loading...

Marko Poloning sayohati 

6678

Venetsiyalik  Marko  Polo  (taxminan  1254-1324-yillar)  o’sha  vaqtlarda  unchalik  ma’lum  bo’lmagan  Osiyo  bo’ylab  sayr  qilgan  birin­chi  sayyohdir.  U  sharq  davlatlari  va  xalqlarini  aniq  va  batafsil  ta’riflab bergan hamda Yevropa uchun sirli Xitoyni ochgan.

Marko  Poloning  otasi va amakisi savdogar bo’lib,  Sharqda savdo-sotiq  bilan  shug’ullanishgan.  Ular  ko’p  yillar  Chingizxonning  nabirasi Xubilay xonga xizmat qilishgan.  1270-yilda  ular Venetsiyaga qaytib kelishgan,  biroq  birmuncha vaqt o’tib  Eron  orqali  Mog’uliston  imperiyasiga va  Oltin  0 ‘rdaga  qarab yo’l  olishgan,  bu  safar ular o’n yetti yashar Markoni ham o’zlari bilan olib ketishgan. 1271-1275-yillarda ular dengiz orqali  Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy qirg’oqlariga  chiqishgan,  u  yerdan  quruqlik  orqali  Xitoyga  (Arman  tog’lari,  Mesopatamiya,  Eron  tog’lari,  Pomir va  Qoshg’ar  orqali)  borishgan.  Xitoyda  Polo Xubilay xonga yoqib qolgan va unga  15 yil xizmat qilib, yaxshi martabalarga  erishgan,  xizmat  davomida  u  mamlakatning  turli  viloyatlariga  tashrif  buyurgan.  U  mamlakatni  boshqarish  qanchalik  murakkab ekanligiga ishonch hosil qilgan, masalan uning pochtatizimi shunchalik samaradorli  ediki,  imperiyaning  turli  burchaklaridan  xabarlar atigi bir necha soat ichida poytaxtga yetib kelardi (300 ming ot pochta xizmatini amalga oshirardi).

1295-yilda Venetsiyaga  qaytgan  Marko  Polo  Genuya  bilan  bo’lgan to’qnashuvda  ishtirok  etadi  va  1297-yilda  asirga  tushadi.  Qamoqda  o’tirgan  vaqtida  u  hamxonasiga  o’z  sayohati  haqida  gapirib  berib yozdiradi.  «Marko  Polo  kitobi»  (1298)  —  Armaniston,  Gruziya,  Eron, Xitoy, Mog’uliston, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar geografiyasi,  etnografiyasi va tarixi  haqidagi  ma’lumotlar bo’yicha qimmatli manba hisoblanadi.  Kitobdan shuningdek xalq rivoyatlari, afsonalari va ertaklari ham o’rin olgan. Bu kitob juda mashhur bo‘lib ketdi va XIV-XVI asrlardagi  dengizchilar,  harita tuzuvchilar,  yozuvchilarga  katta ta’sir ko‘rsatdi.

Xristofor Kolumb Amerikaga birinchi bor suzganida bu kitob unga juda qo’l keladi deb hisoblab uni o’zi bilan olib ketdi.

Marko  Polo  fors  tilini  (o’sha  vaqtdagi  xalqaro aloqa  tili)  bilardi,  Xitoyda yashab mongol tilini (o’sha  davrda Xitoydagi ma’muriy til) o’rgandi,biroq xitoy tilini o’rganishga zarurat sezmadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash