loading...

Eyfel minorasining balandligi qancha? 

4320

Sizning Eyfel minorasi balandligi haqidagi savolingizga "Yozdami yoki, qishdami?" deb aks savol bilan javob berishsa hayron bo'lishingiz mumkin. Ammo bu butunlay o'rinli savol. Sababi, maktab fizika kursida jismlarning issiqlik ta'sirida kengayishi hodisasi bilan albatta tanishsiz. Shinday ekan, bundayin katta metall inshootning balandligi ham turli haroratlarda bir xil bo'lmasligi tabiiy ekanligiga ha tezda zehningiz yetsa kerak...
 
Bilamizki, uzinligi 300 metr bo;lgan temir tayoq, har bir gradus isishi natijasida 3 milimetrga cho'ziladi. Eyfel minorasining balandligi ham har bir gradus havo harorati ortishiga mutanosib ravishda taxminan 3-3.5 mm ortishi kerak. Parijning quyoshli issiq kunlarida minora harorati +40 ºC gacha qiziydi, salqin, yomg'irli kunlarda ham +10ºC atrofida bo'ladi.  Qishda esa 0ºC, ba'zan -10ºC gacha tushib ketadi. (Parijda qaxraton qattiq sovuqlar kamdan-kam bo'ladi.) Ko'ramizki, Parij eyfel minorasining harorati +40ºC gacha qizir ekan, binobarin, uning uzunligi ham taxminan 3 X 40=120 mm, ya'ni 12 sm gacha o'zgarar ekan.

Bevosita o'tkazilgan o'lchashlarning ko'rsatishicha, Eyfel minorasi, harorat o'zgarishlarini havodan ham tezroq sezar, tezroq sovir va tezroq qizir ekan. Eyfel minorasining balandligi o'zgarishi, harorat o'zgarganida ham uzunligi o'zgarmaydigan, maxsus nikelli po'latdan yasalgan sim yordamida, amaliy tajriba orqali tekshirilgan. Bu ajoyib qotishma «invar» deb ataladi. (Lotinchada «invar» «o'zgarmas» degani).

Shunday qilib Eyfel minorasining uzunligi, yoz kunlarida, ortiqcha sarf harajatlarsiz o'sib, qish kunlarida kamayar ekan...

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash