loading...

Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllari 

15874

Boshqaruv shakli – bu davlat mazmunining tashqi ko`rinishi, davlat hokimiyati yuqori organlarining huquqiy holati bilan belgilanadi.

Boshqaruv shakli xarakteri davlat boshlig`ining huquqiy holati va vaziyatidan kelib chiqadi va monarxiya yoki respublika boshqaruv shakllari, davlat boshlig`ining qaysi yo`l bilan saylanishi yoki tayinlanishi va hokimiyat qaysi yo`l bilan amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Monarxiya so`zi yunoncha monos – yakka, arxeos – hokimiyat so`zidan kelib chiqib, yakka hokimlik ma’nosini bildiradi. Monarxiya yuqori davlat hokimiyati yuridik jihatdan meros asosida umrbod hokimiyatga ega bo`lgan shaxsga tegishli.

Monarxiya turlari:

1.Mutlaq monarxiya (Saudiya Arabiston, Qatar, Ummon, BAA).

2.Konstitutsion monarxiya, ya’ni monarx hokimiyati vakillik organi bilan chegaralangan. 

Konstitutsion monarxiya 2 shaklga bo`linadi:

1. Dualistik monarxiya – hokimiyat monarx va parlament o`rtasida bo`lingan, bunday holatda monarx ijroiya hokimiyati borasida parlamentdan mustaqil va u hukumatni tayinlaydi va hukumat uning oldida mas’ul hisoblanadi. Masalan, Iordaniya, Quvayt.

2. Parlamentar monarxiya – monarx hokimiyati qonunchilik, davlat boshqaruvi va hukumat ustidan nazorat qilishi chegaralangan. Hukumat parlament yuli bilan shakllantiriladi va parlament oldida mas’ul. Bunday davlatlarda hukumat davlat organlari tizimida markaziy o`rinni egallaydi va monarx vakolatlarini va vazifalarini bajaradi. Parlament faoliyati ustidan nazorat o`rnatadi. (Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va boshqalar).

Respublika – barcha yuqori davlat hokimiyati organlari saylanadi yoki umummilliy vakillik idorasi tomonidan shakllantiriladi. Xorijiy davlatlarda ikki asosiy respublika boshqaruv shakli mavjud:

A) prezidentlik respublikasi;

B) parlamentar respublika.

Prezidentlik respublikasi – bu yerda prezident qo'lida davlat boshlig'i va hukumat boshlig`i vakolatlari mavjud (Bosh vazir lavozimi mavjud bo`lmaslik asosiy belgi). Hokimiyatlar bo`linishi prinsipi joriy etiladi.

Xususiyatlari:

  • Parlamentdan tashqari prezidentni saylash usuli;
  • Prezident tomonidan vazirlarni tayinlash va lavozimidan ozod etish;
  • Parlament ma’suliyati institutining yo'qligi;
  • Prezident parlamenti tarqatish huquqiga ega emasligi.

Dunyo bo`yicha eng ko`p tarqalgan va o'zgaruvchan vaziyatlarga moslashishi xususiyatiga ega bo`lgan boshqaruv shakli (AQSh, Fransiya, Braziliya, Argentina, Meksika va boshqalar).

Parlamentar respublika kam tarqalgan boshqaruv shakli hisoblanadi (Italiya, GFR, Avstriya, Shveysariya, Finlyandiya, Irlandiya, Islandiya, Hindiston, Isroil, Livan, Turkiya va boshqalar).

Ayrim davlatlarda siyosiy kuchlarning o'zaro munosabatlari, islohotlar va urf-odatlarning xususiyatlari tufayli aralash boshqaruv shakli mavjud (Fransiya, ya’ni parlamentar va prezidentlik respublikalari elementlarini o'z ichiga olgan).

Monarxiya va respublika boshqaruv shakli elementlarini o'z ichiga olgan davlatlar ham bor (Malayziya, saylanadigan monarxiya Konstitutsion monarxiya hisoblanadi).

Davlat tuzilishi shakli – davlatning milliy – hududiy tashkil etilishi, markaziy va mahalliy organlarning o`zaro munosabatlari.

Boshqaruv shaklidan farqli o`laroq, davlat tuzilish shakli davlat hokimiyati va davlat suverenitetining markazda va joylarda taqsimlanishi, davlat tarkibiy qismlari o`rtasida bo`linishi nuqtai-nazaridan qaraladi. Xorijiy mamlakatlar davlat tuzilish shakllari ko`p qirrali va o`ziga xos. Shunga qaramasdan, ikki shaklni ajratish mumkin: unitar va federativ.

