloniyaga asos solishgan, Kichik Osiyoni janub tomondan aylanib o'tganlar, Bolqon, Apennin va Pireney yarim orollariga suzib borganlar, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollarni kashf qilganlar. Ularning kemalari Misrga yog'och-taxta, vino, zaytun moyi, qullar va boshqa yuklarni yetkazib berib turgan. Miloddan avvalgi VII asrda ular Afrikani aylanib o'tganlar. Afrika qirg'oqlari bo'ylab suzgan finikiyaliklar qulay hamda keng ko‘rfazni topishgan va u yerda Karfagenga asos solishgan, keyinchalik bu yer antik 0‘rta Yer dengizi mamlakatlari o'rtasidagi eng yirik port-shaharlardan biriga aylangan.
  Ehtimol, aynan finikiyaliklar ilk bor Ispaniya va Afrika orasidagi ikkala tomonidan ham Gibral­tar va Seutning o‘tkircho‘qqilardan iborat qoyalari bo‘y chozgan tor bo‘g‘oz orqali Atlantika okeaniga chiqishib muhim kashfiyotni amalga oshirgandirlar. Boshqa taxminlarga ko'ra esa bu yo‘lni birinchi bo'lib Krit oroli aholisi ochgan.
 Mesopotamiyalik shumerlar miloddan avvalgi III ming yillikda Arabiston atrofida dengiz ekspeditsiyalarini amalga oshirishgan. Shumerlarning qo'shnisi, elamitlar esa ularni o'rab turgan tog‘larni oshib o'tib, ulardan uzoqda joylashgan Kaspiy dengizi qirg'oqlariga chiqdilar.
  Odatda biz oykumena to‘g‘risida Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi sivilizatsiya beshigidan boshlab ma’lumotlarga egamiz, shu sababli hattoki Yevropaning ochilishi ham birdaniga bolmagan deb hisoblanadi. Yevropa miloddan oldingi XVI asrda kritliklar tomonidan ochilgan (Krit - qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri).
 Odamlar birinchi navbatda daryolarning atrofidagi hosildor yerlarni o'zlashtirishgan. Daryo qabilalar o'rtasida alo qa o'rnatish uchun qulay yo‘l bolgan. Dengiz or­qali suzish boshlanganidan keyin yangi yerlar­ni ochish sur’atlari tezlashgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash