Dunyo mamlakatlarida o’quv yili qachondan boshlanadi?
Dunyoning
turli mamlakatlarida o’quv yili turli vaqtlarda boshlanadi. Ularning ayrimlari bilan tanishing.
1. Yaponiya
Yaponiyalik
o’quvchilar birinchi sinfga aprel oyida, sakura daraxti gullagan paytda chiqishadi.
Yaponlar uchun bahor – hayotning yangidan boshlanishidir. Shu sabab ular uchun ayni
bahor mavsumi o’qish uchun eng yaxshi davr sanaladi.
Yaponlar
aytoydil o’qishadi. Shu sabab ham ta’tilga o’qish boshlanganidan 5 oy o’tgach chiqishadi.
Iyulning oxirida avgust oyi ta’til deb e’lon qilinadi va bir oy davomida o’quvchilar
hordiq chiqarishlari mumkin. Buning o’ziga xos sababi ham bor. Bu mamlakatda avgust
oyida namlik o’ta yuqori, shu bilan birgalikda havo juda dim bo’ladi.
O’quvchilarning
navbatdagi ta’tili dekabr oyiga to’g`ri keladi va u martgacha davom etadi.
2. Hindiston
Hindistonda
ham yangi o’quv yili aprel oyida boshlanadi. Hindiston maktablarida faqat erkak
o’qituvchilar ta’lim beradi. Bu mamlakatda ta’lim oluvchi o’quvchilarning eng sevimli
fani – matematikadir. Har bir maktabda bolalarning doimiy ravishda kiyib yuradigan
maktab formasi mavjud. Bu formalarni ko’rib bolaning qaysi maktabda ta’lim olayotganini
bilish mumkin.
3. Germaniya
Germaniya
federativ davlatiga qarashli bo’lgan 16 federal yerning o’quv yiliga doir o’ziga
xos tartibi alohida qilib ishlab chiqilgan. Shu sabab mazkur davlatda o’quv yili
taxminan avgust-sentyabr oylariga to’g`ri keladi. Germaniyadagi o’rta maktab dunyoning
boshqa mamlakatlariga qaraganda juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. O’rta maktabning umumiy
davomiyligi – 13 yilni tashkil etadi. Bolalar 6 yoshdan birinchi sinfga qadam qo’yishadi,
10-12 yoshda o’rta maktabga o’tishadi va bu ta’lim 16 yoshgacha davom etadi. Ammo, bu bilan o’rta ta’lim butunlay tugadi degani emas.
4. Ispaniya
Ispaniyada
o’quvchilar sentyabrning oxiri oktyabrning boshida maktabga borishadi. O’quv yili
iyun oyining o’rtalarida nihoyasiga yetadi. O’quvchilar 1 dan 10 gacha baholanadi.
Ispan maktablarida kundaliklar yo’q, daftarga baho qo’yilmaydi, javob berish uchun
o’quvchi doskaga chiqmaydi. Bolaning maktabda erishgan yutuqlari yoki u duch kelayotgan
muammolar o’quvchining ota-onasini qiziqtirmasa ularga bu haqida hech kim xabar
bermaydi.
5. AQSh
Amerika
maktablarida o’quv yilining boshlanishi erkin ravishda belgilanadi. Biroq, qoidaga
ko’ra avgust yoki sentyabr oyining o’rtalariga qadar, muayyan vaqt ichida maktab
eshiklari ochilishi kerak.
6. Afrika mamlakatlari
Ularda
shunday qoida bor: 4 yoshga to’lgan bola birinchi sinfga borishi mumkin! Biroq,
maktab o’quchisi bo’lishdan oldin ularning tayyorgarlik darajasi va bilimi baholanadi.
Agar bola harflarni ajrata olmasa, u maktabga qabul qilinmaydi.
Shu sabab bolani maktabga olib borishdan oldin, uni tayyorlov kurslariga olib borishadi.
U yerda esa uch yoshli bolalarga dars mashg`ulotlari o’yin tarzida olib boriladi.
Afsuski, bu mamlakatlarda barcha bolalar ta’lim olmaydilar. Afrika mamlakatlarida
ta’lim olish majburiy emas.
Xurshida HUSENOVA
Manba: soglom.uz
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.