Unitar davlat – bu bir butun, yaxlit davlat to`zilmasidir.

Asosiy belgilari:

  • Normalari butun mamlakat hududida ishlatiladigan yagona Konstitutsiya.
  • Davlat hokimiyati oliy organlarining yagona tizimi;
  • Yagona fuqarolik;
  • Yagona huquq tizimi;
  • Yagona sud tizimi;
  • Siyosiymustaqillikkaegabo`lmaganmamuriyhududiytuzilmalargabo`linganligi.

Unitar davlat keng tarqalgan shakl hisoblanadi (Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Norvegiya, Gretsiya, Ispaniya, Niderlandiya, Portugaliya, Yaponiya va boshqalar).

Unitar davlatning ham turlari uchraydi:

  • Avtonomiyali unitar davlatlar;
  • Markazlashtirilmagan unitar davlatlar.

Avtonomiyalar o`z-o`zini boshqarish prinsipi asosida qurilgan ma’muriy bo`lishi yoki davlatning kichik belgilariga ega bo`lgan siyosiy avtonomiyalar.

Markazlashtirilmagan unitar davlatda barcha ma’muriy-hududiy o`lkalar avtonomiya hisoblanadi (Masalan: Ispaniya).

Federatsiya – subyektlari ma’lum siyosiy va yuridik mustaqillikka ega bo`lgan murakkab ittifoq davlatidir.

Har bir holatda o`ziga xos quidagi spetsifik xususiyatlarga ega:

  • Federativ davlat hududi yagona yaxlitlikni tashkil etmasdan, federatsiya sub’ektlarining hududlariga bo`linadi;
  • Federatsiya sub’ekti odatda ta’sis etuvchi hokimiyat vakolatiga ega, ya’ni unga o'zining xususiy Konstitutsiyasini qabul qilish huquqi berilgan;
  • Federatsiya subyektiga o`zining vakolati doirasida qonun chiqarish huquqi berilgan;
  • Federatsiya subyekti o`zining huquq va sud tizimiga ega;
  • Ikki fuqarolikning mavjudligi;
  • Binameralizm (ikki palatali parlament tizimi).

Federatsiya davlat tuzilishi shakli quyidagi davlatlarda mavjud: AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Veneseela, GFR, Avstriya, Shveysariya, Hindiston, Avtraliya, Meksika va boshqalar.

Konfederatsiya – o`rtasida yaqin aloqalar mavjud bo'lgan, mustaqil davlatlar ittifoqidir. Konfederatsiya tez tarqaladigan, keyinchalik federatsiyaga aylanishi mumkin bo`lgan, ma’lum bir vazifalarni bajarish maqsadida birlashgan davlatlar birlashmasi.

Konfederatsiya shakliga misol qilib:

1.Shveysariya 1948-yilgacha, keyinchalik federatsiyaga aylangan.

2.Birlashgan Arab Respublikasi (Suriya va Misr, 1961-yilda tarqalib ketgan).

3.Senegambiya (Senegal va Ganbiya) 1989-yilda tarqalgan.

Kvazikonfederatsiya – konfederatsiyadan ko`ra bir-biriga yaqin, bir-biriga nisbatan teng bo`lmagan ittifoq. Kvazikonfederativ munosabatlar odatda quyidagi holatlarda o`rnatilishi mumkin:

  • Sobiq metropoliya va uning sobiq koloniyalari o`rtasida bunda sobiq koloniyalar davlat hisoblanmasdan, metropoliya bilan iqtisodiy va siyosiy-huquqiy aloqa o`zilmasligini, lekin mustaqil bo`lib qolishni xohlaydi. 

Qadimgi tarixiy an’analarga ko`ra,

1. Daniya bilan Farer oroli va Trenlandiya oroli

2. Gollandiya bilan Antil orollari.

3. AQSh va Puerto – Rino orollari.

4. Buyuk Britaniya bilan Proliv va Men orollari.

Hamdo`stlik – ma’lum bir turkumdagi hususiyatlar bilan birlashgan davlatlar:

  • Xo'jalik aloqalari integratsiyasi bo`yicha (MDH);
  • Til birligi bo`yicha (Britaniya millatlar hamdo'stligi);
  • Huquqiy tizim, madaniyat va din birligi bo'yicha (Arab davlatlari ligasi). 

Davlatlararo shartnomalar, deklaratsiyalar hamdustlikning asoslari bo`lishi mumkin. Hamdo'stlikning huquqijodkorligi faoliyati o`ziga xos normativ aktlar bilan ifodalanadi. Masalan, 1996-yil 2-noyabrda MDH davlatlarining parlamentlararo Assambleyasida Model – Jinoyat Kodeksi qabul qilingan.

Hamjamiyat – davlatlarning dunyo hamjamiyatida ushbu davlatning maqomi va taraqqiyotiga bog`liq masalalarni yechish uchun birlashganligidir. (Masalan: Yevropa hamjamiyati). U umumiy byudjetga yoki yagona davlat organiga ega bo`lishi mumkin.

Hokimiyat yagona iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni ko`tarish maqsadida to'ziladi. Hamjamiyatga kirish va undan chiqish tartibi hamjamiyat a’zolari tomonidan belgilanadi.

Assotsiatsiya – davlatlarning global muammolar bo`yicha birlashishi (Masalan: tinchlikni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish).

Ittifoqlar – tarixiy ildizlar, iqtisodiy muvofiqlik yoki geosiyosiy omillar asosida davlatlarning birlashishi. Odatda, yakka holda tashqi ta’sirni yengish uchun davlatlar ittifoqlarga majburiy ravishda birlashadilar. Masalan, Baltika ittifoqi yoki Rossiya va Belorussiya ittifoqi.

Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari tizimi. Boshqaruv shakli yuqori davlat hokimiyat organlarining qurilish tizimi, davlat tuzilishi shakli esa davlatning milliy-hududiy tashkil etilish masalalarini ko`rib chiqadi. Siyosiy rejimlar demokratik va antidemokratik (totalitar, avtoritar, irkiy) turlarga bo'linadi.

Dunyoda ideal bo`lgan siyosiy rejim mavjud emas. U yoki bu davlatlarda hokimiyatni amalga oshirishning xar xil turlari mavjud. Lekin siyosiy rejimlarning eng muhim xususiyatlari bo`yicha ularni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

1. Antidemokratik – buning sifati shundaki, jamiyat ustidan boshqaruv yakka hokimlik yoki bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Avtoritar boshqaruv tomonidan qabul qilinadigan irodaviy qarorlar majburiy xarakterga ega.

Belgilari:

  • Davlato`ziningidoralariorqalishaxsnikamsitadi, huquqlarinipoymolqiladi;
  • Davlat barcha ijtimoiy sohalar ustidan total nazorat olib boradi;
  • Barcha jamoat tashkilotlari davlatga qaram bo`ladi;
  • Shaxs bunday davlatda sub’ektiv huquqlarga ega bo`lmaydi, lekin rasmiyatchilik yuzasidan bu huquqlar Konstitutsiyada ko`rsatilgan bo`lishi mumkin;
  • Boshqacha fikrlaydigan kishilarga qattiq repressiv choralar ko`riladi;
  • Davlat huquq va qonun ustidan ustun turadi, bu holat qonunchilikning bo`zilishiga va ijtimoiy hayotda qonunchilik asoslarining yo'qligi;
  • Ijtimoiy hayotni militarizatsiyalash yirik harbiy-byurokratik apparat mavjudligi;
  • Kam sonli millatlarning manfaatlari poymol qilinadi;
  • Diniy dunyoqarashni tan olmaslik yoki bitta din tan olinib, qolgan diniy oqimlarni rad etilishi yoki ta’qib ostiga olinishi.

2. Demokratik – asosiy sifati shundaki, kishilik jamiyati boshqaruvi ko`pchilikning irodasi bilan amalga oshiriladi. Demokratiya siyosiy va nosiyosiy bo`lishi mumkin. Lekin, shunda ham boshqaruv ko`pchilikning irodasi bilan amalga oshiriladi. Bunday siyosiy rejim huquqiy davlatlarda mavjud bo`lishi mumkin.

Belgilari:

  • Iqtisodiy faoliyatda shaxs erkinligini ta’minlash, Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini real kafolatlash;
  • Mamlakat aholisini davlat hokimiyati harakteriga ta’sir etishining samarali mezanizmlarini ishlab chiqish (saylov tizimi, referendum);
  • Shaxsning ustunligi va uning odil sudlov orqali himoyalanishi;
  • Ham unitar, ham federativ davlatlarda hokimiyatlarning real taqsimlanishi;
  • Ham kamchilik, ham ko`pchilikning individual va milliy hususiyatlarini bir xilda hisobga olish;
  • Fikrlar xilma-xilligi, partiyalar, harakatlar va muxolifat mavjudligi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash